103
c) Yilqiboqarlardan olinadigan asosiy soliq bo‗lib
har bir otardan
ikki yashar qo‗y va har ming otdan bir biyani (qimiz uchun) tashkil
etgan
d) Dehqonlardan olinadigan asosiy soliq bo‗lib
yem-xashak
ko‗rinishida undirilgan
10.
Mo„g„ullar hukmronligi davrida Shulsi solig„ini kimlar
to„lagan va uning miqdori qanchani tashkil etgan?
a) Soliqning miqdori har bir otardan ikki yashar qo‗y va har ming
otdan bir biya (qimiz uchun) miqdorida tashkil etgan
b) Chorvadorlardan olinadigan asosiy soliq bo‗lib har 10 bosh
qoramoldan 3 bosh qoramol miqdorida tashkil etgan
c) Dehqonlardan olinadigan asosiy soliq bo‗lib har bir otardan bitta
ot va har o‗ttiz besh otdan bir biyani (qimiz uchun) tashkil etgan
d) Dehqonlardan olinadigan asosiy soliq bo‗lib, hosilning 10 foizi
miqdorida undirilgan
104
5-BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATCHILIGIDA
SOLIQ MUNOSABATLARI
§ 5.1. Amir Temurning markazlashgan davlatga asos solishi
va soliq islohotlari
Markaziy Osiyoni barlos qabilasidan
chiqqan Amir Temur
(1336-1405-yillarda yashagan) mo‗g‗ullar hukmronligidan butkul ozod
etadi. Yarim asr davomida u Kashmirdan O‗rta
dengizga, Orol
dengizidan Fors qo‗ltig‗iga qadar cho‗zilgan ulkan saltanatni barpo
etadi.
Bunday ulkan yurish va istilolar uchun
Amir Temurga juda katta
moliya resurslari kerak edi. G‗alabalardan qo‗lga kiritilgan boyliklar va
soliqlar harbiy yurishlarning asosiy manbai bo‗lgan. Muarrix
Sharafiddin Ali Yazdiy ta‘biri
bilan aytganda, Temur davlati
mamlakatning u boshidan bu boshigacha bir bolakayni oltin va javoxirot
to‗la patnis bilan jo‗natganida ham biron-bir kishi boylikni tortib olishga
qasd etmas darajasida yuksalgan. Sohibqiron
Amir Temur Xitoydan
G‗arbiy Yevropaga qadar savdo yo‗lini yanada kengaytiradi. Bundan
ko‗rinadiki, Amir Temur iqtisodiy siyosatining bosh omili globallashuv
bo‗lgan.
Temur saltanati kengayib ketgandan so‗ng
uning hududi
amirzodalarga taqsimlab beriladi. Xususan, amirzoda Mironshoh
46
ga
Dostları ilə paylaş: