Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 11 -
almashinish jarayoni trubalar devori orqali amalga oshiriladi.
Isituvchi trubalar teshikli panjaraga payvandlash yoki razvalg’tsovka qilib
mahkamlanadi (18-rasm).
Ko’pincha, isituvchi trubalar po’lat,
legirlangan po’lat, mis, latun, titan yoki boshqa materiallardan
tayyorlanishi
mumkin.
Isituvchi trubalar 3 ni teshikli panjaralar 2 da mahkamlashning eng keng
tarqalgan usuli bu oddiy razvalg’tsovkadir (19-rasm). Valg’tsovka nomli asbobda
radial yo’nalishda hosil qilinadigan kuch tahsirida truba deformatsiyaga (diametri
ortadi, yahni kengayadi) uchrab, teshikli panjaraga zichlanadi va mhkamlanadi.
Truba o’ramining to’r pardaga mustahkam joylashtirishga erishish uchun teshikli
panjarada eni 2...3,5 mm va chuqurligi 0,4...1,0 mm li ikkita halqasimon ariqcha
qilinadi. Undan tashqari, trubalarni teshikli panjaralarga payvandlash, kavsharlash,
salg’nik yordamida ham mahkamlash mumkin. Salg’nik
yordamida zichlash
murakkab va qimmat. Bu usulda mahkamlash muhitlar temperatura farqi katta
bo’lganda, trubalarning bo’ylama siljishiga imkon beradi, ammo bunda birikma
zichlanishi buzulmaydi.
Trubaning kirish qismini konussimon razvalg’tsovka qilish, mahalliy qarshilik
Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 12 -
koeffitsientini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu esa, o’z navbatida kirish qismining
yemirilish oldini oladi.
Agar, trubalar tebranish, tsiklik qizishga, temperaturalar katta o’zgarishi yoki
ularning uchlari issiqlik tahsirida o’ta isib ketish hollari yuz beradigan bo’lsa, unda
trubalarning uchi albatta teshikli panjaraga payvandlanish zarur. Payvandlash choki
cho’ktirilgan, valik va ariqchada valik holadi, hamda
ariqcha va tishli
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Odatda, qalin devorli trubalarni payvandlash maqsadga muvofiqdir. Agar,
trubalar kuchlanish ostida ishlatiladigan bo’lsa, portlatib payvandlash tavsiya
etiladi. Ushbu usulda trubalarni mahkamlash uchun portlatish zaryad quvvati katta,
teshikli panjaraning tashqi yuzasi razzenkovka qilishini va panjara tashqarisiga
truba uchlari ko’p chiqib turishi kerak. Bu usulda truba teshikli panjaraga o’ta
mustahkam holatda biriktiriladi. Agar, trubaning bir uchi panjaraga ushbu usulda
portlatib payvandlansa, ikkinchi uchi esa portlatib razvalg’tsovka qilinsa, eng
yuqori mustahkamlikka erishsa bo’ladi.
Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga
mahkamlashning eng zamonaviy,
ilgor texnologiyasi - bu portlatib valg’tsovka qilishdir. Bunda, portlatuvchi zaryad
truba ichida, yahni uchida joylashtiriladi. So’ng esa, zaryad kapsyulg’ yordamida
portlatiladi. Natijada, portlash energiyasi trubani radial yo’nalishda deformatsiya
qiladi va teshikli panjara bilan truba mustahkam birikma hosil qilib ulanadi. Bu
usuldagi birikma, razvalg’tsovka usulinikiga qaraganda ancha mustahkamroq
bo’ladi. Portlatib payvandlash usulini trubalarni tahmirlash uchun ham qo’llash
mumkin. Trubalarni teshikli panjaraga elektrogidravlik
mahkamlash va biriktirish
usuli ham mavjud.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga
quyidagi usullarda joylashtirilishi mumkin (4.20-rasm):
- to’gri oltiburchak cho’qqi va qirralari yoki teng yonli uchburchak bo’ylab;
4.20-rasm. Truba teshikli panjarasida trubalarni joylashtirish sxemasi.
a – to’g’ri oltiburchak tomonlari va cho’ққilarida;
b - kvadrat tomonlari va cho’qqalarida;
v – kontsentrik aylanalar bo’ylab.
Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 13 -
- kontsentrik aylanalar bo’ylab;
- kvadrat cho’qqi va tomonlari bo’ylab;
- shaxmatli ko’rinishda (bir va har xil ko’ndalang qadamli).
Ushbu usullarda trubalarni issiqlik almashinish qurilmasida joylashtirish,
qurilmaning ixcham bo’lish sharti bilan belgilanadi. Undan tashqari, har bir
qurilmaga iloji boriga ko’proq truba joylashtirishga harakat qilinadi.
Kimyo mashinasozligida to’gri oltiburchak tomonlari va cho’qqalarida
trubalarni joylashtirish keng tarqalgan.
Bu usul uchun, trubalar sonini aniqlashga
quyidagi formula tavsiya etiladi:
1
1
3
a
a
n
(25)
bu yerda
Dostları ilə paylaş: