Chinor fayzi baland


§ 5.3. Temuriylar davlatchiligida soliqlar tizimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 5.3. Temuriylar davlatchiligida soliqlar tizimi 
Temuriylar davrida soliqlarni hisoblab chiqish qoidalari mavjud edi. 
Soliqlar yerning unumdorligiga monand ravishda belgilangan. Masalan, 
agar dehqon doimiy ariqlar, suv quvurlari yoki oqimlar bilan 
sug‗oriladigan yerlarga ega bo‗lsa va ana shu suvlar uzluksiz oqib 
tursagina mazkur yerlardan olinadigan daromadning 1/3 qismi soliq 
sifatida olingan. Faqat yomg‗ir suvi bilan sug‗oriladigan yerlar uchun 
esa soliq stavkasi ikki baravar past bo‗lgan. Bundan ko‗rinadiki 
stavkalar yer sifatiga, uning sug‗oriladigan yoki lalmikor ekanligiga 
qarab tabaqalashtirilgan. 
Aholi natura bilan to‗lanadigan haqni pulga almashtirishlari 
mumkin edi. Agar fuqaro pul bilan to‗lashni hoxlasa, yig‗imning bir 
qismi joriy narxlar bo‗yicha baholangan. 


115 
Biroq, rasmiy soliqlar bilan bir qatorda ayrim joylarda 
o‗zboshimchalik bilan belgilangan soliq va yig‗imlar ham mavjud 
bo‗lgan. 
Temur Tuzuklarida shunday deyiladi: ―Amr qildimki, hosil pishib 
yetilmasdan raiyatdan molu-jihot olinmasin. Hosil yetilgach, soliqni uch 
bo‗lib olsinlar. Agar raiyat soliq to‗plovchi yuborilmasdan, soliqni o‗zi
 
keltirib bersa, u holda u yerga soliq to‗plovchi yubormasinlar. Agar soliq 
yig‗uvchi yuborishga majbur bo‗linsa, ular soliqni buyruq berish va 
yaxshi so‗z bilan olsinlar; kaltak-arkon ishlatib ishni urish-so‗kishgacha 
olib bormasinlar. Ularni band etib zanjir bilan kishanlamasinlar‖. Bu 
qoida keyinchalik Adam Smit asarlarida soliqqa tortishning qulayligi 
tamoyili tarzida ifodalangan. 
Amir Temur davrida asosiy soliqlar sifatida yer solig‗i (molu-xiroj), 
jon solig‗i (juzya), miniladigan hayvonlar yetkazib berish (uloq), begar 
majburiyatlari va ba‘zi boshqa favqulodda soliqlar (avarizot) mavjud 
edi. Amir Temur o‗zining moliya va soliq qonunlarini ishlab chiqishda 
o‗z zamondoshlari tajribasidan ham foydalangan. 
Suyurg‗ol - in‘om etilgan sovg‗a, marhamat kilingan yer-suv, mol-
mulk shunday atalgan. O‗rta asrlardan boshlab, ayniqsa, Amir Temur va 
temuriylar hamda o‗zbek xonliklari davrida davlat va hukumat oldidagi 
alohida xizmatlari uchun boy-badavlat kishilar, amaldorlar, yuqori 
lavozim egalariga hukmdorlar tomonidan in‘om etilgan yer, mol-mulk 
suyurg‗ol deyilgan. Bunday toifa kishilar olayotgan daromadlari uchun 
barcha soliq va majburiyatlardan ozod etilgan bo‗lib, mol-mulkdan o‗z 
ixtiyorlaricha foydalanib kelganlar. Hatto ular egalik qilgan boyliklar 
ajdodlardan avlodlarga meros tarzida o‗tib kelgan. 
O‗rta Osiyoda suyurg‗ol
 
tizimi Amir Temur hukmronligi davrida 
ancha kuchaygan bo‗lib, hukmdor davlat oldidagi alohida xizmatlari 
uchun sarkardalar, viloyat hokimlari, beklar va boshqa hurmat-
e‘tibordagi alohida toifa kishilarga dehqonchilik yerlari, yaylovlar, ariq 
va kanallarni suyurg‗ol
 
tarzida in‘om etgan. 


116 
Ushbu tizimning yana bir o‗ziga xos tomoni shundan iborat 
bo‗lganki, ularni boshqargan yer egalari o‗zlariga tortiq qilingan 
joylardagi aholidan olinadigan davlat soliqlarini to‗laligicha yo ma‘lum 
bir ulushini o‗zlariga olishlari mumkin bo‗lgan. 
Suyurg‗ol yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega 
shaxslarning tabaqasiga qarab in‘om etish jihatidan turlicha bo‗lgan. 
Odatda, shahar yoki viloyatlardan tortib to alohida qishloqqacha 
suyurg‗ol shaklida in‘om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyat 
ko‗pincha hukmron sulola namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat 
mansabdorlariga berilgan. Suyurg‗ol egasiga suyurg‗ol yeri (hududi) 
doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to‗lovlarni to‗plash 
hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. 
Aholining ko‗chmanchi qismidan olinadigan asosiy soliqlardan biri 
kopchur (kobchur) yasog‗i (mugulcha kubchur), ya‘ni har bosh chorvaga 
solinadigan soliq edi. Xon yorliqlariga qaraganda, bu soliq Munka 
davridan (1251 - 1260) mavjud bo‗lib, chorvaning yuzdan birini tashkil 
etar edi
53
. Keyinchalik bu soliq pul jarimasi bilan almashtirilgan va 
ko‗chmanchilardan ham, o‗troq aholidan ham xar 100 bosh molga 70 
tanga olingan. 
Oshliq -
 
oziq-ovqat solig‗i bo‗lgan. Bu soliq, adabiyotlarda qayd 
etilishicha, faqat urush paytida olingan. Oshliq - xalq uchun eng og‗ir 
soliq bo‗lib, favqulodda hollarda joriy qilingan. Oshliqning miqdori 
hukmdorlar va zodagonlarning zaruratlari va harbiy talab-extiyojlariga 
bog‗liq bo‗lgan. 
Barot
 
(arabcha) - temuriylar hukmronligi davrida diniy ulamo va 
shayxlarga davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun ma‘lum 
shart bilan biror mulk yoki mansabni egallash orqali xalqdan soliq 
to‗plash, g‗alla, yem-xashak yig‗ish uchun berilgan maxsus yorliq yoki 
hujjat. Bunday hujjat olgan kishi barotdor deb atalgan. 
53
Аxmedov V. O‗zbek ulusi. – T.: Sharq, .1992. – 74-75 b. 


117 
Bu xususiyatlar esa o‗rta asr hukmdorlarining o‗zboshimchalik 
bilan davlat xazinasini o‗zlashtirish va o‗z manfaati yo‗lida turli ishlarni 
amalga oshirayottan bir davrda soliqlarga nisbatan butunlay yangicha 
qarash edi. 
Temur avval hukm surgan soliqlarni qoldirishga harakat qildi. 
Shuning uchun ham biror hududni o‗z davlatiga qo‗shib olganda 
yangidan-yangi soliq turlarini joriy qilmaydi. ―Agar yerlik fuqaro 
azaldan berib kelgan xiroj miqdoriga rozi bo‗lsa, ularning roziligi bilan 
ish ko‗rsinlar, aks holda (xirojni) tuzuklarga muvofiq yig‗sinlar‖ 
deyiladi Tuzuklarda. Bu, o‗z navbatida, bir tomondan, o‗sha hududni 
boshqarishga yengillik yaratsa, ikkinchi tomondan, bu borada oldindan 
mavjud bo‗lgan kamchiliklarni bartaraf etishga ko‗mak bergan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin