O‘zbekiston respublikasining fuqaroligi to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi



Yüklə 249,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix07.01.2024
ölçüsü249,83 Kb.
#202702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
fuqarolik

O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashovchi fuqarosi
— O‘zbekiston 
Respublikasidagi doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqqan hamda xorijga doimiy yashashga 
chiqib ketish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
yashash
— shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning tashqarisida qonuniy 
asosda turishi; 
yashash guvohnomasi
— fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yoki chet davlat fuqarosining 
shaxsini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat etilganligining 
tasdig‘i sifatida berilgan hujjat. 
4-modda. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik 
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, 
majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy 
huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy 
aloqasini belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining butun hududi uchun yagona 
fuqarolik o‘rnatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarosi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat’i nazar, 
hamma uchun tengdir. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
22-moddasi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, 
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdir. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
19-moddasi

O‘zbekiston Respublikasida har bir inson fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Hech kim 
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligidan mahrum qilinishi, bundan ushbu Qonunda nazarda 
tutilgan hollar mustasno, yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z organlari va mansabdor shaxslari orqali O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari oldida mas’uldir, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida 
mas’uldir. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishni O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida 
amalga oshiradi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
23-moddasi



O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini 
tiklash, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini 
yo‘qotish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmonlar tarzida 
qabul qilinadi va imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Yüklə 249,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin