O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


-bob. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
fuqarolik

3-bob. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash
18-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish turlari
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish:
umumiy tartibda
soddalashtirilgan tartibda; 
alohida tartibda amalga oshiriladi. 
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning umumiy tartibi chet davlat 
fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u: 
a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo‘lsa; 
b) fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan e’tiboran va 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat 
qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab 
kelayotgan bo‘lsa; 
v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa; 
g) O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga
 rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga 
olsa; 
d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. Davlat tilini bilish darajasini 
aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son 
qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish 
darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi
 nizom

Oldingi
 tahrirga qarang. 


Ushbu modda birinchi qismining
“b” bandida 
nazarda tutilgan shart Respublikasida 
tug‘ilgan va yashab kelayotgan yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan nikohda bo‘lgan va 
nikoh tuzilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda 
uzluksiz uch yil davomida yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)
Bunda, agar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bir yil ichida O‘zbekiston Respublikasidan 
tashqariga jami bir yuz sakson uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatga chiqqan bo‘lsa, O‘zbekiston 
Respublikasi hududida yashalgan muddat uzluksiz deb hisoblanadi. 
 LexUZ sharhi 

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin