Chinor fayzi baland


§ 5.4. Temuriylar davrida din peshvolariga ko„zda tutilgan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 5.4. Temuriylar davrida din peshvolariga ko„zda tutilgan 
imtiyozlar 
O‗rta asrlar va uning oxirlaridan boshlab, Amir Temur va temuriylar
davrida ham jamiyatda ayrim toifa kishilar umumdavlat va mahalliy 
soliqlardan butunlay va qisman ozod etilganlar. Bunday kishilar toifasi 
oliy musulmon jamoasi a‘zolari va Muhammad Payg‗ambar 
xonadonining avlodlaridan bo‗lgan sayidlar va xo‗jalar edi. Tarixiy 
adabiyotlarda ana shunday kishilar qatorida Xoja Axmad Yassaviy, Xoja 
Ahror Valiy, Buxoroda Muxammad Islom xo‗ja Sa‘d (Juybor xo‗jalari) 
va ularning avlodlari keltirib o‗tiladi
56
.
Ma‘lumki, Xoja Axror o‗z davrining badavlat, obro‗li, diniy ulamo 
hamda avliyosi sifatida tanilgan bo‗lib, butun Movarounnaxr olamida 
davlatning ijtimoiy-siyosiy xayotida katta nufuzga ega ekanligi bilan 
shuhrat qozongan edi. Ulamoning pir va avliyolik jihati bilan birga, qo‗li 
ostida katta miqdordagi yer-suv, mol-mulkning to‗planganligi edi.
Tarixiy adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlarda qayd etilishicha, uning 
yirik-yirik shaharlarda karvonsaroylari, sardobalari, bozorlari, savdo 
rastalari, do‗konlari, hammomlari, tegirmonlari, moyjuvozlari bo‗lgan
57
56
Чехович О.Д. Самаркандские документы в XVI-XVI вв. (о владениях Ходжи Ахрара в 
СреднейАзии и Афганистане) факсимиле, критический текст, перевод, примечание и указатели.- 
Москва. 1974. Кутбаев. З.А. К истории вакуфных владений Ходжи Ахрара и его потомков. 
Авгореф. дисс. 
57
Mallaboev B. Chorizmping Turkistonda vak;f mulkchilik siyosati (Xuja Аxror Valiy avlodlari vak;f 
mulklari misolida). tarix. fan. nomz. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. Аvtorsferati. -T, 2004. -B. 
13-21. Болпшбоев С Д. Вакфное имущество в Туркестанском крае во второй половине XIX и в 
начале XX веков. Авторе. Дисс... канд. исг. Наук. - Т., 1995 10-17, 


121 
Xo‗ja Axror Valiy va uning avlodlariga tegishli mulklar O‗rta Osiyo 
hamda shimoliy Afg‗oniston hududlarida 64 ta qishlok, 1300 ga yakin 
turli o‗lchamdagi yer maydonlari bo‗lgan. Ul piri murshid va avlodalari 
garchand soliq va boshqa to‗lovlardan ozod etilgan bo‗lsada, o‗z ixtiyori 
bilan davlat xazinasiga va hukmdorlarga sovg‗a va ehson tariqasida 
doimo mol-mulkidan bir qismini har yili o‗tkazib turgan. Uning g‗alla, 
don va boshqa qishloq xo‗jalik ekinlari bilan bog‗liq xar yili davlatga 
to‗laydigan solig‗ining o‗zi 80 ming botmonni tashkil etgan. U 
daromadning ma‘lum qismini xayrli ishlarga sarflagan, oddiy xalq
beva-bechoralar, miskinu-faqirlarga xayr-ehson tariqasida tarqatgan.
O‗z davrida turli ichki nizolar va o‗zaro urushlarni oldini olgan, 
to‗lanmagan olik-soliqlarni o‗z hisobidan to‗lab, odilona siyosat bilan 
sulhparvarlik qilgan. Masalan 1463 yili temuriyzoda Umarshayx Mirzo 
Toshkent ahlidan katta miqdorda xiroj talab qilganda, Xoja Axror uni 
o‗z hisobidan to‗lagan, xunarmandlar va bozor ahlidan olinadigan 
tamg‗a solig‗iga qarshi chiqqan. Hazrat eshon barcha soliqlardan ozod 
qilinganiga qaramay, ayrim yillari hamma qatori xiroj, ushr va boshqa 
soliqlarni to‗lab turgan. Xoja Axror har yili Sulton Axmad mirzo (1458-
1494 yillari Movarounnaxr hukmdori) ning devoniga 80 ming man 
(botmon) g‗allani xiroj o‗rnida yuborib turgan, yiliga unga xirojning bir 
qismi sifatida 10 ming kumush tanga berib turgan
58
.
O‗rta asrlardan boshlab, xususan, temuriylar, shayboniylar, 
ashtarxoniylar davrida ham jamiyatda ayrim toifa kishilar umumdavlat 
va mahalliy soliqlardan batamom yoki qisman ozod etilganlar. Bunday 
kishilar toifasi oliy musulmon jamoasi a‘zolari va Muxammad 
Payg‗ambar xonadonining avlodlaridan bo‗lgan sayidlar va xo‗jalar edi. 
Tarixiy adabiyotlarda ana shunday kishilar qatorida Xo‗ja Axmad 
Yassaviy, Xo‗ja Axror Valiy, Buxoroda Muxammad Islom xo‗ja (Juybor 
xo‗jalari) va ularning avlodlari keltirib o‗tiladi. 
58
Кутбаев З.А. К истории вакуфных владений Ходжи Ахрара и его потомков. Автореф. дисс..канд. 
ист. Наук - Т., 1970. - С. 16. 


122 
Movarounnaxrning yuksak e‘tibordagi tarixiy shaxslari orasida 
buxorolik Jo‗ybor xo‗jalaridan xo‗ja Muxammad Islom, xo‗ja Sa‘d 
hamda ular avlodlarining o‗ziga xos nufuzi va o‗rni bo‗lganligini tarixiy 
manbalar ko‗rsatadi. Buni, keyinchalik shayboniyzoda hukmdor 
Abdullaxon II tomonidan Muxammad Islom avlodlarini soliq, mol-xiroj 
masalasida hech kim bezovta qilmasligi to‗g‗risida farmon bergani ham 
isbotlaydi. 
Yana bir mashxur din ulamosi Xo‗ja Tojiddinning Buxoro viloyati 
va tumanlarida joylashgan 20 ming tanob atrofidagi yer-mulklaridan 
soliq olinmaganligi haqida ham ma‘lumotlar mavjud. Bunday yerlar 
oliq-soliqlardan ozod etilganligi to‗g‗risida maxsus hujjatlarga ega 
bo‗lib, ular podsho, bek, amir yoxud xonlar tomonidan tasdiqlanishi 
shart bo‗lgan. 
Jo‗ybor xo‗jalari o‗zlarining Buxoro, Miyonqol, Samarqand
Toshkent, Savron, Turkiston, Axsikat, Nasaf, Hisor, Termiz, 
Qubodiyon, Balx, Badaxshon, Hirot, Marv, Murg‗ob, Mashhad va 
boshqa joylardagi mavjud yirik yer-suvlari, behisob mol-mulklarini soliq 
to‗lamasdan ko‗plab amaldorlar yordamida boshqarganlar. 
Xo‗jalar o‗z shaxsiy devonlari va daftarxonalarini, ya‘ni barcha 
mulkni (jumlat ul-mulk) nazorat qilib turuvchi moliyaviy idoralarni ham 
tashkil qilganlar. Daftarxonada daftardor (hisobchi) va kotib kabi 
amaldorlar ishlaganlar. Shuningdek, ular xizmatida qushbegi, miroxur, 
mirishikor, mushrif, qozi bakovul, kerak yaroqchi kabi bir qator 
mansablar ham mavjud bo‗lgan. 
Xo‗jalarga tobe bo‗lgan ko‗chmanchi qabilalar ustidan maxsus 
amaldor –dorug‗a rahbarlik qilgan. Bundan ko‗rinadiki, Jo‗ybor 
xo‗jalari ma‘lum davlat idora uslubiga o‗xshash boshqaruv idorasini 
tuzganlarki, bu o‗z o‗rnida ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy 
hayotidagi kuch-qudrati va mavqeidan dalolat beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin