Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 998
w www.oriens.uz March 2022 bosqichi – bu qonun hujjatlarida jinoyat uchun javobgarlikni belgilashdir. Bundan
ko‘zlangan maqsad ijtimoiy hayotda sodir etilgan real qilmishning belgilarini jinoyat
qonunida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi belgilariga solishtirish orqali uning qanday
jinoyat ekanligini va unga nisbatan qay turdagi jazo tayinlash kerakligini aniqlash
hisoblanadi. Aynan mazkur jarayon “qilmishni kvalifikatsiya qilish” deb nomlanadi.
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishning asosini jinoyat qonunida belgilangan aniq jinoyat
tarkibi tashkil etadi. Ya’ni, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ijtimoiy
hayotda sodir etilgan real qilmishni kvalifikatsiya qilishda Jinoyat kodeksining
Maxsus qismi moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibiga tayanadi. Sodir etilgan
qilmishni kvalifikatsiya qilish amaliyoti barcha davlatlar jinoyat huquqi uchun xosdir.
Mazkur maqolada bir nechta xorijiy davlatlarning qilmishni kvalifikatsiya qilish
bo‘yicha tajribasini o‘rganib, ularning milliy qonunchiligimizdagi kvalifikatsiya
qilish amaliyoti bilan o‘xshash va farqli jihatlarini tahlil qilishga harakat qilamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723-son
Qarori bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-
protsessual qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasi”ning I bob 1-bandida
“Jinoyat qonunchiligini xalqaro standartlarga unifikatsiya qilinganligi va
muvofiqlashtirilganligi nuqtayi nazaridan inventarizatsiya qilish” muhim vazifalardan
biri sifatida belgilangan.[1] Ushbu zaruriyatdan kelib chiqib, Rossiya, Moldova,
Germaniya, Janubiy Koreya va Avstraliya singari davlatlarda jinoyat tarkibining
qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati masalasini ko‘rib chiqamiz va milliy
qonunchiligimiz bilan taqqoslashni amalga oshiramiz.
Rossiya jinoyat qonunchiligi va milliy qonunchiligimiz ko‘p jihatdan bir-biriga
o‘xshash sanaladi. Shu bilan birga, ular o‘rtasida qilmishni kvalifikatsiya qilish
amaliyoti bilan bog‘liq farqlar ham mavjud. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi 16-moddasining 2-qismida jinoiy javobgarlikning asosi jinoyat
tarkibi ekanligi belgilangan. Unga ko‘ra, “Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat
tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka
tortish uchun asos bo‘ladi” [2]. Mazkur norma mazmunidan kelib chiqqan holda, sud-
tergov organlari muayyan qilmishni jinoyat deb topish va uni JK Maxsus qismining
biror moddasi bilan kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibini aniqlashga e’tibor
qaratadilar. Rossiya Federatsiyasining Jinoyat kodeksida esa, jinoyat tarkibining
ahamiyati to‘g‘risidagi modda mavjud emas, ammo mazkur davlat jinoyat huquqi
nazariyasida xuddi milliy huquq tizimimizda bo‘lgani kabi jinoyat obyekti, obyektiv