Ushbu Qonun 5-moddasining
ikkinchi qismida
hamda mazkur moddaning
birinchi
va
ikkinchi qismlarida
nazarda tutilgan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ariza
beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosining pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi boshqa hujjat O‘zbekiston
Respublikasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Quyidagilar o‘n olti yoshga to‘lmagan bolaning O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligini
tasdiqlovchi hujjatdir:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bolaning tug‘ilgan joyidan qat’i
nazar) — ota-onasidan birining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi mavjud ekanligini ko‘rsatuvchi
pasporti, identifikatsiyalovchi kartasi yoki boshqa hujjati ko‘rsatilganda;
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma (bola O‘zbekiston Respublikasida
tug‘ilgan taqdirda) — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan ota-onaning (yolg‘iz otaning yoki
onaning) O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi ko‘rsatilganda.
(7-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyundagi O‘RQ-696-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 03/21/696/0553-son)
Dostları ilə paylaş: