Chinor fayzi baland


§  1.2. Fanning predmeti va mazmuni. Fanni o„rganishdagi umumiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§
 1.2. Fanning predmeti va mazmuni. Fanni o„rganishdagi umumiy 
va alohida usullar 
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fani soliqlarning nazariy jihatlarini, 
xususiyatlarini 
o‗rganishdagi asosiy fan hisoblanadi. Fanning 
predmetiga to‗xtalishdan oldin soliq kategoriyasiga qisqacha to‗xtalib 
o‗tadigan bo‗lsak, soliq kategoriyasi – bu muhim iqtisodiy jarayon 
bo‗lib, uning paydo bo‗lishi va amal qilishi kishilik jamiyatining 
mavjudligi bilan chambarchas bog‗liqdir. Soliqlar har bir davlat 


10 
faoliyatini 
moddiy 
jihatlarini 
ta‘minlaydi. Iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. 
Amaliyotda va umuman iqtisodiy fanda soliqlarning mohiyatiga 
nisbatan turlicha qarashlar mavjud. Shu sababli, ushbu kategoriya har bir 
davlat tomonidan o‗ziga xos tarzda foydalaniladi. 
Davlat asta-sekin rivojlanib borishi bilan, uning funksiyalari ham 
muvofiq ravishda kengayib boradi. Bu esa, soliqlarga nisbatan 
qo‗yiladigan talabning kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, soliq tizimi 
tobora murakkab va ko‗p qirrali bo‗lib boradi. Kishilik jamiyati 
rivojlanishi tarixi shuni ko‗rsatadiki, davlat ma‘muriy boshqaruv bilan 
shug‗ullangan hollarda, uning ehtiyojlari ma‘lum darajada saqlanib 
qoladi, davlatning iqtisodiyotni boshqarish majburiyati paydo bo‗lsa, 
uning xarajatlari va aholidan olinadigan tushumlari ko‗payadi. Bunday 
holatda, soliqlarning shakllari rang-baranglashib boradi. 
Har qanday fan o‗zining predmetiga ega, ya‘ni izlanish obyektiga 
ega bo‗ladi. Masalan, texnologiya fanining predmeti bo‗lib kimyoviy 
moddalar tarkibini o‗rganish, mashinasozlik fani uchun mashinalar 
mexanizmi xarakteristikasi bo‗lsa, soliq nazariyasi va tarixi fanining 
predmeti soliq munosabatlarini (harakatini) o‗rganishdir.
Ushbu keltirilgan ta‘rifdan ko‗rishimiz mumkinki, fan o‗z 
predmetini o‗rganishda turli usullarning o‗zaro aloqasining nazariy 
jihatlarini o‗rganar ekan soliq to‗lovchilar 
va uni o‗zlashtiruvchi, davlat byudjeti, 
majburiy 
to‗lovlar, 
moliyaviy 
munosabatlar kabi elementlarning o‗zaro 
iqtisodiy 
munosabatlarga 
kirishish 
jarayonlarining nazariy jihatlari, qirralari 
keng ko‗lamda o‗rganiladi. 
Fanning mohiyati shu o‗rtadagi 
moliyaviy munosabatni, ya‘ni soliq to‗lovchi bilan davlat o‗rtasidagi 
munosabatni chuqur o‗rganish, soliq munosabatlarida qatnashuvchi 
Soliq nazariyasi va tarixi 
fanining predmeti – bu soliq 
to‗lovchilarning majburiy 
to‗lovlari bo‗yicha davlat 
byudjeti bilan iqtisodiy 
munosabatlarga kirishish 
jarayonining o‗ziga xos 
xususiyatlari va 
qonuniyatlarining nazariy 
jihatlarini o‗rganishdan iborat 


11 
tomonlarning iqtisodiy manfaatini e‘tiborga olish, muvozanatni saqlash 
kabi munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni 
saqlashda, tomonlar adolatlilik tamoyiliga amal qilishi zarur.
Fanning predmetini chuqur o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, 
munosabatlarda bir tomonlama adolatlilik munosabati bo‗lguday bo‗lsa, 
ikkinchi tomon unga javoban o‗z daromadlari va boshqa soliq 
obyektlarini har xil yo‗llar bilan yashiradi. Bunday hollarda, har qanday 
huquqiy hujjatlarning ham kuchi yetmay qoladi. Daromadlarni, soliq 
obyektlarini yashirish holati ham munosabatlarni buzadi. Fanni chuqur 
o‗rganish orqali amaliyotda soliq tushumlari rejalarini muvaffaqiyatli 
bajarish vazifasiga ham erishish mumkin. 
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fanining predmeti soliq munosabatlarini 
o‗rganish bo‗lsa, soliqqa tortish fanida esa soliqlar mexanizmini har 
tomonlama o‗rganishdan iboratdir. 
Fanning predmeti soliq voqeliklari va pul munosabatlarini 
o‗rganishdan iborat bo‗ladi. Bu pul munosabatlari soliq to‗lovchilar 
(yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o‗z mulkiga aylantiruvchi 
(soliq oluvchi) davlat o‗rtasidagi munosabatlardir.
Fanning mohiyati shu o‗rtadagi munosabatni chuqur o‗rganish, 
ularni to‗g‗ri tashkil qilishni ta‘minlashdir. To‗g‗ri tashkil etish - 
deganda soliq munosabatida qatnashuvchi tomonlarning iqtisodiy 
manfaatini e‘tiborga olish, muvozanatni saqlash kabi munosabatlarni 
tashkil qilish tushuniladi. Bu muvozanatni saqlashda tomonlar adolatlilik 
va insoflik tamoyillariga amal qilishi zarur.
Fanning vazifasi – soliq mutaxassisi va boshqa soliq idoralari 
xodimlarini 
nazariy 
jihatdan 
qurollantirish 
hamda 
amaliyotda 
adashmaslik uchun yo‗l-yo‗riqlar ko‗rsatishdan iboratdir. Shuningdek, 
chet el soliq amaliyotini o‗rganish va taqqoslash asosida tegishli 
xulosalar ishlab chiqish, ularning ish tajribalarini o‗zimizning 
amaliyotga moslab zarur joylarini tatbiq etishdan iboratdir. 


12 
Demak, 
fanning 
asosiy 
vazifasi 
yuqori 
malakali 
soliq 
mutaxassislarini tayyorlashda ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan 
uslubiy qo‗llanmalar bilan ta‘minlashdir. 
Har bir fanning predmetini shakllanishi bilan birgalikda, uning 
ilmiy bilish usullarining qaror topishi bilan ham bog‗liq. Har qanday 
fanni o‗rganishdagi usullar umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‗z 
predmetidan kelib chiqib, o‗zining ilmiy bilish usullariga ega. Shuning 
uchun fanni o‗rganishdagi usullar umumiy va alohida usullarga 
bo‗linadi. 
Tabiat, 
jamiyat 
va 
tafakkurning 
rivojlanish 
qonunlarini 
o‗rganishning birdan-bir to‗g‗ri ilmiy usuli dialektik usuldir. Shuning 
uchun, ham ushbu ilmiy bilish usuli barcha fanlarning, shu jumladan, 
―Soliq tarixi va nazariyasi‖ fanining ham nazariy va metodologik asosini 
tashkil etadi. Dialektik usul shuni ko‗rsatadiki, rivojlanish quyidan 
yuqoriga qarab sodir bo‗ladi. Bilish esa oddiydan murakkabga tomon 
rivoj topib boradi. Shuning uchun, ushbu usul tadqiqotning induksiya va 
deduksiya usullarini o‗z ichiga qamrab oladi. 
Xususiy, yakka fakt olinib, uning asosida umumiy qoida hosil 
qilinadigan bo‗lsa – bu induksiyadir. Avval, boshdanoq barcha xususiy 
hollarni o‗z ichiga olgan umumiy qoida hosil qilinsa bu – deduksiyadir. 
Shu bilan, birga barcha iqtisodiy fanlar kabi ―Soliq nazariyasi va tarixi‖ 
fanining ham o‗ziga xos ilmiy bilish usullari mavjud. Ulardan biri ilmiy 
abstraksiya usulidir. Ilmiy abstraksiya usulining mohiyati shundan 
iboratki, bunda tahlil paytida obyektning faqat bir tomoniga, 
o‗rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e‘tibor qaratiladi va xalaqit 
berishi mumkin bo‗lgan ikkinchi darajali unsurlarning ta‘siri e‘tiborga 
olinmaydi. 
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fani, shuningdek, o‗z predmetini 
o‗rganishda nazariy tahlil va sintez usulidan ham foydalanadi. Tahlil – 
bu o‗rganilayotgan butun obyektni qismlarga ajratish va ularni izchillik 
bilan tahlil qilish bo‗lsa, sintez esa o‗rganilgan qismlardan olingan 


13 
xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab, umumiy xulosa 
chiqarishdir. Soliqlarga doir murakkab nazariy masalalar mana shu yo‗l 
bilan o‗rganiladi. 
Fanning 
o‗z 
predmetini 
o‗rganishda 
makroiqtisodiy 
va 
mikroiqtisodiy holda tahlilni qo‗shib olib borish muhim o‗rin tutadi. 
Soliqlarning nazariy masalalarini mikroiqtisodiy jihatdan o‗rganishda 
iqtisodiyotning boshlang‗ich bo‗g‗ini bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi 
subyektlar nuqtayi nazaridan, ular bilan davlat byudjeti o‗rtasidagi 
munosabatlar tadqiq etilsa, makroiqtisodiy jihatdan tahlil etishda esa, 
davlat miqyosida, ya‘ni soliqlarning nazariy masalalari makroiqtisodiy 
darajada o‗rganiladi. 
Shuningdek, fan o‗z predmetini o‗rganishda taqqoslash, statistik, 
grafik usullaridan ham foydalanadi. Jumladan soliqlarni davrlar bo‗yicha 
taqqoslash, ulardan tushumlarni jadvallar orqali ifodalash, o‗zgarishlarni 
aniqlash, ularga nazariy jihatdan baho berish, soliqlarning boshqa 
iqtisodiy kategoriyalarga ta‘sirini grafik usulida tasvirlash va shu 
kabilardir. Masalan, soliqlar o‗zgarishini yalpi talab va yalpi taklifga 
ta‘sirini mana shu usul bilan ifodalash mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin