104
5-BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGIDA
SOLIQ MUNOSABATLARI
§ 5.1. Amir Temurning markazlashgan davlatga asos solishi
va soliq islohotlari
Markaziy Osiyoni barlos qabilasidan chiqqan Amir Temur
(1336-1405-yillarda yashagan) mo‗g‗ullar hukmronligidan butkul ozod
etadi. Yarim asr davomida u Kashmirdan O‗rta dengizga, Orol
dengizidan Fors qo‗ltig‗iga qadar cho‗zilgan ulkan saltanatni barpo
etadi.
Bunday ulkan yurish va istilolar uchun Amir Temurga juda katta
moliya resurslari kerak edi. G‗alabalardan qo‗lga kiritilgan boyliklar va
soliqlar harbiy yurishlarning asosiy manbai bo‗lgan. Muarrix
Sharafiddin Ali Yazdiy ta‘biri bilan aytganda, Temur davlati
mamlakatning u boshidan bu boshigacha bir bolakayni oltin va javoxirot
to‗la patnis bilan jo‗natganida ham biron-bir kishi boylikni tortib olishga
qasd etmas darajasida yuksalgan. Sohibqiron Amir Temur Xitoydan
G‗arbiy Yevropaga qadar savdo yo‗lini yanada kengaytiradi. Bundan
ko‗rinadiki, Amir Temur iqtisodiy siyosatining bosh omili globallashuv
bo‗lgan.
Temur saltanati kengayib ketgandan so‗ng uning hududi
amirzodalarga taqsimlab beriladi. Xususan, amirzoda Mironshoh
46
ga
Dostları ilə paylaş: