111
berishiga qarab belgilangan. Qanday yerda dehqonchilik kilishidan qat‘i
nazar, muzoriy hamma vaqt soliqlarni to‗lar va majburiyatlarni o‗tar edi.
Amir Temur jahondagi 27 mamlakatni bosqichma-bosqich o‗z
davlati tarkibiga kiritib, yagona davlat safida birlashtirdi,
ularning
iqtisodiyoti va moliya tizimini takomillashtirdi.
Bu mamlakatlarning tabiiy sharoiti bir xil bo‗lmaganidek, ularning
iqtisodiy rivojlanish darajalari ham,
shuningdek, aholisining turmush
darajasi, mashg‗uloti, boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalari ham bir
xil emas edi.
Amir Temurning yagona mustahkam saltanatni shakllantirish
strategiyasida moliya muammolari o‗zining
muhimligi bilan boshqa
muammolardan ajralib turar edi.
Temur,
avvalo,
davlat
moliyasining
mo‗g‗ul va boshqa
bosqinchilarga qaramligiga uzil-kesil nuqta qo‗ydi, ulkan mamlakatning
mustaqil davlat moliyasini yaratdi va uni muttasil takomillashtirib bordi.
Markazlashtirilgan davlat tarkibiga kirgan barcha mamlakatlar
moliyasini bir tizimga birlashtirdi va ularni ma‘muriy
boshqarish
talablari asosida idora qilish usullarini joriy etdi.
Qur‘oni karim talablarini o‗zida ifoda etgan moliya sohasidagi
shariat qonunlari asosida soliq tizimi shakllantirildi. Bunda har bir
mamlakat va aholining xususiyatlarini e‘tiborga olib,
qator imtiyozlar
joriy etildi.
Davlat xazinasi resurslari va mahalliy ulus hamda tumanlar
ixtiyoridagi mablag‗lar tarkibiga aniqlik kiritildi, ularning markaz bilan
moliyaviy munosabatlari takomillashtirildi. Shu o‗rinda, aytish lozimki,
Amir Temur Yevropadagi birinchi byudjet tuzilishiga (XVII asr)
nisbatan taxminan uch asr avval mamlakatni idora qilishda byudjetning
dastlabki kurtaklarini ishlab chiqdi va joriy qildi.
Ma‘lumki, islom shariatida ham ―byudjet‖ tushunchasi mavjud va u
―baytulmol‖
52
deb yuritiladi.
Shunday qilib, mayda mulklar amirlarga,
uluslarga, ya‘ni ikki-uchta sobiq mamlakat amirzodalariga beriladi.
52
Ilk ―baytulmol‖ boy yaxudiylar yashaydigan Xaybar kalʼasi zabt etilganda (milodiy 627 yilda) vujudga
kelgan.
112
―Suyurg‗ol‖ va ―ulufa‖ o‗rtasidagi tafovut esa tarxonlar, amirlar,
bahodirlar, iqtadorlar kabi harbiy amaldorlar
vakolatlari va ularning
mol-mulki bilan to‗ldiriladi.
Amir Temur zamonida saltanatning 40 ga yaqin shahrida, shu
jumladan, Samarqandda pul zarb qiluvchi korxonalar tashkil qilingan.
Bunday korxonalar daromadlarining 3/4 qismi xazinaga ajratilgan.
Dostları ilə paylaş: