9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
9-мавзу маъруза (1)

Gemoglobin birikmalari. Oksigemoglobin 
(HHbO
2
) – gemoglobinning O
2
bilan 
birikmasi; 
qayta tiklangan (dezoksi-) gemoglobin 
(NNb) – to’qimaga kislorodni 
bergan gemoglobin, venoz qonning tarkibida 35% gacha NNb bo’lishi mumkin; 
karbogemoglobin
(HHbCO
2
) – gemoglobinni SO
2
bilan birikmasi, qonda SO
2
10-
20% HHbCO

holatida tashiladi, karboksigemoglobin (HHbCO) – gemoglobinning 
is(SO) gazi bilan birikmasi, CO gazining gemoglobin bilan ximiyaviy yaqinligi O
2
nikidan yuqori, shuning uchun xam HHbCO hosil bo’lib qolganda gemoglobin O
2
bilan birika olmaydi. Lekin sof O
2
bilan nafas oldirilganda karboksigemoglobin 
parchalanishi tezlashadi. 
 
Metgemoglobin 
– kuchli oksidlovchilar (ferrotsionid, bartolet tuzi, vodorod 
perekisi va b.) ta’sirida gemoglobin tarkibidagi Fe
2+
zaryadini Fe
3+
gacha 
o’zgartirib yuboradi, natijada temir uch oksidi hosil bo’ladi. Bu birikma 
mustahkam bo’lib tarkibidagi kislorodni to’qimaga bera olmaydi, natijada odam 
halok bo’lishi mumkin.


Rang ko’rsatkich. 
Eritrotsitlarda gemoglobin miqdori hakida rang 
ko’rsatkich yoki farb indeks (Fi, farb-rang, intex- kursatkich)ga qarab fikr 
yuritiladi. Rang kursatkich eritrotsitni gemoglobin bilan to’yinganlik darajasini 
bildiradi. Fi – gemoglobin va eritrotsitlarning foizlardagi nisbati, bunda 
gemoglobin miqdori 166,7 g/l, eritrotsitlar esa 5·10
12
/l shartli 100% deb qabul 
qilingan. Agar har ikkalalari 100% ga teng bo’lsa, Fi 1ga teng deyiladi. Normada 
Fi 0,75-1,1 o’rtasidagi kattalikka ega, buni 
normoxrom
holati deyiladi. Agar Fi 0,7 
dan kam bo’lsa 
gipoxrom
, 1,1 dan katta bo’lsa 
giperxrom
holat deyiladi. Rang 
kursatkichni aniqlash klinikada anemiyaning kelib chikish sababini o’rganishda 
katta axamiyatga ega. 
Gemoliz.
Eritrotsitlar qobig’i yorilib gemoglobinning plazmaga chiqishi 
gemoliz
deyiladi. Bunda plazma tiniq qizil rangga bo’yaladi. Gemolizning bir necha 
turlari mavjud.
 
Osmotik gemoliz
eritrotsitlarning gipotonik eritmaga solinganida kelib chiqadi. 
Sog’lom odamlar eritrotsitlarining osmotik chidamliligini minimal chegarasi 
NaCl ning 0,42-0,48% eritmasiga tug’ri keladi, to’la gemoliz (maksimal 
chidamlilik) NaCl ning 0,30-0,34% eritmasida sodir bo’ladi. 
Kimyoviy gemoliz
– ximiyaviy moddalar (xloroform, efir, saponin va b.) 
ta’sirida eritrotsitlar oqsil - lipid pardasining parchalanishi natijasida kelib chiqadi. 
Biologik gemoliz
- ilon, xasharotlar, mikroorganizmlar zaharlari ta’sirida 
sodir bo’ladi. 
Termik gemoliz
– eritrotsitlar muzlatilib so’ng isitilganda kelib chiqadi. 
Immun gemoliz
– mos kelmagan qon quyish natijasida immun gemolizinlar 
ta’sirida kelib chiqadi. 
Mexanik gemoliz
- qonga mexanik ta’sir qilganda, masalan qon 
saqlanayotgan idish qattiq silkitilganda eritrotsitlar kobig’ining yorilishi.
 
Eritrotsitlarning vazifasi. 
Eritrotsitlar uch xil vazifani bajaradilar: tashuvchi, 
himoyalovchi va boshqaruvchi.
 
Tashuvchi vazifasi
ga O
2
va CO
2
, aminokislotalar, polipeptidlar, oqsil, 
karbonsuvlar, fermentlar, gormonlar, yog’lar, xolisterin, har xil biologik faol 
moddalar (prostoglandinlar, leykotrientlar va b.), mikroelementlar va boshqalarni 
tashish kiradi. 
Ximoyalovchi vazifasi
ga eritrotsitlarning xususiy va umumiy immun 
reaktsiyada ishtiroki, qon-tomir trombotsitar gemostazda, qon ivishida va 
fibrinolizda qatnashishi kiradi. 

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin