9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
9-мавзу маъруза (1)

Qon guruhlari va rezus faktor. 
Qon guruxlari. 
Qon kuyish muammosi qon guruhlari to’g’risidagi ta’limotni 
yaratishga sabab bo’ldi. 1901 yili K.Landsheyner odamlar eritrotsitlarida A va V 
aglyutinogenlari
mavjud ekanligini, qon plazmasida esa α va β 
aglyutininlar
(gammaglobulinlar) mavjudligi aniqlandi. K.Landshteyner va Ya.Yanskiy odam 
qonidagi aglyutinogen va aglyutininlarning mavjudligiga qarab 4 qon guruxi 
borligini belgiladilar. Bu AVO tizimi deb nomlandi. Qon guruxi rim raqami va 
eritrotsitlardagi aglyutinogenlar bilan belgilandi. Guruh antigenlari qonning 
tug’ma, irsiy berilgan, butun umr davomida o’zgarmaydigan xossasidir. Chaqaloq 
qonida aglyutininlar bo’lmaydi. Ular bolaning bir yoshgacha bo’lgan hayoti 
davrida ovqat tarkibida tushgan va ichak mikroflorasida ishlab chiqarilgan 
moddalar ta’sirida, organizmda yo’q aglyutinogenlarga qarshi hosil bo’ladi. 
I-guruh (O)-eritrotsitlarda aglyutinogen yo’q, plazmada α-va β-aglyutininlar bor; 
II-guruh (A)-eritrotsitlarida A aglyutinogen, plazmasida β -aglyutinin bor; 
III-guruh
(V)-eritrotsitlarda V aglyutinogen, plazmada α -aglyutinin bor; 


IV-guruh 
(AV)-eritrotsitlarda 
AV 
aglyutinogenlar 
bor, 
plazmada 
aglyutininlar yo’q. 
Agar odam qonida bir nomli aglyutinogen va aglyutininlar: aglyutinogen A 
aglyutinin α bilan va aglyutinogen V aglyutinin β bilan uchrashsa, aglyutinatsiya 
hodisasi sodir bo’ladi, bunda eritrotsitlar bir-biriga yopishib qoladi. Aglyutininlar 
tabiiy antitelalar bo’lib, ikkita bog’lanish markaziga ega va ikkita eritrotsitlarning 
urtasida boglovchi kuprik vazifasini o’tashi mumkin. Natijada eritrotsitlar bir-biri 
bilan birikib konglomerat (aglyutinat) ni hosil qiladi. 
Plazmada aglyutininlardan tashqari gemolizinlar ham mavjud, ular ham α va 
β harflari bilan belgilanadi. Gemolizinlar bir nomli aglyutinogenlar bilan 
uchrashganda eritrotsitlarni gemolizga uchratadi. Gemolizinlar harorat 37
0
-40
0
bo’lganida ta’sir qiladi. 
Mos kelmagan qon quyilganda eritrotsitlar aglyutinatsiyasi, so’ngra ularning 
gemolizi sodir bo’lishi natijasida gemotransfuzion karaxt holati kelib chiqishi va 
hattoki o’limga olib kelishi mumkin. 
Qon guruhlarining serologik tarkibi. 
qon guruhi eritrotsitlar 
plazma, yoki zardob 
aglyutinogenlar aglyutininlar va gemolizinlar antiaglyutininlar 
I (0) 
II (A) 
III (B) 
IV (AB) 



AB 
α β 
β 
α 



AB 
II, III, IV qon guruhiga ega odam plazmasida eritrotsit va to’qimalardan 
ajralib chiqqan antiaglyutininlar mavjud, ular aglyutinogenlar kabi A va V harflari 
bilan belgilanadi.
Har xil qon guruhlarining mos kelishi. 
zardob guruhi Eritrotsit guruhi 
I(0) 
II (A) 
III (B) 
IV (AB) 
Iα β 
IIβ 
IIIα 
IV- 
















ilova: «+»-aglyutinatsiyaning borligi. 
«-»-aglyutinatsiya yo’qligi. 
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, I-guruh zardobi II, III, IV guruh eritrotsitlari 
bilan, II guruh zardobi III, IV guruh eritrotsitlari bilan, III gurux zardobi – II, IV 
guruh eritrotsitlari bilan aralashganda aglyutinatsiya sodir bo’lar ekan. 
Demak I-guruh barcha guruhdagi qonlar bilan mos kelar ekan, shuning 
uchun qoni I guruh bo’lgan odam 
universal donor
deb ataladi. IV guruh qoni 
eritrotsitlari esa kuyilgan kon aglyutininlari bilan aglyutinatsiyaga uchramaydi, 
shuning uchun bunday qon guruxiga ega bo’lgan odam 
universal retsipient
deb 
ataladi. 


Qon quyilganda donor qoni tarkibidagi aglyutininlar va gemolizinlarni 
hisobga olmaslik sababi nimada? Bunga sabab oz miqdorda (200-300 ml) qon 
quyilganda donor qoni tarkibidagi aglyutinin va gemolizlar retsipient qonida 
(2500-2800 ml) suyulib ketadi va plazmadagi antiaglyutininlar bilan birikadi, 
eritrotsitlarni yopishtirib qo’yish uchun esa uning miqdori kamlik qiladi. 
Inson ko’p qon yo’qotganda, unga faqat bir xil guruxdagi kon kuyilishi 
zarur, chunki donor qonidagi aglyutinin va gemolizinlar miqdori ko’p bo’lganda 
retsipient eritrotsitlarini aglyutinatsiya qilish uchun etarli bo’lib qolishi mumkin. 
Ayrim paytda qon quyilishidan so’ngi asoratlar kelib chiqishiga qon 
guruhining noto’g’ri aniqlanganlgiga sabab bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda A va 
B aglyutinogenlarning bir necha turlari bor ekanligi aniqlangan. (A
1
, A
2
, A

va h.k., 
B
1
, B
2
, B
3
va h.k.) Aglyutinogenning tartib raqami qancha ko’p bo’lsa uning 
antigenlik xossasi shuncha kam bo’ladi. Natijada qon guruxi aniqlanayotgan 
paytda xatolikka yo’l qo’yib mos kelmaydigan qonni quyib qo’yish mumkin. I-
guruh qoni eritrotsitlar membranasida N antigen borligi aniklangan. II, III, IV 
guruhli odam qonida ham bu antigen yashirin determinat sifatida uchraydi. II va IV 
guruhiga ega bo’lgan odamlar qonida anti-N-antitela mavjud. Shuning uchun I-
guruh qonini boshqa guruhdagi odamlarga quyilganda gemotransfuzion asoratlar 
kelib chiqishi tabiiy. Shuning uchun ham hozirgi paytda faqat bir xil guruhdagi 
qonlarni quyish tavsiya etiladi. 
Rezus sistema. 
1940 yili K.Landshteyner va A.Vinerlar tomonidan makaki-
rezus maymuni qonida antigen aniqlangan, uni 
rezus faktor
deb atashdi. Bu antigen 
oq irqli odamlarning 85% qonida uchraydi. Ayrim xalklarda, masalan: evenlar 
qonida 100% rezus-faktor uchraydi. Qonida rezus-faktor mavjud odamlar rezus- 
musbat, bu faktor yo’q odamlar rezus-manfiy deb nomlangan. Rezus-faktor 40 dan 
ortik antigenlardan tuzilgan murakkab tizimdir. Antigenlik xossasi eng yuqori 
bo’lgan D-tip (85%) antigen uchraydi. Bundan tashqari, rezus antigenning 
quyidagi tiplari: S, E, D, S, E mavjud, ularning antigenlik xossasi past. 
Avstraliyalik aborigenlar qonida rezus antigenning hech bir turi uchramaydi. Rezus 
tizimning AVO tizimidan farqi plazmada tug’ma antirezus aglyutininning 
bo’lmasligidir. Agar rezus musbat donor koni rezus manfiy retsipientga quyilsa, 
retsipient qonida rezus faktorga qarshi-antirezus aglyutinin hosil bo’ladi. Rezus 
musbat qon rezus-manfiy odamga ikkinchi marotaba quyilsa eritrotsitlar 
aglyutinatsiyaga uchraydi, ya’ni rezus–kelishmovchiligi kelib chiqadi. Shuning 
uchun xam rezus manfiy qon rezus–manfiy odamga va rezus-musbat qon rezus 
musbat odamga quyilishi zarur. Rezus kelishmovchilik homiladorlikda ham kelib 
chiqishi mumkin. Agar ayol rezus manfiy qonga ega bo’lsa, homila qoni rezus-
musbat bo’lsa, homila qonidan rezus aglyutinogenlar ona qoniga o’tib unda 
antirezus aglyutinin ishlab chiqishini chapaydo kiladi. Homiladan eritrotsitlarning 
ko’p miqdorda ona qoniga tushishi tug’ruq paytida sodir bo’ladi. Shuning uchun 
xam birinchi homiladorlik yaxshi tugalannishi mumkin. Keyingi homiladorlikda 
esa ona qonidagi antirezus aglyutinin yo’ldosh to’sig’idan o’tib bola qoniga 
tushishi, uning to’qima va eritrotsitlarini emirishi mumkin. natijada homila halok 
bo’lishi yoki chaqaloq og’ir gemolitik anemiya bilan tug’ilishi mumkin. 


Gematologlar eritrotsitlarda quyidagi antigen sistemalar mavjudligini e’tirof 
qiladilar: AVO, Rh, MNSs, P, Lyuteran (LU), Kell-Kellano (Kk), Lyuis (Le), Daffi 
(Fy), va Kid (Jk). Bulardan ABO va Rh tizimlar qon quyishda katta ahamiyatga 
ega. 
Leykotsitlarda ham 90 dan ortiq antigenlar bor. Leykotsitlar transplanitsion 
immunitetda katta axamiyatga ega bo’lgan gistologik mos kelish antigenini 
saqlaydi. 
Qon quyish immunologik murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun 
ham 25% dan ko’p qon yo’qotgandagina butun qonni quyish tavsiya qilinadi. 
Boshqa hollarda esa zaruratga qarab masalan: anemiyada–eritrotsitar massa, 
trombotsitopeniyada-trombotsitar massa, har xil yukumli kasalliklarda, septik 
holatda-granulotsitlar quyilishi maksadga muvofik. 

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin