2022 qilmishni kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibining jinoyat-huquqiy ahamiyati: milliy va xorijiy tajriba abdisattorov Husniddin Bahodir o‘g‘li



Yüklə 131,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix07.01.2024
ölçüsü131,77 Kb.
#202993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
qilmishni-kvalifikatsiya-qilishda-jinoyat-tarkibining-jinoyat-huquqiy-ahamiyati-milliy-va-xorijiy-tajriba (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
999 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
tomoni, subyekti va subyektiv tomonidan kelib chiqib, qilmishga huquqiy baho 
berilishi to‘g‘risida qarashlar mavjud.
Xususan, V.N.Kudryavsev “Qilmishda jinoyat tarkibi belgilari yig‘indisining 
mavjudligi bu jinoiy javobgarlikka tortish uchun eng kam va yetarli asoslar borligini 
anglatadi. Eng kam degani shu ma’nodaki, agar qilmishda jinoyat tarkibining zaruriy 
belgilaridan kamida bittasining yo‘qligi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin 
emasligini anglatadi. Yetarli deganda, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 
qo‘shimcha ma’lumotlarni (obyektiv va subyektiv belgilardan tashqari) yig‘ishning 
zarurati yo‘qligidir” degan fikrni ilgari suradi [3].
Shunga o‘xshash fikrlarni milliy huquqshunos olimlarimiz ham bildirishgan. 
Jumladan, M.Usmonaliyev va P.Bakunov jinoyat tarkibi deganda, jinoyat qonunida 
ko‘zda tutilgan muayyan ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning jinoiyligini 
ifodalovchi tomonlar (elementlar) yig‘indisini nazarda tutadi [4]. 
A.S.Yoqubov va R.Kabulovning fikricha, “Jinoyat tarkibi
 
jinoyat 
qonunchiligida aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb ta’riflovchi eng kam va 
yetarli obyektiv hamda subyektiv belgilar yig‘indisidir” [5]. 
F.Xudoyqulov esa “Jinoyat tarkibi – bu har qanday jinoyatning tashqi va ichki 
tuzilishini o‘zida namoyon etadigan subyektiv va obyektiv belgilarining minimal va 
yetarli yig‘indisidir” deb yozadi [6]. 
Yuqorida keltirilgan barcha fikrlar mohiyatan bir xil hisoblanadi. Ushbu 
fikrlarga qo‘shilgan holda aytishimiz mumkinki, jinoyat tarkibi – bu sodir etilgan 
qilmishni jinoyat deb topish uchun asos bo‘ladigan eng kam va yetarli belgilar 
yig‘indisidir. Har bir jinoyat uchun qonunda belgilangan zaruriy belgilardan 
bittasining yo‘qligi qilmishning jinoiyligini istisno qiladi. Jinoyat tarkibi nafaqat 
qilmishni jinoyat deb topishda, balki uni jinoyat qonunidagi muayyan modda bilan 
kvalifikatsiya qilishda ham birlamchi ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston 
Respublikasining Jinoyat kodeksi 17-moddasining 1-qismi hamda Rossiya Jinoyat 
kodeksining 19-moddasi talabiga ko‘ra, qilmishni kvalifikatsiya qilishda jinoyat 
subyektining quyidagi belgilari zaruriy belgi hisoblanadi: 1) jismoniy shaxs bo‘lishlik; 
2) jinoiy javobgarlik yoshiga yetganlik; 3) aqli rasolik. Demak, ikki davlat 
qonunchiligida ham kvalifikatsiya uchun ahamiyatli bo‘lgan jinoyat subyektining 
asosiy belgilari bir xil ko‘rinishga ega. Ammo, RF Jinoyat kodeksining 20-moddasida 
jinoiy javobgarlikka tortishning ikki xil yoshi nazarda tutilgan. Umumiy 
javobgarlikka tortish yoshi 16 yosh bo‘lsa, RF JK Maxsus qismidagi bir qator 
jinoyatlar uchun 14 yosh etib belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi JK ning 17-
moddasiga ko‘ra esa, qilmishning xususiyatiga qarab, shaxs 16, 13, 14 va 18 yoshdan 



Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin