102
Shaxsiy xususiyat va qobiliyatlar tugma bulmaydi (tabiiy alomatlari, moyilligi
mavjuddir), balki ijtimoiy, shaxsiy hayot va faoliyat jarayonida muayyan omillar,
manbalar ta’siri ostida tarkib topadi. Lekin layoqatlilik qobiliyatining tabiiy zamini
ekanligi shubxasizdir. U qobiliyat taraqqiyetining dastlabki tabiiy sharti sifatida
namoyen bo’ladi. Bunda miya tuzilishi, sezgi a’zolari va xarakatlarning morfologik
xamda funksional xususiyatlari layokatga nisbat beriladi.
Yoshlarni kasbga yo’llashda ularning xis-tuyg’ulari va irodalarini xisobga
olishning xam axamiyati kiymatli, chunki talabalarning (o’quvchilarning) xis-
tuyg’usi, kayfiyati, stress va affektiv xolatlari urganilmasa va e’tiborga olinmasa,
kuzlangan, "Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi"dagi ulugvor maqsadga erishib
bulmaydi. Buning uchun iste’dodli yoshlarni tanlash, ularni individual o’qitish, zarur
shart - sharoitlar yaratish, reyting va modul tizimlari asosida ularga sabok berish
ta’lim davlat standartlari talabiga javob beradigan, komil insonlikka intiluvchi
shaxslarni kamol topshirish kafolatidir.
Shunday qilib, kasbga yo’llash jarayonida shaxsning individual - tipologik
xususiyatlari va xis-tuyg’ularini, layoqat, iste’dod xislatlarini xisobga olish,
shuningdek, yoshlarni fan asoslari va psixologik bilimlar bilan kurollantirish ularning
kasb-hunar,
ixtisoslik,
mutaxassislik
oldiga
quyiladigan
psixografik,
professiogrammaviy talablarga moslashishiga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: