INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 534
axborot o‟g‟irlash, axborot mazmunini buzib qo‟yish, egasidan iznsiz
o‟zgartirib qo‟yish, tarmoq va serverlardan beruxsat foydalanish, tarmoqqa
tajovuz qilish, avval qo‟lga kiritilgan uzatmalarni qayta uzatish, xizmatdan
yoki axborotga daxldorlikdan bo‟yin tovlash, jo‟natmalarni ruxsat etilmagan
yo‟l orqali jo‟natish hollari ko‟paydi.
Natijada axborot xavfsizligi muammosi O‟zbekiston Respublikasi uchun
ham dolzarb muammoga aylandi. Bu o‟z navbatida kriptologiya fanini
rivojlantirish vazifalarini dolzarb muammolar qatoriga qo‟ydi, chunki hozirgi
kunda bu yo‟l axborot xavfsizligini ta‟minlash sohasida asosiy yo‟ldir.
Axborotni muhofaza qilish masalalari bilan kriptologiya fani
shug‟ullanadi. Keyingi oxirigi yillarda kriptologiya yo‟nalishini rivojlantirishga
davlatimiz tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. O‟zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2007 yil 3 aprelda qabul qilgan “O‟zbekiston Respublikasida
axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‟g‟risida” gi
PQ-614–son qarorida hamda O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
7 fevraldagi “O‟zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‟yicha
Harakatlar strategiyasi to‟g‟risida” gi PF-4947-son farmoyishida beshta
ustuvor yo‟nalishdan biri sifatida axborotni muhofaza qilish tizimini
takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‟z vaqtida va munosib
qarshilik ko‟rsatish kabilar ko‟zda tutilgan.
Elliptik egri chiziqlar Matematikada elliptik egri chiziqlarning xossalari va funksiyalari 150
yildan ortiq vaqt davomida o‟rganilgan. Ulardan kriptografiya doirasida
foydalanish birinchi marta 1985 yilda Vashington universitetidan Nil Koblits va
IBM da Viktor Miller tomonidan alohida taklif qilingan.
Elliptik egri chiziqqa asoslangan kriptotizimlar birinchi marta
mobil
elektron biznes
xavfsizligi provayderi Certicom tomonidan ishlab
chiqilgan va keyin integral mikrosxemalar va tarmoq xavfsizligi mahsulotlarini
ishlab chiqaruvchi Hifn tomonidan litsenziyalangan. 3Com, Cylink Corp.,
Motorola, Pitney Bowes, Siemens, TRW Inc. (Northrop Grumman tomonidan
sotib olingan) va Verifone kabi sotuvchilar o‟z mahsulotlarida Elliptik egri
chiziqqa asoslangan kriptotizimni qo‟llab-quvvatladilar.
Elliptik egri chiziqlar kubik egri chiziqlarning bir turi bo‟lib, uning
yechimlari topologik jihatdan torusga (1-rasm) ekvivalent bo‟lgan fazo
mintaqasi bilan chegaralangan.