106
davlat xazinasi oldida javobgar bo‗lganlar. Ular Amir Temur davlatining
asosiy tayanchi sifatida mulkdor yer egalari kabi aholining imtiyozli
qatlamini tashkil etgan.
Zahiriddin Muhammad
Boburning yozishicha, Husayn Boyqaroning
14 minglik gvardiyasi va 40 minglik muntazam qo‗shini (kush)ning har
bir askariga 80 jarib, ya‘ni 40 tanob
49
dan yer berilgan. Navkarlarga
berilgan bu yerlardan ham soliq va to‗lovlar olinmagan.
Hukmdor soliq to‗plashning viloyatlar va uluslar tizimidan
foydalangan. Bunda barcha tushumlar markaziy davlat xazinasiga
to‗planmasdan mahalliy ma‘muriy tuzilmalar ixtiyorida qoldirilgan.
Mahalliy hokimiyatlarga soliq va boshqa tushumlardan o‗zlarining
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanish, natura tarzidagi mol-
mulklarni esa o‗z hoxish-irodalariga bog‗liq tarzda taqsimlash vakolati
berilgan.
Dostları ilə paylaş: