Chinor fayzi baland


-rasm. Amir Temur xazinasining tuzilishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

5.1-rasm. Amir Temur xazinasining tuzilishi 
 
Temur soliqlar fondini birinchi o‗ringa qo‗ygan, chunki mamlakatni 
boshqarishda soliqlarning ahamiyati va tutgan o‗rnini chuqur mulohaza 
qilgan. Shu sababdan ham soliq munosabatlarining demokratik 
tamoyillarini rivojlantirishga harakat qilgan. 
Amaldagi suyurg‗ol va tarxon tizimiga ko‗ra har bir tuman, 
viloyatda soliqlar uchun javobgar vazirlar faoliyat ko‗rsatgan.
49
Maydon oʼlchovi, turli joylarda turlicha: bir gektarning oltidan biridan to yarim gektarigacha boʼlgan. 
Amir Temur davlat 
xazinasini ikki qismga 
ajratgan 
soliq va yig‗imlar fondi 
soliqsiz daromadlar qismi 


107 
Ular amirning moliya devoniga bo‗ysunib, maxsus soliq 
yig‗uvchilarning to‗plagan yig‗imlarini davlat xazinasiga tushishini 
nazorat qilganlar. 
Hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki kezlarida Temur mamlakatdagi 
siyosiy parokandalikni bartaraf etish uchun o‗z egaligidagi mulklardan 
keladigan daromadlar hisobidan davlatning siyosiy mavqeini bir qadar 
mustahkamlab turgan. Soliqlardan tushgan mablag‗larni esa asosan 
infratuzilmani yaxshilashga sarflagan. 
Amir Temur davridan ilgari ma‘lum yo‗nalishlarda chinakam 
ehtiyoj to‗liq o‗rganilmasdan xarajatlar chamalab berilar edi. Oqibatda 
ortib qolgan mablag‗lar xazinaga qaytarilmasdan ko‗plab anglashilmov-
chiliklarga 
sabab 
bo‗lib kelgan. Temur xazina xarajatlarini 
me‘yorlashtirish borasida ham islohotlarni amalga oshiradi. 
Me‘yorlar, birinchi galda, sipohiylar, lashkarboshilar va 
vazirliklarning lavozimli xizmatchilariga beriladigan ulufalarda o‗z 
ifodasini topgan. Bunda, pullik normalar bilan birga moddiy normalar 
ham qo‗llanila boshlangan. 
Temur ―Tuzuklar‖ida aytilishicha, ―Amr 
kildimki, amirul umaroning maoshi o‗z qo‗l 
ostidagidan o‗n barobar ortiq bo‗lsin. Shunga 
o‗xshash, devonbegi va vazirlarning maoshlari 
amirlar maoshidan o‗n barobar ko‗p bo‗lsin. 
Yasovullar, 
chapovullar, 
qalaqchilarning 
maoshlari o‗z xizmatlariga yarasha mingdan to 
o‗n ming tangagacha bo‗lsin; ahli majlis bo‗lgan 
sayyidlar, olimlar, fozil kishilar: hakimlar, 
tabiblar, munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar, 
tarixdonlarga o‗z hollariga qarab, suyurg‗ol, vazifa va maosh 
belgilasinlar. Piyodalar, xizmatchilar, farroshlarga yuzdan ming 
tangagacha maosh bersinlar‖. 


108 
Amir Temur devonida maxsus vazirliklar faoliyat olib borgan, 
ulardan uchinchisi ―Mulkchilik va soliq ishlari devoni‖
 
(vazirlik) deb 
atalgan. To‗rtinchisi ham moliya hamda xarajatlar tizimi bilan 
shug‗ullangan vazirlik bo‗lib, ―Kirim-chiqimlar va xazinadan sarf 
qilinayotgan barcha xarajatlar hisobini olib boruvchi moliya vazirligi‖
 
deb atalgan. 
Soliq ishlari devoni turli sabablarga ko‗ra egasiz qolgan mol-
mulklarni nazoratga olish, savdogarlardan zakot va boj undirish, 
mamlakat 
chorvalari, 
o‗tloq-yaylovlarni 
boshqarish, 
ularning 
barchasidan 
tushadigan 
daromadlarni 
saqlash, 
mulkchilik 
va 
merosxo‗rlik tartiblarini yuritish kabi vazifalarni amalga oshirgan. 
―Tuzuklar‖da moliya vazirlariga tegishli diqqatga sazovor quyidagi 
jumlalar uchraydi: ―Moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib 
o‗zlashtirib olgan bo‗lsalar, agar o‗zlashtirib olgan mablag‗i o‗ziga 
tegishli ulufa (maosh) miqdoriga teng bo‗lsa, mazkur mablag‗ unga 
sovg‗a – in‘om o‗rnida berilsin. Agar o‗zlashtirib olgan mablag‗i 
maoshidan ikki baravar ortiq bo‗lsa, ortig‗i oladigan maoshidan ushlab 
qolinsin. Agar maoshidan uch baravar ko‗p mablag‗ olingan bo‗lsa, 
hammasi saltanat xazinasiga tortiq sifatida olinsin
50
‖. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin