Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 1004
w www.oriens.uz March 2022 “Mansabdor shaxsning arzirli sababsiz o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishni rad
etishi yoki mazkur majburiyatlarni tashlab ketishi” uchun, 129-moddada esa
“Mansabdor shaxsning pora olishi” uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib,
qilmishni aynan ushbu moddalar bilan kvalifikatsiya qilish uchun jinoyat subyekti
mansabdor shaxs (public official) bo‘lishi shart. Bundan tashqari, Kodeksning 152-
moddasiga ko‘ra, “Guvohlik qasamyodini qabul qilgan guvohning bila turib, yolg‘on
ko‘rsatuv berishi besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘n million vongacha
jarima jazosi tayinlashga asos bo‘ladi” [10]. Bunda jinoyat subyekti har qanday shaxs
emas, balki ishga
guvoh (witness) sifatida jalb qilingan shaxs bo‘lishi lozim. Jinoyat
kodeksida nafaqat subyekt va subyektiv tomonning fakultativ belgilari, balki jinoyat
predmeti va obyektiv tomonning jinoyat sodir etish usuli, vaqti, joyi, sharoiti, quroli
kabi fakultativ belgilari ham dispozitsiyada keltirilishi orqali kvalifikatsiyaga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Kodeks 180-moddasida (Suv toshqini paytida
toshqindan himoyalovchi qurilma va mexanizmlarga zarar yetkazish yoki ularni
ishdan chiqarish) jinoyat sodir etish sharoiti, ya’ni suv toshqini payti obyektiv
tomonning zaruriy belgisi bo‘lib, ushbu belgisiz qilmishni mazkur modda bilan
kvalifikatsiya qilish mumkin emas.
Xorijiy davlatlarning jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish bo‘yicha tajribasi
o‘rganilganda, ular orasida Avstraliya jinoyat qonunchiligi o‘ziga xosligi bilan ajralib
turishiga guvoh bo‘ldik. Boshqa davlatlardan farqli ravishda, mazkur davlat Jinoyat
kodeksining Umumiy qismida