Immunitet.
Org’anizm fagotsitoz yo’li bilangina emas, balkn gumoral faktorlar yordami
bilan, ya’ni mikroblarni va ularning hayot faoliyati natijasida
vujudga keladigan
mahsulotlarni zararsizlantiruvchi moddalarni hujayralarda hosil qilish yo’li bilan
infektsiyalardan sahlanadi. Masalan, mikroblar qo’zgaydigan ba’zi kasalliklarda
(yuqumli kasalliklarda) organizm bakteriya zaharlari —
toksinlarni,
ehtpmol,
ximiyaviy biriktirish yo’li bilan z.ararsizlantiruvchi moddalar
(antitoksinlar)
ishlab
chiqaradi va to’playdi. Hayvonlar qoniga toksinlar qaytaqayta yuborilgandan so’ng
unda tegishli antitoksinlar to’planadi. Bunday hanvonlarning qon zardobi
kasalliklarni davolash maqsadida ishlatiladi.
Aksari yuqumli kasalliklar (masalan, qizamiq, chin chechak, tepkili terlama
va hokazo) da organizm mikroblarning rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan
moddalarni
hosil qiladi, bu moddalar antitelolar yoki
immun jismlar
deb ataladi.
Shunga ko’ra odam ba’zi kasalliklar bilan kamdankam takror og’riydi. Kasallik
bilan og’rib o’tgan odamning qon zardobi shu kasallik mikroblarining o’sishini va
rivojlanishini to’xtatadi. Infektsiya rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi moddalarning
qon, to’qimalarda mavjudligi va organizm hujayralarining
kasallik mikroblariga
reaktsiya ko’rsatish qobiliyatining o’zgarishi tufayli organizmning kasallik bilan
og’rimaslik (kasallikka chaliimaslik) holati
immunitet
deb ataladi. Antitelolarni
leykotsitlar va retikuloendoteliy sistemasining hujayralari ishlab chiqaradi.
Immun jismlar mikroblardan boshqa omillar tasirida ham ishlanadi.
Organizmga har qanday yot oqsil parsnteral yo’l bilan (hazm yo’lidan tashqari)
kiritilganda ham qonda antitslolar paydo bo’ladi.
Hayvon qaysi yot oqsilga
immunlangan bo’lsa, shu hayvon zardobi o’sha yot oqsilga tasir etganda oqsil ivib,
cho’kib tushadi. Bu hodisa
pretsipitatsiya,
uni vujudga keltiruvchi
g
moddalar esa
pretsipitinlar
deb ataladi. Immun jismlarga gemolizinlar,
agglyutininlar va shu
kabilar kiradi.
Immun jism organizmning tug’ilish vaqtidan mavjud bo’lsa,
tug’ma,
yoki
irsiy immunitet
deb aytishadi. Immun jismlarning individual hayot davrida
to’planishi
orttirilgai
(yoki kasb etilgan)
immunitet
deb ataladi. Odamning va
hayvonlardan ayrim turlarining bazi kasalliklar bilan og’rimasligi tug’ma
immunitet bilan tushuntiriladi. Masalan, odam qoramol
chumasi degan kasallik
bilan ogrimaydi.
Tashqi ta’sirotlar tug’ma immunitetga putur etkazishi mumkin. Odatdagi
sharoitda kuydirgi bilan og’rimaydigan tovuqlar sovutib qo’yilsa, kasallana
boshlaydi. Shuningdek ionlovchi radiatsnya (nurlanish) ham organizmning
infektsiyaga qarshi chidamini kamaytiradi.
Tug’ma immunitet leykotsitlarning fagotsitoz
qila olishiga anchagina
bog’liq. Quyonga kuydirgi sporalari yuborilgach ularni leykotsitlar yutib, hazm
qilib yuboradi. Quyonning qoi zardobida esa kuydirgi bakteriyalarining sporalari
yaxshi rivojlanadi.
Anafilaksiya.
Oqsil tabiatli yot moddalar organizmga takror kirganda
anafilaksiya
deb ataladigan maxsus. holat kuzatiladi.
Masalan, dengiz cho’chqasining
terisi ostiga, qoniga yoki qorin pardasi
bo’shlig’iga ozgina (0,02 ml) yot zardob yuborilsa, hech qanday zararli oqibat
kuzatilmaydi. Lekin shu zardob 15—20 kundan so’ng
takror yuborilsa, kuchli
reaktsiya va ogir holat —
ana filaktik shok
ro’y beradi: tutqanoq tutadi, nafas olish
va yurak urishi buziladi, zardob yuborilgach bir iecha minutdan keyin hayvon o’lib
qoladi. Sababi shuki, yot oqsil birinchi marta yuborilganda hayvonning mazkur
oqsilga
sezuvchanligi oshadi
(sensibilizatsiyalovchi inektsiya).
Usha oqsil modda
shunday sensibilizatsiyalangai hayvonga takror yuborilganda juda kuchli zahardek
ta’sir qiladi
(ajrim qiluvchi inektsiya).
Hayvon
ajrim
qiluvchi
in’ektsiyadan
keyin
omon
qolsa
desensibilizatsiyalanib, ya’ni sensibilizatsiyalovchi inektsiya ta’sirida oshgan
sezuvchanlik holatidan qutilib qoladi. Bu holatlarning kelib chiqish mexanizmlari
murakkab bo’lnb, mukammal o’rganilgani yo’q.