9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi


Issiq qonli hayvonlar uchun Ringer – Lokk va Tirode eritmalari  tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
9-мавзу маъруза (1)

 
Issiq qonli hayvonlar uchun Ringer – Lokk va Tirode eritmalari 
tarkibi
 
Eritma 
nomi 
Moddalarning suvdagi g/l eritmasi 
NaCI KCI 
CaCI

NaHCO

MgCI

NaH
2
PO

glyukoza 
Ringer-Lokk 
Tirode
9,0 
8,0 
0,42 
0,2 
0,24 
0,2 
0,15 
1,0 

0,1 

0,05 
1,0 
1,0 
 
Albuminlar
barcha oqsillarning 60% tashkil qiladi. Harakatchanligi yuqori 
(70000 mol. og’irligi), qonning onkotik bosimining 80% ni tashkil qildi. Qonda har 
xil moddalarni tashishda (xolesterin, yog’ kislotalari, bilirubin, o’t kislota tuzlari, 
og’ir metal tuzlari, dorivor preparatlar – antibiotik va sulfanil amidlar) ishtirok 
etadi. Albuminlar jigarda hosil bo’ladi.
Globulinlar
bir necha fraktsiyalardan iborat: α, β, γ. γ – globulinlar 
organizmni viruslar, bakteriyalar va ularning toksinlaridan saqlashda muhim 
ahamiyatga egadir. Buning boisi shuki, qondagi antitelolar deb ataluvchi moddalar 
asosan γ globulinlardan iborat. γ – globulinlar kasal organizmga yuborilganda 


uning yukumli kasalliklarga qarshi chidamliligini oshiradi.
So’ngi vaqtda qon 
plazmasida axamiyati katta oqsillar kompleksi – properdin topildi. 
α - globulinlar karbonsuv prostatik gruppa tutgan oqsil - glikoproteindir. 
Plazmada aylanib yurgan glyukozaning 60% glikoproteinlar tarkibida bo’ladi. Bu 
oksillar gormon, vitamin, mikroelement va lipidlarni tashiydi. Eritropoetin, 
plazminogen va protrombinlar α globulin turkumiga kiradi.
β – globulinlar fosfolipid, xolesterin, steroid garmoni va metall kationlarini 
tashishda ishtirok etadi. Bu oqsil turkumiga temirni tashib yuruvchi transferrin, 
shuningdek, qon ivishida qatnashuvchi plazma faktorlari kiradi.
γ – globulinlar (JgA, JgG, JgM, JgD va JgE) immunoglobulinlardan tashkil 
topgan. Organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi. Qonning α va β 
agglyutininlari γ - globulin turkumiga kiradi.
Globulinlar jig’arda, suyak kumigida, taloqda va limfa tugunlarida hosil 
bo’ladi.
Fibrinogen
– qon ivishida qatnashuvchi plazmaning I omili. Trombin 
ta’sirida u erimaydigan fibringa aylanadi va qon laxtasini hosil qilishda ishtirok 
etadi. Fibrinogen jig’arda sintezlanadi.
Oqsil va lipoproteinlar qonga tushgan dorivor moddalarni biriktirib olish 
xossasiga ega. Biriktirib olingan dorivor moddalar faolligini yo’qotadi va shu 
moddaning qondagi deposini hosil qiladi. Qon tarkibida dorivor moddalar 
kontsentratsiyasi ozayganda, u oqsildan ajraladi va faol holatga o’tadi. Organizmga 
bir vaqtning o’zida bir necha farmakologik moddalar yuborayotganda yuqoridagi 
holatni hisobga olish zarur. Organizmga yuborilgan keyingi preparat oldin 
yuborilgan dorivor moddani birikkan holatdan siqib chiqarishi va uning qondagi 
faol holatini kuchaytirib yuborishi mumkin. 
Plazmaning organik tarkibiga oqsil bo’lmagan azot saqlovchi moddalar 
(aminokislotalar, polipeptidlar, mochevina, siydik kislotasi, kreatin, ammiak) xam 
kiradilar. Oqsil bo’lmagan azot saqlovchi moddalar qoldiq azot deb ataladi va 
uning umumiy miqdori 11-15 mmol/l (30-40mg%) ni tashkil qiladi. Buyrak 
faoliyati buzilganda bu moddalar miqdori qonda ortib ketadi. 
Plazmaning tarkibida, shuningdek, azot saqlamovchi organik moddalar ham 
mavjud: glyukoza 4,4-6,6 mmol/l (80-120 mg%), neytral yog’lar, lipidlar, 
gidrolitik fermentlar, profermentlar, qon ivishi va fibrinolizda ishtirok etuvchi 
fermentlar. 
Plazmaning anorganik tarkibi 0,9-1% ni tashkil qiladi. Bu moddalarga Na
+

Ca
2+
, K
+
, Mg
2+
kationlari va Cl
-
, HPO
2-
4
, HCO
3
-
anionlari kiradi. Bu ionlar 
organizm barcha hujayralari, xususan, ko’zg’aluvchan hujayralar faoliyatini 
ta’minlaydi, osmotik bosimni yaratadi va rN ni boshqarib turadi. 
Plazmada 
doimo 
barcha 
vitaminlar, 
mikroelementlar, 
modda 
almashinuvining oraliq moddalari (sut va pirovinograd kislotalari) mavjud.

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin