2022 qilmishni kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibining jinoyat-huquqiy ahamiyati: milliy va xorijiy tajriba abdisattorov Husniddin Bahodir o‘g‘li



Yüklə 131,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix07.01.2024
ölçüsü131,77 Kb.
#202993
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
qilmishni-kvalifikatsiya-qilishda-jinoyat-tarkibining-jinoyat-huquqiy-ahamiyati-milliy-va-xorijiy-tajriba (1)

“jinoyat elementlari”
(elements of offence)
tushunchasi, tasnifi va ahamiyati xususida to‘liq ma’lumot berilgan. Jumladan
Kodeks 3.1-moddasiga ko‘ra, jinoyat o‘z ichiga moddiy va ayb elementlarini 
(physical and fault elements)
qamrab oladi. O‘z navbatida, 4.1-moddada 
keltirilishicha, jinoyatning moddiy elementlari quyidagilardan iborat:
a) xulq-atvor 
(conduct);
b) xulq-atvor natijasi 
(a result of conduct);
c) xulq-atvor va uning natijasi o‘rtasidagi holat 
(circumstance)
[11]. 
Ushbu elementlar orasida xulq-atvor ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: 
harakat 
(act)
va harakatsizlik 
(omission)
. Bevosita milliy qonunchiligimizga 
solishtiradigan bo‘lsak, harakat va harakatsizlikni o‘z ichiga olgan xulq-atvor 
ijtimoiy 
xavfli qilmishga
; xulq-atvor natijasi 
ijtimoiy xavfli oqibatga
; xulq-atvor va uning 
natijasi o‘rtasidagi holat esa 
ijtimoiy xavfli qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy 
bog‘lanishga
to‘g‘ri keladi. Demak, Avstraliya Jinoyat kodeksida belgilangan 
moddiy elementni jinoyatning obyektiv tomoni deb, atashimiz mumkin. Avstraliya 
Jinoyat kodeksining 5.1-moddasiga ko‘ra, jinoyatning ayb elementlari quyidagilar 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1005 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
bo‘lishi mumkin: a) qasd 
(intention)
; b) xabardorlik 
(knowledge)
; c) beparvolik 
(recklessness)
; d) ehtiyotsizlik 
(negligence)
.
Ma’lumki, Jinoyat kodeksimizda aybning qasd va ehtiyotsizlik shakllari nazarda 
tutilgan. Avstraliya jinoyat qonuni esa, xabardorlik va beparvolik shakllarini ham 
ajratib ko‘rsatgan. Aslida, bu tushunchalar ham begona emas. Negaki, xabardorlik 
deganda, shaxsning o‘zi sodir etgan qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglashi 
va undan kelib chiqadigan oqibatlarga ko‘zi yetishi tushunilsa, beparvolik o‘z-
o‘zidan ehtiyotsizlikning turi hisoblanadi. Shunday qilib, Avstraliya Jinoyat 
kodeksida belgilangan aybning 4 ta elementi jinoyatning subyektiv tomonini tashkil 
qiladi. Garchi Kodeksda jinoyat obyekti to‘g‘risida so‘z yuritilmagan bo‘lsa-da, 
jinoyat qonunidagi har bir norma alohida ijtimoiy munosabatni qo‘riqlaydi va ular 
jinoyat obyekti sanaladi. Jinoyat subyekti uchun Kodeksda yosh va aqliy sog‘lomlik 
belgilari o‘z aksini topgan. Yuqorida Rossiya, Moldova, Germaniya va Janubiy 
Koreya jinoyat qonunchiligini tahlil qilganimizda, subyekt yoshining minimal 
chegarasi 14 yosh ekanligini ko‘rgan edik. Ammo, Avstraliya jinoyat qonunida bu 
chegara 10 yosh hisoblanadi. Avstraliya JK 7.1-moddasiga muvofiq, 10 yoshdan 
kichik bo‘lgan bolalar jinoyat uchun javobgarlikka tortilmaydi. 7.2-moddada 
ta’kidlanishicha, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘z xulq-atvorining 
huquqqa xilofligini anglay olgan taqdirdagina, jinoyat uchun javobgarlikka tortiladi. 
Demak, qilmishni Avstraliya Jinoyat kodeksidan kelib chiqib, kvalifikatsiya qilishda 
yuqoridagi jinoyat elementlarining barchasi aniqlanishi lozim.
XULOSA 
Xulosa qiladigan bo‘lsak, garchi yuqoridagi davlatlar qilmish uchun turli xil 
jinoiy javobgarlikni belgilasa-da, ularning barchasida qilmishni kvalifikatsiya qilish 
jinoyat tarkibi belgilaridan kelib chiqib, amalga oshiriladi. Ya’ni, real hayotda sodir 
etilgan bitta qilmishni boshqasidan farqlash uchun unga xos bo‘lgan belgilar jinoyat 
qonunida javobgarlik belgilangan jinoyatning obyektiv va subyektiv belgilari bilan 
taqqoslab ko‘riladi. Sodir etilgan qilmishning belgilari jinoyat qonunidagi qaysi 
modda belgilari bilan mos tushsa, qilmish aynan o‘sha modda bilan kvalifikatsiya 
qilinib, jazo ham mazkur modda sanksiyasi doirasida tayinlanadi. 
Shu bilan birga, amaliyotda ba’zan sud-tergov organlari tomonidan jinoyat 
tarkibi barcha elementlarining aniqlanmasligi sababli jinoyat hisoblanmagan 
qilmishlarni jinoyat deb topish yoki qilmishni boshqa jinoyat sifatida noto‘g‘ri 
kvalifikatsiya qilish holatlarning oldini olish maqsadida faqat jinoyat huquqi 
nazariyasida emas, balki Moldova va Avstraliya tajribasida bo‘lgani kabi O‘zbekiston 



Yüklə 131,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin