Chinor fayzi baland


§ 4.2. Mo„g„ullar hukmronligi davrida Markaziy Osiyo hududida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 4.2. Mo„g„ullar hukmronligi davrida Markaziy Osiyo hududida 
shakllangan soliq tizimi
Chingizxon Xitoy va Xorazmni bosib olishi natijasida Mo‗g‗uliston 
xonligi bir necha marotaba kattalashadi va endilikda uyg‗urlarning 
homiyligi mo‗g‗ul armiyasining ehtiyojlarini qondira olmay qoladi. 
41
Rubrukvis Billem (1215, 1220-1293) - flamand sayyohi, rohib. 1253-1255 y. larda frantsuz qiroli 
Lyudovik IX tomonidan Moʼgʼulistonga yuborilgan elchilarga rahbarlik qilgan. R. Frantsiyadan 
Falastinga yoʼl olgan, soʼngra Konstantinopolь, Krim, Don dashtlari, Oʼrta Osiyo, Markaziy 
Moʼgʼulistondan oʼtib 1254 y. Koraqurum sh. ga yetib borgan; qaytishda Kavkaz va Kichik Osiyoda 
boʼlgan. Rubrukning oʼz sayohati haqidagi hisobotida u bosib oʼtgan mamlakatlar tarixi haqida qimmatli 
maʼlumotlar bor. https://qomus.info/encyclopedia/cat-r/rubruk-uz/ 


95 
Avvaliga armiyani urushlar o‗ljasidan moliyalashtirish mumkin deb 
hisoblashadi. Ammo amalda bunday bo‗lib chiqmaydi. Chunki, 
birinchidan, janglarda har doim ham g‗alaba qozonilmaydi, ba‘zida 
mo‗g‗ullar ham mag‗lubiyatga uchrab turadi. Armiyani esa yutqazgan 
paytda ham boqish va saqlash kerak. 
Ikkinchidan, har bir mamlakat yoki hududni qo‗lga kiritishga 
nafaqat oylar, balki yillar ketgan. Eng yaxshi deb olingan holatda har 
olti oyda yoki yiliga bir marta yangi hududlarni qo‗lga kiritish mumkin 
bo‗lgan. Bu vaqt oralig‗ida armiyani moliyalashtirish kerak, uni har kuni 
ovqat bilan ta‘minlash lozim. 
Mo‗g‗ul faxriylari va urush qahramonlari norozi bo‗la boshlaydilar, 
ular qilgan ―mehnat‖lari uchun rag‗bat talab qilishadi. 
Natijada mo‗g‗ullar yangi bosib olingan yerlarni taniqli harbiylar 
mulkiga taqsimlash va ularni xuddi xon vassali sifatida boshqarishga 
o‗tadi. Shu maqsadda chorvachilik uchun yaylov maydonlarini 
ko‗paytirish uchun qadimgi Xitoy aholisini yo‗q qilish va ularning 
shaharlarini vayron qilish haqida fikr paydo bo‗ladi. 
Harbiy 
harakatlarning 
dastlabki 
bosqichlarida 
Chingizxon 
tomonidan armiyani moliyalashtirish uchun eski va sinalgan ―polyude‖
42
usuli ishlatilgan (hukmdorning o‗z bo‗ysunuvidagi hududlardan borgan 
holda tegishli yig‗imlarni (o‗lpon) undirib olishi).
 
Bunday amaliyot 
odatda yilda bir marta amalga oshirilgan. Ammo Chingizxonga bu usul 
endi mos emas edi, shuning uchun u moliyalashtirishning boshqa usuli – 
talon-tarojga o‗tadi. 
1219-1221-yillarda Markaziy Osiyoda mo‗g‗ullar bosqini va 
istilosidan so‗ng Movarounnaxr, Xorazm va Xurosonning gullab-
yashnagan dehqonchilik vohalari tamomila halokatga uchraydi. 
Dunyoga dong‗i ketgan qadimiy va obod shaharlar, jumladan 
Gurganch, Buxoro, Samarqand, Marv, Termiz, Xo‗jand, Balx, Nishopur 
va boshqa shaharlar xarobazorga aylantiriladi. Urganch, Samarqand, 
42
IX-XII
asrlarda undiriladigan yigʼim turi. Ushbu yigʼim slavyan va fin qabilalaridan Kiev Rusida ham 
undirilgan.


96 
Buxoro va Marv kabi ulkan shaharlar aholisining katta qismi o‗z ona 
shaharlarini tark etadilar, qolgan aholining bir qismi qirib tashlanadi. 
1230 yilda O‗qtoy Markaziy Osiyo va Xitoy hududlarida boj 
yig‗ishni buyuradi. Unga ko‗ra sharobdan 10% va boshqa tovarlardan 
1/30 miqdorda soliq undirila boshlanadi
43

Mamlakat hududiga olib kelinadigan tovarlarga nisbatan import 
bojlari 1236 yilda joriy etiladi. 
Chju Si ―Tung-szyan gan-mu‖ (Xitoy tarixi haqidagi kitob) ga 
ko‗ra, savdogarlar boj to‗lashga buyurilgan bo‗lib, bojning miqdori 1/30 
miqdorda bo‗lgan. Shuningdek, tuzga ham soliq belgilangan bo‗lib, 
unga ko‗ra 40 gin (1 gin - suyuqlik o‗lchov birligi, bugungi kunda 12 
stakan yoki chashka miqdorida) tuz uchun bir unsiya kumush undirilgan. 
Mo‗g‗ullar hukmronligi davrida quyidagi asosiy soliqlar joriy 
qilingan: 
Kalon (er solig‗i) – hosilning 10 foizi miqdorida undirilgan. 
1235 yilda O‗qtoy Xon davrida Talan-Dabe hududida tashkil etilgan 
Qurultoyda sigir, qoramol va ekinlardan olinadigan soliq tashkil etish 
belgilandi. 
Harbiy hokimiyat, aholini ro‗yxatdan o‗tkazish, soliq yig‗ish ishlari, 
―dorug‗achi‖ va ―tamg‗achi‖ deb ataluvchi mo‗g‗ul amirlari qo‗lida 
bo‗lgan. 
 
Mahmud Yalovoch xalqdan turli soliklar undirib berar edi
44
.
Kalon-dehqonlardan olinadigan asosiy soliq bo‗lib, hosilning 
10/1qismini tashkil qilgan. 
―Yaso‖
45
qonuni bo‗yicha aholidan o‗zining foydasiga Shulsi
 
deb 
atalgan soliq undirilgan. Bundan tashkari, mamlakatdagi savdo yullarida 
43
Rashid ad-Din Fazlullaax ibn Аbu-lь-Xayr Аl Xamadanii (Rashiid ad-Doule; Rashiid at-Tabiib-―tabib 
Rashid‖ davlat arbobi, tabib va olim-enttsiklopedist; Hulaguiylar davlatining vaziri (1298-1317). Аbaka-
xon (1265-1282) davrida davlat xizmatiga kirgan. Gʼazon davrida (1295-1304) vazir lavozimini egalladi 
va eng muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirdi. 
44
Mamanazarov А. Soliq siyosati. Oʼquv qoʼllanma – T.: Moliya. 2003. – 150 bet. 
45
1206 yilda moʼgʼullar qurultoyida qabul qilingan ―Chingiz-xon yusunlari‖ yoki ―Yaso qonunlari‖ nomi 
bilan ataluvchi huquqiy qoidalar toʼplami 33 qismdan iborat boʼlib, Oʼzbekiston hududida ham amal 
qilgan. Unda jinoyat va jazo, harbiy qismlarni boshqarish va ularda qatʼiy tartib-intizomni joriy qilish, 
oila va nikoh, mulk masalalariga eʼtibor berilgan. 


97 
joylashgan obyektlar xarajatlari xam aholi bo‗yniga yuklatilgan. Yana 
bir soliq Targ‗u deb atalgan.
Targ‗u
 
- hunarmandlar, savdogarlardan olingan. Ishlab chiqarilgan 
va sotilgan molning 1/30 ulushi hajmida bo‗lgan.
Oliy mansabdorlar soliq to‗lashdan ozod etilgan edi. 
Yuqoridagi soliq va majburiyatlardan tashqari aholi yana mahalliy 
to‗ralarning zulmidan azob chekar edilar. 
 
Maxmud Yalavoch soliq undirishda eng vahshiy usullardan ham 
qaytmagan. Xususan aholi birinchi talab bilan soliq to‗lamasa, jismoniy 
chora-tadbirlar ko‗rilgan, xatto ularning bolalari ham soliq hisobiga 
tortib olingan.
Bunday sharoitda o‗lkada mo‗g‗ullarning soliq tizimiga qarshi yirik 
xalk qo‗zgolonlari bo‗lib o‗tadi. Ana shunday qo‗zg‗olonlardan biri 
1238 yilda Mahmud Torobiy boshchiligida qo‗zg‗olon edi. 
Karmana ostonalarida qo‗zg‗olonchilar bilan mo‗g‗ullar o‗rtasida 
qattik jang bo‗ladi. Bu jangda mo‗g‗ullardan 10 ming kishi o‗ldiriladi. 
Jangda qo‗zg‗olonchilarning rahbari Mahmud Torobiy va Shamsuddin 
Maxbubiylar ham halok bo‗ladi. Mahmud Torobiyning ukalari 
Muhammad va Ali qo‗zg‗olonga rahbarlikni o‗z qo‗llariga olgan 
bo‗lsalarda ularning yosh, tajribasizligi Xo‗jandga yetib kelgan 
yordamchi kuchlar tomonidan qo‗zg‗olon shafqatsizlik bilan bostiriladi 
va qo‗zg‗olonchilar qattiq jazolanadi.
Maxmud Yalovoch amalidan chetlatiladi va Pekinga hukmdor qilib 
tayinlanadi.
Chig‗atoy ulusiga Yalovochning o‗g‗li Ma‘sudbek noib hamda 
ijarador qilib tayinlanadi. U bu lavozimda 51 yil xizmat qiladi. U 
mo‗g‗ullarga o‗lpon va soliqlarni o‗z vaqtida to‗lab turdi, natijada 
keyinchalik mo‗g‗ullar Movarounnaxrni boshqarish ishiga deyarli 
aralashmaganlar. 
Maxmud Torobiy qo‗zg‗olonining ahamiyati katta edi. Qo‗zg‗olon 
bostirildi, lekin u mahalliy hukmdorlarni o‗z moliya siyosatini qayta 


98 
ko‗rib chiqishga majbur etdi. Shuningdek qo‗zg‗olon xalq ommasini 
bosqinchilar zulmiga qarshi birgalikda harakat kilib, mustakillik yo‗lida 
muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligini ko‗rsatdi.
Mazkur qo‗zg‗olondan so‗ng mo‗g‗ul xoni Manguxon (1257-1259) 
chiqargan yorliqqa asosan belgilangan tartibdagi soliq turidan tashqari 
aholidan oziq-ovqat, yem-xashak olinmasligi, soliq to‗lashda jismoniy 
kuch ishlatilmasligi va boshqa yengilliklar ko‗zda tutilgan edi.
XIV asrning birinchi yarmiga kelib mo‗g‗ul xonlari o‗rtasidagi 
o‗zaro 
ziddiyatlar, 
feodal 
tarqoqlik 
oqibatida 
mo‗g‗ullar 
Movarounnahrdagi mahalliy hokimliklarni va mahalliy aholini 
boshqarishni uddasidan chiqa olmay qoladilar.
Soliq masalasidagi qarama-qarshiliklar kuchayib ketadi. Ayniqsa, 
dehqon va hunarmandlarning ahvoli yil sayin yomonlashib bordi. 
Chunki yer solig‗ini to‗lashdan tashqari, dehqonlar turli majburiyatlar va 
xizmatlarni bajarishga majbur qilinar edi. Hunarmandlar ayniqsa, 
qurolsozlarni ham natura majburiyatini o‗tash tartibida ishlashga majbur 
etilar edi. 
Manguxon zo‗ravonlik va suiste‘mol qilish tizimi mo‗g‗ullarga 
qarshi harakatni kuchaytirganini tushunar, shu sababli u buysundirilgan 
xalqlar uchun soliqlarni yumshatishni taklif qildi. 
Saltanatning butun aholisi (o‗trok va ko‗chmanchi) daromadlari va 
boyligiga mutanosib ravishda soliq va o‗lponlar to‗lashi kerak edi. Soliq 
har yili undirilishi shart bo‗lgan.
Boy kishi bir yilda 10 dinor, kambag‗al toifa esa 1 dinor to‗lashi 
shart bo‗lgan. Chorva solig‗i har yuz tuyoqdan bir bosh miqdorida 
olingan.
Mo‗g‗ullar hukmronligi davrida O‗rta Osiyoda mo‗g‗ul 
zodagonlarining yer egaligi va mulk egaligi borasida amalga 
oshirayotgan isloxotlari mahalliy xalqlar turmush tarziga og‗ir yuk 
bo‗lib tushgan edi. Har yili mo‗g‗ul zodagonlari va hukmdorlari 


99 
ishtirokida o‗tkazilayotgan Qurultoylarda yer egaligi va soliq xususidagi 
masalalar ham muhokama etib borilgan.
Qurultoyda taklif qilingan tadbirlar O‗rta Osiyo hududida amalga 
oshirila boshlandi. Ayniqsa, mahalliy dehqon va hunarmandlarning 
ahvoli yanada og‗irlashib, ular yer, mol-mulk solig‗ini to‗lashdan 
tashqari turli majburiyatlarni ham bajarishga majbur edilar. Natijada 
ulkaning katta-kichik qishloqlarida jabr-zulum va zo‗ravonliklarga 
qarshi xalqning qarshilik harakatlari kuchayib bordi.
Mo‗g‗ullarning Movarounnaxrdagi uzoq yillik boshqaruvi davrida 
o‗lkada ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan inqirozli holatning vujudga kelishi, 
soliqlar tizimini takomillashishi barobarida, ularni undirib olishda ham 
shafqatsizlarcha usullar amalga oshirilgan. Bu holat jamiyatda ijtimoiy 
tengsizlikni kuchayishiga va yuqori va quyi tabaqa vakillari o‗rtasida 
sinfiy kurashning avj olishiga olib keldi. 
Feodal yer egaligining kuchayishi, mulkdor mo‗g‗ul zodagonlarning 
muttasil jabr-zulmlari barcha turdagi iqtisodiy to‗lovlar, soliqlar va 
yig‗imlarning butun yukini oddiy xalq yelkasiga ag‗darildi. Ular 
mumkin qadar tezroq boshqaruvni qo‗lga olish hamda bo‗ysundirish 
ilinjida 
haddan 
tashqari 
soliqlarni 
ko‗paytirib, oddiy xalqni 
qashshoqlarga aylantirdilar, ularni iskanjalar bilan qiynab, azoblay 
boshladilar, to‗lashdan qochgan, yashiringanlarni tutib olib o‗ldirar 
edilar. Hatto bolalarini tortib olar edilar, ayrim mahalliy amaldorlar bu 
ishda ularga ko‗maklashib, tovlamachilik orqali boyib olar edilar. 
1251-yili hokimiyat tepasiga Botuxon va Berkaxonlarning qo‗llab-
quvvatlashlari bilan Munka (1251-1259) ulug‗ xon sifatida saylanadi.
U dastlab Chig‗atoy ulusini mulk sifatida tugatadi va uni Botuxon 
bilan 
bo‗lib oladi. Keyinchalik Munkaning o‗limidan so‗ng 
Chig‗atoyning nabirasi Olguxon (1261-1266) Oltin O‗rdaga qarshi 
kurashib, Chig‗atoy ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‗ladi.
XIII asrning 60-70-yillariga kelib, rasman yagona hisoblangan 
mo‗g‗ul imperiyasi aslida Erondagi Xulagiylar, Movarounnaxrdagi 
Chig‗atoylar va Oltin O‗rda deyarli mustaqil qismlariga bo‗linib ketgan 


100 
edi. Ayniqsa, xo‗jalik-iqtisodiy hayotni bir me‘yorga tushirish, savdo va 
pul muomalasini izga solishda Chig‗atoy ulusi noibi Ma‘sudbekning 
xizmati va islohotlari katta o‗rin tutgan. Ma‘sudbek mo‗g‗ul xoqonlariga 
shaxsan yaqinligi ham uning islohotlar o‗tkazishiga imkon bergan edi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin