2022 qilmishni kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibining jinoyat-huquqiy ahamiyati: milliy va xorijiy tajriba abdisattorov Husniddin Bahodir o‘g‘li



Yüklə 131,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix07.01.2024
ölçüsü131,77 Kb.
#202993
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
qilmishni-kvalifikatsiya-qilishda-jinoyat-tarkibining-jinoyat-huquqiy-ahamiyati-milliy-va-xorijiy-tajriba (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1003 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
shaxsning aqli rasoligi, albatta, tekshirilishi lozim. Chunki, mazkur belgi Germaniya 
Jinoyat kodeksida jinoyat subyektning zaruriy belgilari qatoriga kiritilgan. Germaniya 
jinoyat qonunchiligining milliy qonunchiligimizga o‘xshash jihatlaridan yana biri – 
bu jinoyatga suiqasd qilish uchun ham jazoning mavjudligidir (GFR JK 23-moddasi). 
Ya’ni, jinoyatning tugallanganligi yoki suiqasd ekanligi qilmishni kvalifikatsiya 
qilishga ta’sir ko‘rsatmaydi, bu holat faqatgina sud tomonidan jazo tayinlashda 
inobatga olinadi. Respublikamiz va Germaniya jinoyat qonunchiligi o‘rtasida 
umumiy jihatlarning borligini har ikki davlat qonunchiligi romano-german huquq 
tizimiga taalluqli ekanligi bilan izohlashimiz mumkin. Shunga qaramasdan, mazkur 
davlatning jinoyat huquqi sohasidagi, xususan qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi 
ba’zi tajribalarini milliy qonunchiligimizga joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Xususan, yuqorida aytib o‘tganimizdek, JK 97-moddasining 2-qismi uchun ham 
jinoyat subyekti yoshini 14 yosh etib belgilash lozim.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida Janubiy Koreya o‘zining rivojlangan huquq 
tizimi bilan ajralib turadi. Boshqa huquq sohalari bilan bir qatorda, jinoyat huquqi va 
qonunchiligi ham ancha takomillashgan. Mazkur davlat Jinoyat kodeksi Umumiy 
qismining bir qator moddalarida jinoiy javobgarlik yoshi, aqli noraso shaxs 
tomonidan jinoyat sodir qilish, jinoiy qasd, ehtiyotsizlik, harakat yoki harakatsizlik 
bilan jinoyat sodir qilish kabi jinoyat tarkibi zaruriy belgilarining mazmuni ochib 
berilgan. Mazkur belgilar jinoyat kodeksidagi har bir jinoyat uchun xos bo‘lib, ularsiz 
qilmish jinoyat hisoblanmaydi. Shu sababli, Koreya jinoyat qonunchiligi har bir 
holatda ushbu belgilarning aniqlanishi shartligini belgilaydi. Jinoyat kodeksi 
moddalarining ba’zilarida zaruriy belgilar dispozitsiyada bevosita ko‘rsatilsa, 
boshqalarida jinoyatning xususiyatidan kelib chiqib aniqlanishi lozim bo‘ladi. 
Masalan, ushbu davlat Jinoyat kodeksining XIII bobida nazarda tutilgan yashash 
joyiga o‘t qo‘yish (164-modda), jamoat binolariga yoki obyektlariga o‘t qo‘yish (165-
modda), boshqa obyektlarga o‘t qo‘yish (166-modda) kabi jinoyatlar qasddan sodir 
etiladi. Agar ushbu obyektlarga ehtiyotsizlik orqasida o‘t ketsa, qilmish yuqoridagi 
moddalar bilan emas, balki 170-modda bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Ko‘rib 
turganimizdek, Janubiy Koreya jinoyat huquqida ham aybning ikki xil shakli mavjud 
bo‘lib, ular obyektiv tomondan o‘xshash jinoyatlarni o‘zaro farqlashga va bu orqali 
qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, xuddi 
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida bo‘lgani singari ayrim moddalarda 
jinoyat tarkibining u yoki bu fakultativ belgisi asosiy belgi sifatida o‘rnatilgan. 
Bunday holatlarda mazkur fakultativ belgilar ham kvalifikatsiya uchun ahamiyatga 
ega bo‘ladi. Jumladan, Janubiy Koreya Jinoyat kodeksining 122-moddasida 



Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin