9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi


Qonning fizik va kimyoviy xossalari



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
9-мавзу маъруза (1)

Qonning fizik va kimyoviy xossalari. 
Qonning rangi.
Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin qonga qizil rang beradi. 
Arterial qon oksigemoglobinga boy bo’lganligi tufayli och qizil rangga ega. Venoz 
qon esa qaytalangan va oksidlangan gemoglobinlar hisobiga to’q qizil rangga ega. 


Qondagi gemoglobin to’qimaga qancha ko’p kislorodni bersa, venoz qon 
shunchalik to’qroq rangga ega bo’ladi.
Qonning solishtirma og’irligi.
 
1.058 dan 1.062 gacha kattalikda bo’lib, 
tarkibidagi eritrotsitlar miqdoriga bog’liq. Plazmaning solishtirma og’irligi 
tarkibidagi oqsillar miqdoriga bog’liq bo’lib 1.025 – 1.034 ga teng. 
Qonning yopishqoqligi.
 
Qonning yopishqoqligi suvga nisbatan aniqlanganda 
4,5-5,0 ga teng. Qonning yopishqoqligi, asosan, uning tarkibidagi eritrotsitlar va 
qisman plazma oqsillari miqdoriga bog’liq. Venoz qonning yopishqoqligi arterial 
qonnikidan yuqorirok bo’ladi, bunga sabab venoz qonda eritrotsitlar SO
2
saqlashi 
va diametri biroz katta bo’lishidadir. Depodan eritrotsitlarning chiqishi qon 
yopishqoqligini orttiradi. Plazmaning yopishqoqligi 1.8 – 2.2 dan ortmaydi. Odam 
oqsilni qo’p istemol qilganda plazmaning, binobarin qonning, yopishqoqligi ortishi 
mumkin.
Qonning osmotik bosimi.
 
Osmotik bosim deb yarim o’tkazgich parda orqali 
suyuk eritmadan qo’yuk eritmaga erituvchining (qon uchun suvni) o’tishini 
ta'minlovchi ko’ch tushuniladi. Qonning osmotik bosimi krioskopik usulda – 
muzlash nuqtasini (depressiyasini) aniqlash orqali amalga oshiriladi. Qonning 
depressiyasi 0.56-0.58
0
S ga teng. Molyar (eritmada, 1 l suvda 1gramm molekulyar 
modda erigan) eritmaning depressiyasi 1.86
0
S ga teng. Klapeyron tenglamasi 
yordamida odam qoni osmotik bosimi 7.6 atm.ga teng ekanligini aniqlash mumkin.
Qonning osmotik bosimi unda erigan mayda molekulali moddalarning 
miqdoriga bog’liq. Qon osmotik bosimining 60% qismi NaSl hisobiga hosil 
bo’ladi. Qon, limfa, to’qima suyuqligi va to’qimalarda osmotik bosim deyarli bir 
xil bo’ladi va o’zgarmaydi. Qonga ko’p miqdorda tuz va suv tushganda ham 
osmotik bosimning kattaligi kam o’zgaradi. Qonga tushgan ortikcha suv buyrak 
orqali tezda chiqarib yuboriladi, bir qismi to’qima va hujayraga o’tkaziladi, 
natijada osmotik bosim dastlabki holatga qaytadi. Agar qonda tuz miqdori ortsa
to’qimadan suv qonga o’tadi, buyrak orqali tuzlarni chiqarib yuborilishi kuchayadi. 
Oksil, yog’ va karbonsuvlarning hazm tizimidan qon va limfaga surilishi, 
shuningdek, hujayra metabolizmida hosil bo’lgan mayda molekulali moddalarning 
qonga tushishi osmotik bosimni ma’lum darajada o’zgartirishi mumkin. 
Osmotik bosimning qondagi doimiyligi saqlanishi hujayralar hayot faoliyati 
uchun katta ahamiyatga ega. Osmotik bosim nisbiy turg’unligidagina hujayralar 
faoliyat ko’rsata oladilar. Agar eritrotsit qonning osmotik bosimiga teng bo’lgan 
osmotik bosimga ega (
izotonik
) eritmaga solib ko’yilsa, unda hech qanday 
o’zgarish sodir bo’lmaydi. Osmotik bosimi qonnikidan yuqori bo’lgan (
gipertonik

eritmaga solib ko’yilsa, eritrotsit bujmayib qoladi. Aksincha, osmotik bosimi 
qonnikidan past (
gipotonik
) eritmaga solib qo’yilsa, eritrotsit shishib yorilib ketishi 
mumkin. 

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin