Chinor fayzi baland


-rasm. Temuriylar davrida yer mulkchiligining shakllari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

5.2-rasm. Temuriylar davrida yer mulkchiligining shakllari 
50
Mamanazarov А. Soliq siyosati. Oʼquv qoʼllanma. – T.: Moliya. 2003. – 150 bet. 
Yer-mulkchilikning asosiy shakllari 
Mulki devoniy
(davlat yerlari) 
Mulk
(xususiy yerlar) 
Mulki vaqf 
(Madrasava 
masjidlar 
tasarrufidagi 
yerlar) 
Jamoa yerlari 


109 
Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki
 
hisoblangan. 
Bu yerlarga, avvalgidek, mamlakat hukmdorlari sulton yoki amirlar 
egalik qilgan. 
Dehqonchilik maydonlarining ikkinchi katta qismi xususiy 
yerlardan iborat bo‗lgan. Yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari 
ham, mehnatkash ziroatchilarning mayda paykallari ham xususiy 
mulklar qatoriga kirgan. Mulk yerlarining katta qismi ma‘muriy, harbiy 
va diniy arboblarning tasarrufida bo‗lgan. 
Bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga ularning biron 
xizmati uchun tarxonlik yorlig‗i berish keng tarqalgan. Tarxonlik 
yorlig‗ini olgan mulkdorlar barcha soliq, to‗lov va majburiyatlardan 
ozod qilingan. Tarxonlik yorlig‗i, odatda, amirlar, beklar, saroy 
amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. 
Tarxonlik yorliqlarini faqat lashkarboshilar va harbiy mansabdorlargina 
emas savdogarlar ham olishlari mumkin bo‗lgan. Bunday yorliqni olgan 
mulkdor ismiga ―tarxon‖ so‗zi qo‗shib aytilgan. 
Tarxonlarning aksariyati juda boy bo‗lgan. Masalan, bu davrda 
Hirot atrofidagi mulklar Darveshali Tarxon, Samarqand va Buxoro 
atrofidagi juda katta yerlar Abduali Tarxon qo‗lida to‗plangan edi. 
Bobur Abu Ali Tarxonning shohona hayotini tasvirlab, uning hashamatli 
saroyi, xizmatidagi uch ming kishidan iborat xizmatkoru navkarlari, 
o‗tkazgan dabdabali to‗y-tomoshalari, bergan qimmatbaho sovg‗a-
salomlari va xalqqa yetkazgan jabr-zulmlari to‗g‗risida yozgan
51

Temuriylar hukmronligining so‗nggi davrida Buxoro, Samarqand, 
Shahrisabz va boshqa viloyatlar dehqonlaridan hamda shahar aholisidan 
yig‗iladigan davlat daromadlarining anchagina qismi tarxonlar qo‗lida 
to‗planib, Movarounnaxrda ular g‗oyat katta kuchga aylangan edi. 
Mamlakatning siyosiy hayotida tarxonlarning nufuzi kuchli bo‗lib, ular 
juda katta siyosiy huquqdan foydalanar edilar. Hatto o‗zaro nizolar 
51
Oblomurodov N., Tolipov F.. Oʼzbekistonda soliqlar tarixi. Т.: ―Iqtisodiyot-Moliya‖, 2009. – 47 bet. 


110 
vaqtida tarxonning qo‗llab-quvvatlashi birorta viloyat hokimining 
taqdirini belgilashda ba‘zan hal qiluvchi ahamiyat kasb etar edi. 
XV asrda ham, avvalgi davrlardagidek, juda ko‗p yer-suv mulki 
masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va mozorlarga biriktirilgan mulki 
vaqfni tashkil etgan. Ma‘lumki, Amir Temur va temuriylar hukmronligi 
davrida Movarounnaxr va Xurosonda katta-katta dehqonchilik yerlari 
vaqf qilingan. 
Odatda, yer va suvdan tashqari, ko‗plab do‗kon, korxona, tegirmon, 
objuvoz, bozor, karvonsaroylar ham vaqf qilinib, ulardan tushgan 
daromad masjid, madrasa, shifoxona va xonaqohlarning ta‘miri va jixozi 
uchun, shuningdek, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga beriladigan 
nafaqalar hamda langarxona (musofirxona) va shifoxonalarning 
kundalik ehtiyoji (oziq-ovqat, yoqilg‗i va yoritkichlari) uchun sarf 
etilgan. 
XV asrda Movarounnaxr va Xurosonda yer egalari dehqonlar, ekin 
maydonlariga ishlov beruvchilar esa 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin