antitelo ishlab chiqaruvchi hujayralar – B– limfotsitlar proliferatsiyasini
tormozlaydi.
T va B limfotsitlardan tashqari O – limfotsitlar ham mavjud. Ayrim
tadqiqotchilar O – limfotsitlarni natural (tabiiy) killer hujayralar yoki HK –
limfotsitlar deb atadilar. HK – limfotsitlar yot hujayralarni «teshib yuboruvchi»
perforin deb nomlanuvchi oksil ishlab chiqaradi. Sitotoksik limfotsitlar
(STL)proteolitik fermentlar (tsitolizinlar) ishlab chiqaradi va bular yot xujayralarga
hosil bo’lgan teshiklar orqali kirib, ularni halok qiladi.
Leykopoez.
Barcha leykotsitlar qizil ko’mikda
uzaq hujayralardan hosil
bo’ladi. Limfotsitlar o’tmishdoshlari o’zak hujayradan birinchi bo’linib chiqadi;
limfotsitlarning shakllanishi ikkilamchi limfatik azolarda sodir bo’ladi.
Granulotsitlar va monotsitlar hujayralarning o’tmishdoshlariga tasir qiluvchi
maxsus o’sish omillari orqali leykopoez kuchaytiriladi. Granulotsitlarning hosil
bo’lishi monotsitlarda, makrofaglarda va T–limfotsitlarda sintezlanuvchi
granulotsitar koloniestimullovchi faktor (omil) (KSF - G) ta’sirida kuchayadi,
ammo etilgan neytrofillarda sintezlanuvchi – keylon va laktoferrinlar hamda
prostoglandin–E
lar
tasirida
susayadi.
Monotsitopoez
esa
monotsitar
koloniestimullovchi faktor (omil) (KSF - M), katexolaminlar tasirida kuchayadi.
Prostoglandin -E, α- va β – interferonlar monotsit hosil bo’lishini tormozlaydi.
Gidrokortizonning katta mikdori monotsitlarning suyak ko’migidan chiqishiga
qarshilik qiladi. Leykopoezni boshqarishda interleykinning ahamiyati katta.
Ularning ayrimlari (IL-Z) bazafillarni, boshqalari (IL-5) eozinofillarni o’sish,
rivojlanishini kuchaytirsa, yana boshqalari esa (IL-2,4,6,7) T va V – limfotsitlar
shakllanishini kuchaytiradi. Leykotsitlar va to’qimalarning parchalanishidan hosil
bo’lgan moddalar, mikroorganizmlar va ularning toksinlari, gipofizning ayrim
garmonlari, nuklein kislotalar leykopoezni kuchaytiradi.
Har xil leykotsitlarning yashash davomiyligi turlicha, ayrimlarining umri bir
necha soat, kun, hafta davom etsa, boshqalari odamda bir umr davomida yashashi
mumkin.
Leykotsitlar hazm traktining shilliq qavatida va retikulyar tuqimalarda
parchalanadi.
Trombotsitlar.
Trombotsitlar yoki qon plastinkalari, suyak ko’migining
gigant hujayralari-megakariotsitlardan hosil bo’ladi. Trombotsitlar yumaloq yoki
biroz
oval yassi shaklga ega, ularning diametri 2-5 mkm ga teng. Trombotsitlar
yadrosiz, lekin ularda (200ga yakin) granulalar mavjud. Qon tomir endoteliysidan
boshqa yuzaga tekkanda trombotsitlar faollashadi, trombotsit diametridan 5-10
marta katta 10 ga yaqin o’simta0 hosil bo’ladi. Bu o’simtalar qon oqishini
to’xtatishda katta ahamiyatga ega. Odamlar qonidagi trombotsitlar miqdori 180-
320x10
9
/l yoki 1 mkl qonda 180000 – 320000 ni tashkil qiladi. Trombotsitlar
qondagi miqdorining ortishi
trombotsitoz
, kamayishi esa
trombotsitopeniya
deb
ataladi.
Trombotsitlar quyidagi funktsiyalarni bajaradi: angiotrofika –
qon tomirlar
epitelisini oziqlantirish; trombotsitar tromb hosil kilish; qon ivishi va fibrinolizda
ishtirok etish; jarohatlangan qon tomirlarini toraytirish.
Trombotsitlarning asosiy funktsiyasi
gemostazda
ishtirok etishidir.
Trombotsitlar har xil yot yuzaga (
adgeziya
) xamda bir-biri bilan yopishish
(
agregatsiya
) xossalariga ega. Trombotsitlar bir qator biologik aktiv moddalarni
ishlab chiqaradi, bularga trombotsitar
omil deb ataluvchi, qon ivishida
qatnashuvchi moddalar kiradi. Trombotsitar faktorlar R (lotincha platelet -
plastinka) harfi va arab raqamlari (P
1
, P
2
va b.) bilan belgilanadi. Bulardan
ahamiyatlilari P
3
yoki
tromboplastin
, xujayra membranasining bir parchasi; P
4
yoki
antigeparin omili;
P
5
yoki
trombotsitar fibrinogeni;
P
6
yoki (aktomiozinga
o’xshash)
trombastenin oqsili
; P
10
yoki q
on – tomirni toraytiruvchi omil-serotonin
,
P
11
yoki
tromboksan
hujayra
membranasida
(jumladan,
trombotsitlar
membranasida ham) tromboksansintetaza fermenti ta’sirida araxidin kislotasidan
sintezlanadi va ATF bilan kompleks hosil qilib qon ivishida ishtirok etadi.
Trombotsitlar yuzasida retseptor vazifasini o’tovchi glikoprotein tuzilmalar
mavjud. Ularning bir qismi «berk holat»da bo’ladi va trombotsitlar ADF,
adrenalin, kollagen, mikrofibrillari ta’sirida aktivlashganda ochiladi.
Trombotsitlar organizmni yot agentlardan himoya
qilishda ham ishtirok
etadi. Ular fagotsitar aktivlikka ega, JgG saqlaydi, ayrim bakteriylar membranasini
parchalovchi lizotsim va β- lizinlar manbaidir. Bundan tashqari, trombotsitlarda O
– limfotsitlarni T va V – limfotsitlarga aylantiruvchi peptid omil topilgan. Bu
birikmalar trombotsitlar aktivlashgan paytda qonga chiqarib yuboriladi va qon-
tomirlar jarohatlanganda organizmni patogen mikroorganizmlardan himoyalaydi.
Qisqa va davomli ta’sir qiluvchi
trompotsitipoetinlar
trombotsitopoezni
boshqarib turadilar. Ular suyak kumigida, taloqda, jigarda hosil bo’ladilar. Qisqa
ta’sir qiluvchi
trombotsitopoetinlar
qon plastinkalarining megakardiotsitlardan
ajralib chiqishini va qonga tushishini tezlashtiradi;
davomli tasir kiluvchi
trombotsitopoetinlar
suyak ko’migi gigant hujayralarining etuk megakariotsitlarga
o’tishini ta’minlaydi. Trombotsitopoetinlar aktivligiga IL – 6 va IL – 11 bevosita
ta’sir kiladi. Trombotsitlarning yashash davomiyligi 5-11 kundir. Makrofag tizimi
hujayralarida qon plastinkalari parchalanadi.
Dostları ilə paylaş: