Chinor fayzi baland


-rasm. Amir Temur davrida soliq imtiyozlarining asosiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

5.5-rasm. Amir Temur davrida soliq imtiyozlarining asosiy 
ko„rinishlari
55
 
Amir Temur moliya va soliq tizimini boshqarishda quyidagi 
tamoyillarga asoslanib ish tutgan, degan xulosaga kelish mumkin. 
54
Ахмедова Б.А. Махмуд ибн Вали. Море тайн относительно доблестей благородних. Введение, 
примечания, указатели Т.: Красная гвардия. 1977. – С. 38 - 92.
55
Oblomurodov N., Tolipov F. Oʼzbekistonda soliqlar tarixi. T.: ―Iqtisodiyot-Moliya‖ 2009. – 42-67 bet. 
Quruq (bo‗z) 
yerlarni 
o‗zlashtirgan 
shaxslar 
Tarxon 
unvoniga ega 
kishilar 
Аmir Temurning harbiy 
yurishlarida yaqindan 
ko‗maklashgan 
ko‗chmanchi aholi 


119 
Birinchi tamoyil – adolatparvarlik tamoyili. Soliqqa tortishning 
ommaviy xarakteri, soliqni fuqarolarning daromadlariga qarab 
taqsimlash. 
Ikkinchi tamoyil – aniqlik tamoyili. Bunga asosan soliq to‗lovchiga 
soliq hisoblash usuli va to‗lash vaqti oldindan ma‘lum bo‗lishi kerak. 
Uchinchi tamoyil
 
– soliq to‗lash va undirish aholiga qiyin bo‗lmas-
dan, qulay bo‗lishi kerak. Soliq fuqarolar uchun qulay vaqtda va usulda 
undirilishi kerak. 
 
 
5.6-rasm. Amir Temur davrida soliqqa tortish jarayonini tashkil 
etishda qo„llanilgan tamoyillar 
To‗rtinchi tamoyil
 - 
soliqlarni tobora takomillashtirib, soliq to‗plash 
xarajatlarini esa kamaytirib borish tamoyili. 
Bu tamoyillarni Amir Temur ―Tuzuklar‖da o‗ziga xos mulohaza 
bilan bayon qilgan. Masalan, uning fikricha, soliq hosil pishib 
yetilgandan keyin olinishi kerak. Bundan tashqari, Temurning 
tashabbusi bilan favqulodda va mahalliy ahamiyatga ega bo‗lgan 
soliqlarning bir qanchasi bekor qilinadi. Bular qatoriga sovariy (oliy 
mansabdagi kishilarga sovg‗a uchun olinadigan), qo‗nalg‗a (elchilar va 
choparlar uchun mehmon puli), shilon (saroy xizmatchilari uchun 
sovg‗a) va boshqalar kirgan. 
Amir Temur davlati moliyasini tahlil etganda markaziy va mahalliy 
xazinalarga tushadigan barcha to‗lovlar bilan birga, ayrim soliqsiz 
daromadlar ham e‘tiborda tutilishi kerak. Quyida shulardan ayrimlarini 
keltiramiz: 

chorvachilikdan keladigan daromadlar; 

bosib olingan mamlakatlar xazinalarini musodara qilishdan 
keladigan daromadlar; 
Аdolatparvarlik 
tamoyili 
Kam 
xarajatlilik 
tamoyili 
Аniqlik 
tamoyili 
Qulaylilik 
tamoyili 


120 

oltin va kumushdan pul zarb qilishdan keladigan daromadlar; 

nodir metallarni qazib olish va ularni sotishdan keladigan 
daromadlar; 

bedarak yo‗qolgan shaxslardan qolgan, vorissiz mol-mulklar; 

qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalar; 

tashqi savdoni rivojlantirishdan tushgan daromadlar; 

sovg‗alar va xazinaga taqdim qilingan boshqa daromadlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin