118
undirib, jabr ko‗rganga bersinlar, toki ular yana o‗z hollariga kelsinlar‖.
Bu esa an‘anaviy tarzda davom etib kelayotgan soliq sohasidagi
o‗zboshimchalikka chek qo‗yishga xizmat qilgan.
Shuni aytish kerakki, chorvachilikdan keladigan daromadlar
xazinaga to‗liq miqdorda o‗tmasdan, soliqning ko‗p qismi natura
shaklida undirilgan. Chunki, ular hisobidan sipohlar va saroy
xizmatchilari oziq-ovqat bilan ta‘minlanar edi. Ba‘zan olingan ot, tuya
va boshqa hayvonlar sipohiylar hamda amaldorlar uchun ulov vositasi
sifatida xizmat qilgan. Manbalarda 40 ta qo‗ydan - 1 ta qo‗y, 120 tadan
200 tagacha qo‗ydan - 2 ta, 300 qo‗ydan - 3 ta qo‗y olingani yoki bir
bosh otdan ikki dinor olinganligi haqida ma‘lumotlar bor.
Shu bilan birga, ayrim manbalarda foydali qazilmalardan
foydalanuvchilar uchun ham soliq yig‗ilganligi haqida ma‘lumotlar
keltirilgan. Jumladan, Xuttalondagi (hozirgi Tojikistonning Xatlon
viloyati) tog‗larda oltin, kumush, qalayi, temir, mis va boshqa metallar
o‗rni ko‗rsatiladi. ―O‗sha viloyatda o‗lpon to‗laydigan aholi uchun eng
muhim soliq oltin hisoblangan, chunki bir necha qishloqlarda soliq oltin
bilan to‗lanadi‖deb yozadi Maxmud ibn Vali
54
.
Manbalarda sohibqiron tomonidan bir qancha soliq imtiyozlari joriy
qilinganligi bayon etilgan. Bu imtiyozlar quyidagilarni o‗z ichiga olgan:
Dostları ilə paylaş: