9. ma’ruza. Qon fiziologiyasi. (2 soat) Reja: Qon sistemasi haqida tushuncha. Qon plazmasining tarkibi



Yüklə 345,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix07.01.2024
ölçüsü345,58 Kb.
#202538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
9-мавзу маъруза (1)

 
Onkotik bosim.
 
Osmotik bosimni qon plazmasida erigan tuzlargina emas
balki kolloidlar plazma oqsillari ham vujudga keltiradi. Plazma oqsillari hosil 
qilgan osmotik bosim onkotik bosim deyiladi. 
Qon plazmasi oqsillarining miqdori 7-8% ga teng bo’lib, plazmada erigan 
tuzlar miqdoridan deyarli 10 barobar ortiq bo’lsa xam, ular hosil qiladigan onkotik 
bosim plazma osmotik bosimning (7,6-8,1 atm) atiga 1/200 kismini, ya’ni 0,03-


0,04 atm (25-30 mm, simob ust.) ni tashkil qiladi. Buning sababi shuki, 
oqsillarning molekulalari juda yirik bo’lib, plazmadagi krisstolloidlarning 
molekulalariga nisbatan bir necha barobar kam. 
Qonda albuminlar miqdori eng ko’p. Uning hajmi globulin va 
fibrinogennikiga nisbatan kichik. Shuning uchun xam qon plazmasining onkotik 
bosimi 80% ni albuminlar hosil qiladi. Qon plazmasi onkotik bosimining miqdori 
kichik bo’lishiga qaramay, qon bilan to’qima orasida suv almashinuvida ahamiyati 
kattad
ir. 
Onkotik bosim filtratsiya xodisalariga to’qimaaro suyuqlik, limfa, siydik 
hosil bo’lishi, ichakda suv so’rilishiga asoslangan fiziologik jarayonlarga tasir 
qiladi. Odatda qon plazmasidagi yuqori molekulali oqsillar kapillyarlarning 
endotelial devoridan o’ta olmaydi. Oqsil molekulalari qon tomirlari ichida qolib, 
qonda bir qadar suv ushlab turadi. Qon oqsillari qon va to’qimalardagi suvni nisbiy 
doimiy miqdorda saqlab turadi. 
Qonda oqsil miqdori kamayganda shish vujudga keladi, chunki qon 
tomirlarda ushlab turuvchi omil (oqsil) kamayganligi tufayli suv to’qimaga chiqib 
ketadi.
Qon vodorod ionlarining kontsentratsiyasi va pH boshqarilishi

Qonning 
vodorod (H
+
) va gidroksil (0H
-
) ionlari kontsentratsiyasiga bog’lik bo’lgan aktiv 
reaktsiyasi g’oyat muhim biologik ahamiyatga ega, chunki almashinuv jarayonlari 
muayyan reaktsiyadagina normal o’tadi. 
Qon kuchsiz ishqoriy reaktsiyaga ega. Arterial qonning pH – 7,4 ga teng. 
Venoz qonda SO
2
ko’p bo’lgani uchun uning aktiv reaktsiya ko’rsatkichi 7,35 ga 
teng. Hujayra ichida pH biroz past bo’lib 7-7,2 ga teng. Bu hujayralar 
metabolizmiga va ularda modda almashinuvi natijasida kislotali mahsulotlari hosil 
bo’lishiga bog’liq. Homilada va yangi tug’ilgan bolada qon plazmasining pH 
kislotali tomonga so’rilgan bo’ladi. 5 oylik homilada atsidoz bo’ladi. Aralash 
qonniki esa 7,33 ga teng. Tug’ilgandan so’ng dastlabki soatlarda va birinchi 
sutkada atsidoz pasaya boradi. 3-5 sutkada esa kattalarnikiday bo’lib qoladi. 
Organizmda qonning aktiv reaktsiyasi nisbatan doimiy bir darajada turadi, 
bu esa plazmaning va eritrotsitlarning bufer xossalariga, shuningdek chikaruv 
organlarining faoliyatiga bog’liq. Katta yoshdagi odamlarda qonning pH7,35-7,40 
atrofida bo’ladi. Qonning pH 0,1-0,2 ga uzok vakt o’zgarsa, og’ir asoratlarga olib 
keladi, xatto organizm halok bo’lishi mumkin. 
Moddalar almashinuvida qonga doimo S0
2
, sut kislotasi va boshqa moddalar 
almashinuvining oxirgi mahsulotlari, kislotali moddalar tushib turadi va vodorod 
ionlari kontsentratsiyasi doimo o’zgarib turadi. Qonning aktiv reaktsiyasini 
nisbatan doimiy holda ushlab turish uchun bir necha bufer sistemalar mavjud. 
Gemoglobin bufer tizimi
qon bufer sig’imining 75% ni tashkil qiladi. Bu 
tizim qaytalangan gemoglobin (HHb) va uning kaliyli tuzidan (KHb) iborat. Bu 
tizimning buferli xossasi kam dissotsialangan kislota hosil qilishdan, ya’ni KNv, 
kuchsiz kislota tuzi sifatida K
+
ionini ajratadi va N
+
biriktirib oladi. 
H
+
+KNb K
+
+HHb 
To’qimalarda qaytalangan gemoglobin (HHb) asos vazifasini o’taydi. 
O’pkada gemoglobin (oksigemoglobin HHbO
2
SO

ga nisbatan quchliroq kislotali 


hossaga ega) o’zini kislota sifatida namoyon qiladi va qonning pH doimiyligini 
saklashda ishtirok etadi. 
Karbonat bufer tizimi
(H
2
SO
3
/NaNSO
3
) qon bufer sig’imini tashkil qilishda 
ikkinchi o’rinda turadi. Ushbu bufer tizim quyidagicha ishlaydi: agar qonga 
karbonat kislotadan kuchliroq kislota tushsa, reaktsiyaga natriy gidrokarbonat 
kiradi. Neytral tuz va kuchsiz dissotsialanadigan karbonat kislota hosil bo’ladi.
Qonning pH kislotali tomonga siljishidan saqlanadi. Qonda karbonat kislota 
mikdori ortib ketsa, eritrotsitlardagi karboangidraza fermenti ta’sirida H
2
O va SO
2
ga parchalanadi. SO
2
gazi o’pka orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Agar qonga 
ishkoriy modda tushsa, karbonat kislota reaktsiyaga kiradi, natijada natriy 
gidrokarbonat va suv hosil bo’ladi. Bu esa qon pH ni ishkoriy tomonga siljishidan 
saqlaydi. 
Fosfat bufer tizimi
natriy digidrofosfat (NaH
2
PO
4
) va natriy gidrofosfat 
(NaH
2
PO
4
) lardan tashkil topgan. Birinchi modda o’zini kuchsiz kislota sifatida 
namoyon qilsa, ikkinchisi – kuchsiz kislota tuzi sifatida namoyon qiladi. Agar 
qonga kuchli kislota tushsa, u NaH
2
RO

bilan reaktsiyaga kiradi, natijada neytral 
tuz va kuchsiz dissotsialanuvchi natriy digidrofosfat hosil bo’ladi: 
H
+
+ NaH
2
PO
4
-
= Na
+
+ H
2
PO
4
-
Qondagi ortiqcha natriy digidrofosfat buyrak orqali chiqarib yuboriladi va 
NaH
2
PO
4
/ NaH
2
PO
4
nisbati saqlanib qoladi. 
Oqsil bufer tizimi
uning amfoter hossasi hisobiga amalga oshadi. Oqsil 
kislotali muhitda asos va ishkoriy muqitda esa kislota sifatida o’zini namoyon 
qiladi. 
Qon rN doimiyligini saqlashda nerv boshqarish mexanizmi katta ahamiyatga 
ega. Qon tomirlarda joylashgan xemoretseptorlar qitiqlanishi natijasida hosil 
bo’lgan impulslar MNS turli qismlarini quzg’atadi, bu esa azolar (buyrak, o’pka, 
ter bezlari, hazm tizimi) faoliyatini reflektor o’zgarishiga olib keladi, ularning 
faoliyati qon pH doimiyligini saqlashga yo’naltiriladi. Agar qonning pH kislotali 
tomonga siljisa, siydik orqali N
2
RO
4

anioni chiqarilishi kuchayadi. pH ishqoriy 
tomonga siljisa, siydik orqali NRO
2-
va NSO
3
-
lar ajralishi ortadi. Ter bezlari 
ortiqcha sut kislotalarini va o’pka SO

ni chiqarib yuboradi. 
Qonning bufer tizimlari ishqoriy moddalarga nisbatan kislotali moddalar 
ta’siriga chidamliroq. Qondagi kuchsiz kislotalarning asoslar bilan hosil qilgan 
tuzlari 
ishqoriy rezerv
deb ataladi. Uning kattaligi SO
2
(qondagi tarangligi 40 mm. 
sim. ustuniga teng bo’lgan paytda) 100 ml qon biriktira oladigan SO
2
mikdori bilan 
aniqlanadi. 
Har xil kasalliklarda qonning rN kislotali va ishqoriy tomonlarga siljishi 
mumkin. Qon pH kislotali tomonga siljishi – 
atsidoz
, ishkoriy tomonga siljishi - 
alkaloz
deyiladi. 
Qon aralashma holatining turg’unligi
(Eritrotsitlarning cho’kish tezligi - 
ECHT). Qonning shaklli elementlari plazmada muallaq – aralashma holatida 
bo’ladi. Eritrotsitlarning plazmadagi muallaq holati uning yuzasi gidrofilligi, 
xamda eritrotsitlar (barcha shaklli elementlar kabi) manfiy zaryadga ega ekanligi 
tufayli ularning bir-biridan «qochishi» hossasi bilan bog’liqdir. Agar shaklli 
elementlar manfiy zaryadi pasaysa ularning elektrostatik bir-biridan «qochishi» 


kamayadi. Bunday holat eritrotsitlar yuzasiga fibrinogen, γ – globulin, 
paraproteinlar kabi musbat zaryadli oqsillarni adsorbtsiyalanishi natijasida kelib 
chikishi mumkin. Bunday eritrotsitlar bir-birining ustiga taxlanib «tangachalar 
ustuni» ni hosil qilishi mumkin. Hosil bo’lgan «tangachalar ustuni» kapillyarlarga 
tiqilib to’qima va a’zolarda qon aylanishini buzishi mumkin. 
Agar probirkaga qon olib, uning ivishiga qarshi modda qo’shib qo’yilsa, 
ma’lum vaqt o’tgandan so’ng qon ikki kismga bo’linib qolganligini ko’rish 
mumkin: yuqoridagi suyuq qismi plazma va pastki qismi shaklli elementlar, asosan 
eritrotsitlardan iborat. Shunga asoslanib, cho’kish tezligini aniqlash orqali 
plazmadagi eritrotsitlarning aralashma holati turg’unligini o’rganish taklif qilingan.
ECHT yoshga va jinsga bog’liq. Chaqaloqlarda ECHT 1-2 mm/s, 1 yoshdan 
katta bolalarda va erkaklarda 6-12 mm/s, ayollarda 8-15 mm/s, qarilarda 15-
20mm/s ga teng. ECHT kattaligiga eng ta’sir qiluvchi omil bu fibrinogenning 
qondagi miqdoridir: agar uning miqdori 4 g/l dan ko’paysa ECHT ortadi. 
Homilador ayollarda ECHTning ortishi ham qondagi fibrinogen miqdorining 
ko’payishi bilan bog’liq. ECHTning ortishi yallig’lanish, yuqumli va onkologik 
kasalliklarda, shuningdek qonda eritrotsitlar miqdori keskin kamayganda 
(anemiya) kuzatiladi.
ECHT eritrotsitlarga nisbatan plazma hossalariga ko’proq bog’liq. ECHT 
kattaligi meyorda bo’lgan erkak eritrotsiti homilador ayol plazmasiga qo’shib 
qo’yilsa, u ham huddi homilador ayol eritrotsitlaridek tez cho’kadi.

Yüklə 345,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin