9
uchun ham, soliq uchun ham yagona asos pul munosabatlarining
mavjudligidir. Lekin soliq nazariyasi o‗ziga xos bo‗lgan pul
munosabatlarini, ya‘ni soliq to‗lovchilar bilan davlat o‗rtasidagi
majburiy pul munosabatlarini o‗rganadi.
―Soliq nazariyasi va tarixi‖ fani soliqlar va soliqqa tortish
yo‗nalishidagi boshqa barcha fanlar bilan chambarchas bog‗liqdir.
Mazkur fan o‗z predmeti bilan, birinchi navbatda, soliq tizimi va soliqqa
tortish asoslari bilan hamnafas bo‗lishi lozim. Unda asosan soliqlarning
kelib chiqishi, tabiati, iqtisodiy mohiyati, belgilari, funksiyalar hamda
soliqqa tortish tamoyillari kabi bilimlar qamrab olinganligi ―Soliq
siyosati‖, ―Soliqqa tortish asoslari‖, ―Iqtisodiyotni soliqlar vositasida
tartibga solish‖, ―Individual daromadni soliqqa tortish‖, ―Bilvosita
soliqqa tortish asoslari‖, ―Biznesni soliqqa tortish‖, ―Soliq huquqi‖,
―Soliq ma‘murchiligi‖ va boshqa shu kabi soliqqa oid fanlar bilan
chambarchas bog‗liqligini, ushbu fanlarning nazariy poydevori
ekanligini anglatadi.
Bundan tashqari, ushbu fan doirasida o‗rganiladigan kishilik
jamiyatida soliq munosabatlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi,
soliqlarning iqtisodiy mohiyati va soliqqa tortishning obyektiv zarurligi
hamda iqtisodiy munosabatlarda soliqlarning beqiyos o‗rni va roli davlat
soliq siyosatining ilmiy-nazariy asosini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: