Chinor fayzi baland



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

 
 


50 
 
3-BOB. ARABLAR VA MARKAZIY OSIYONING BOSHQA 
O„RTA ASR DAVLATLARI HUKMRONLIGI DAVRIDA AMAL 
QILGAN SOLIQLAR 
§
 3.1. Arablarning turon hududlarini egallashi bilan Markaziy 
Osiyo mamlakatlarida soliq munosabatlarining o„zgarishi 
Arablar 
Markaziy 
Osiyoga 
bostirib kelgach, 651-yildan boshlab 
soliqqa tortish tizimi birmuncha 
murakkablashdi 
va 
soliqlarning 
turlari ko‗payib bordi. Masalan, 
xayr-ehson ehtiyojlari uchun soliq - 
zakot ijtimoiy keskinlikni yumshatish 
uchun mo‗ljallangan, kambag‗allar, 
yetimlar va yo‗lovchilarga xayr-
ehson berishda foydalanilgan
19
.
Arablar Movarounnahrni istilo qilganidan keyin yer-mulklari 
xalifaga qarashli bo‗lib qolgani tufayli yirik zodagon qatlamlarning 
xususiy mulki ham xalifa mulkiga, yirik yer egalari bo‗lmish 
―dehqon‖lar esa o‗z yerlarida ijaradorga aylandilar, daromadning 
ma‘lum qismini xalifaga jo‗natadigan bo‗ldilar. 
Dehqonlarning arablar bilan yaqinlashuvi yer-mulklari va boshqa 
boyliklarini saqlab qolishga imkon yaratgan. So‗g‗diylarning asosiy 
qismi juzya va xiroj to‗lashgan. 
Xiroj yer solig‗i bo‗lib, ―muqassama‖ deb atalgan va ko‗pincha 
yalpi mahsulotning 3/1 qismini tashkil etgan. Xiroj to‗lovchi aholi 
qatlami ―harros‖ deb atalganlar. Movarounnahr va unga qo‗shni 
hududlarda jamoachilar soliqlar, uzluksiz urushlar, talon-tarojlardan 
19
Аbu Аbdulloh Muhammad ibn Ismoil Аl-Buxoriy. Xadis. 1-kitob. Qomuslar bosh tahririyati. Toshkent, 
1997. 382-416-betlar. 


51 
qiynalib qolib, yirik yer egalaridan panoh izlashga majbur bo‗lgan. Bu 
jarayonda jamoachilar yerda ishlash huquqini saqlab qolgan holda yirik 
zamindorlarga soliq to‗lash asosida o‗zaro kelishib olishgan. 
Zamindorlarning jamoachilar bilan bunday munosabati ―al-ja‘‖, ―at-
talji‘a‖, ―al-malaja‖ atamalari bilan ifodalangan. 
Soliq yig‗uvchilar ―omil‖
 
deb yuritilgan. Soliqlar pul yoki mahsulot 
– ―natura‖ shaklida to‗langan. 
Shu bilan birga, o‗sha davrda soliqlar quyidagi shakllarda yig‗ilgan:
-
vazifa (o‗lpon);
-
juzya (jon solig‗i);
-
xiroj (yer solig‗i).
Sanab o‗tilgan soliqlardan xirojning undirilish tartibi 3 xil shaklda 
amalga oshirilgan:
misahha 
– qat‘iy belgilangan 
stavkada;
muqotta – qat‘iy belgilangan 
summada;
muqassama – hosilning muayyan 
ulushida 
(masalan, 
hosilning 
1/3 
miqdori) amalga oshirilgan.
Soliq miqdori shartnoma bo‗yicha belgilangan, juzya fuqarolarning 
o‗ziga to‗qlik darajasiga qarab undirilgan. 
Yuqoridagilardan tashqari chorva-dorlardan chorva tuyog‗iga qarab 
naturada, hunarmand va savdogarlardan agar soliqqa tortilmaydigan eng 
kam miqdordan oshib ketgan muayyan yillik daromad mavjud 
bo‗lganida ham alohida soliqlar undirilgan. Shu bilan bir qatorda foydali 
qazilmalardan olingan daromad soliqlari hamda majburiy ishlab berish – 
kanallar qazish va ularni tozalash, yangi yo‗llar qurish va eskilarini 
tuzatish, ko‗priklar qurish, shahar va qal‘a devorlarini barpo etish va 
mustahkamlash kabi vazifalarni bajarish ham soliqlar qatorida turgan.
Xiroj 
asosan 
Navroʼz 
bayrami 
arafasida 
yigʼib 
olingan. Juzyani musulmon 
bo‗lmagan 
fuqarolar 
(ozod 
erkaklar) to‗laganlar.
Xotin-qizlar, 
keksalar, 
voizlar, kambag‗allar va qullar 
bu soliqni to‗lashdan ozod 
qilingan 


52 
Arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim VIII asr boshlarida Samarqand 
hukmdori Gurak bilan tuzilgan shartnoma bo‗yicha yiliga 2,2 
mln.dirham miqdorida va ibodatxonalardan qimmatbaho narsalar 
ko‗rinishida xiroj olib turgan. Markaziy Osiyoda soliqqa tortishning 
arabcha tizimini joriy etib, ya‘ni soddalashtirilgan tizimga o‗tib, yagona 
soliq yig‗ishni yo‗lga qo‗ygan.
Soliqqa tortish tizimiga ko‗ra yerlar ikki guruhga: ushr va xiroj 
yerlariga bo‗lingan. Birinchi toifaga arablarga qarashli yerlar kirar edi. 
Qolgan yerlarning hammasi ikkinchi toifa hisoblangan. Bunda ushr 
alohida ahamiyat kasb etgan.
Ushr yerlardan olingan hosilning 1/10 qismi, xiroj yerlardan 
hosilning 1/3 qismidan 1/2 qismigacha soliq muqassama olinar edi. 
Bundan tashqari ekin maydoniga qarab qat‘iy tarzda, shuningdek, 
uzumzorlar va bog‗lardan belgilangan miqdorlarda soliq olingan. 
Chorvadorlardan soliq asosan mol boshi soniga qarab olingan. 
Hunarmandlar va savdo ahli yillik daromaddan oshgan taqdirda soliq 
to‗laganlar. ―Zakot‖ so‗zi keyinchalik hunarmandchilik, savdo va 
chorvachilik solig‗iga nisbatan qo‗llaniladigan bo‗lgan. Bundan tashqari, 
turli foydali qazilmalardan ko‗rilgan daromad va bevosita vorisi 
bo‗lmasa, merosdan ham soliq undirish taomilga aylanadi. Soliqning 
yana bir ko‗rinishi ―juzya‖ jon solig‗i hisoblangan. U musulmon 
bo‗lmagan erkaklardan undirilgan.
Dehqonlar o‗z qurol-aslahalari bilan kanallar qazish va tozalash, 
yo‗l qurish va eski yo‗llarni ta‘mirlash, ko‗priklar, shahar qal‘a devorlari 
barpo etish va shu kabilarni bajarishga majbur qilinganlar
20

704-yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlanadi. 
Unga Movarounnahrni bo‗ysundirish va idora etish topshiriladi. U uzoq 
tayyorgarlikdan so‗ng Buxoro ustiga yurish qiladi. Farg‗onaliklar, 
so‗g‗dlar, mahalliy turklar buxoroliklarga yordamga keladilar. Qattiq 
janglardan so‗ng Qutayba harbiy hiyla ishlatib g‗alabaga erishadi. 
20
O‗ʼzbekiston xalqlari tarixi // Аkademik А. Аskarov tahriri ostida. O‗zbekiston. T: 1992. – 81. bet. 


53 
Hokimiyatni Buxorxudotlar qo‗lida qoldirgan arablar Buxoro bilan sulh 
tuzishib, 
Samarqandga 
qaytadilar. 
Sulh 
shartnomasiga 
binoan 
buxoroliklar har yili arablarga boj-xiroj to‗lab turish majburiyatini 
oladilar. Shu bilan birga, arablar uchun o‗tin, ot-ulov uchun yem-xashak 
va suv tashib berish majburiyati ham mavjud edi.
21
ZAKOTI-CHAKANA – arablar hukmronligi davrida joriy qilingan, 
o‗rta asrlar va undan keyingi davrlarda 40 boshdan kam qo‗yi bo‗lgan 
fuqarolar zakot to‗lamagan, ammo zakoti-chakana, ya‘ni mayda zakot 
to‗lashi shart bo‗lgan.
XIROJ – arablar hukmronligi davrida joriy qilingan va undan 
keyingi davrlarda aholining barcha tabaqalari uchun majburiy bo‗lgan, 
davlat tomonidan undiriladigan eng keng tarqalgan soliq turi. Mazkur 
soliq asosan Sharq mamlakatlari, xususan, musulmon mamlakatlarida 
keng tarqalgan bo‗lib, arablar bosqini davrida istilo etilgan 
mamlakatlarda, islomni qabul qilmagan barcha toifadagi musulmon 
bo‗lmagan aholidan undirilgan. Keyinchalik u aholining etnik, ijtimoiy 
mansubligidan qat‘iy nazar barcha uchun majburiy to‗lov turiga 
aylangan. Soliq miqdori aholining boy-kambag‗alligiga qarab, yer, mol-
mulk miqdori hamda oila a‘zolarining nufuziga qarab belgilangan. 
Undirilgan soliq maxsus tayinlangan soliq xodimlari tomonidan quyi 
boshqaruv vakillari, ya‘ni yer-suv jamoasi raislari, qishloq oqsoqollari, 
diniy mahkamalarning hamda vaqf mulklari boshliqlari guvohligida 
amir, xon, bek xazinasiga tushirilgan. 
Arablarning O‗rta Osiyoga yurishlarida soliq va moliya tizimi 
dastlab talonchilik asosida amalga oshirilgan. Talonchilik siyosati 
ayniqsa arab bosqinchiligining ikkinchi davrida yanada kuchayadi. 
Xususan, Qutayba 707-715-yillarda Movarounnahrni uzil-kesil qo‗lga 
kiritib, boylik orttirishning zo‗ravonlik yo‗liga o‗tadi. Masalan, uning 
tavsiyasiga binoan Samarqand hukmdori 2.200.000 dirham to‗lash 
majburiyatini olib, barcha oltin va kumush, zeb-ziynat buyumlarini 
21
Tursunov X Beknazarov А. O‗zbekiston SSR tarixi. Darslik. – T.: O‗zbekiston, 1982. – 41 bet. 


54 
tortib olishni ko‗zda tutadi. Movarounnahrni o‗z mustamlakasiga 
aylantirishda 
talonchilik 
usuli 
bilan 
birga 
soliq 
solishni 
takomillashtirishga ham ahamiyat beradi
22

710-yildan 737-yilgacha So‗g‗dda podshohlik qilgan G‗urak 
(Gurak) arablarga qarshi kurashlar olib borgan. Xususan, Karmana bilan 
Kattaqo‗rg‗on oralig‗idagi Arbinjon degan joyda jang bo‗lib o‗tadi. 
Ammo kuchlar teng bo‗lmaganligi sababli G‗urak chekinadi. Shosh va 
Farg‗onadan yordamga yuborilgan bo‗linmalar ham yo‗lda Qutayba 
tomonidan tor-mor etilgach, Samarqand qamali boshlanib, u 6 oy davom 
etadi. 
712-yilda Qutayba o‗zaro ichki urushlardan foydalanib, Xorazmni 
o‗ziga bo‗ysundiradi, o‗sha yilning o‗zida arablar O‗rta Osiyoning yirik 
savdo, iqtisodiy-siyosiy markazlaridan biri Samarqandni ham bosib 
oladilar. Samarqand podshosi G‗urak bilan tuzilgan shartnoma 
shartlariga binoan, Samarqand va So‗g‗diyona xalqi arablarga har yili 2 
million 200 ming dirham miqdorda o‗lpon to‗lash va arab qo‗shiniga 
100 ming kishi to‗plab berishga majbur etiladi
23
.
Mahalliy aholiga nisbatan arablarning jabr-zulmi yanada kuchaya 
boshlagach, Movarounnahrning aksariyat shaharlarida ommaviy xalq 
qo‗zg‗olonlari birin-ketin sodir bo‗la boshlaydi. Bu esa arab 
hukmdorlarning mahalliy xalqlarga nisbatan qahr-g‗azabini yanada 
kuchaytiradi. Jumladan, 723-yilda Xo‗jandda bo‗lib o‗tgan yirik xalq 
qo‗zg‗oloni kuch bilan bostirilgach, arablar jamoachilarni xiroj va juzya 
to‗lashga majburlab, ularning bo‗yinlariga maxsus qo‗rg‗oshindan 
qilingan muhrlar osib yurishni talab qilganlar. Bunday muhrlarda 
―rustoq‖ yoki ma‘lum joyning nomi bilan bir qatorda, to‗lanadigan soliq 
miqdori ham qayd etilgan. Shu bilan bir qatorda mahalliy xalqlar arablar 
bosib olgan yerlardan har yili xalifalik xazinasiga katta miqdorda o‗lpon 
to‗lab turishlari bilan birgalikda, ma‘lum miqdorda qo‗shin uchun odam 
22
Oblomurodov N., Tolipov F. O‗zbekistonda soliqlar tarixi. T.: ―IQTISOD-MOLIYA‖, 2009. – 27-b. 
23
Чехович О.Д. Бухарские документы XIV в. – Т., ―Наука‖. 1965. - С. 171. 


55 
ham to‗plab berganliklari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar uchraydi.
24
Arablar 
asosan diniy targ‗ibotni o‗zlarining asosiy maqsadlari deb bilgan holda, 
―g‗ayridinlarga qarshi kurash‖ niqobi ostida faol ish olib borishlari bilan 
birgalikda, talonchilikdan iborat istilochilikni ham asosiy maqsad 
qilganlar. Soliqlarning muttasil ortishi va jabr-zulmlar o‗lkada qudratli 
xalq chiqishlarining avj olishiga turtki bo‗lgan. Ana shunday yirik xalq 
harakatlaridan biri, shubhasiz, Buxorodan Shaxrisabzgacha bo‗lgan 
hududlarda keng yoyilgan Muqanna qo‗zg‗oloni edi.
25
Quyida biz 
arablar davrida mintaqada mavjud bo‗lgan ayrim mulk egaligi va soliq 
turlarini keltirib o‗tamiz.
VAQF – arablarning O‗rta Osiyoni bosib olishi jarayonida davlat 
hukmdorlari tomonidan joriy qilingan, shuningdek, ayrim kishilar 
tomonidan diniy muassasalar, masjidlar, madrasalar ixtiyoriga 
daromaddan foydalanib turish, ammo sotmaslik sharti bilan o‗tkazilgan 
yoki vasiyat qilib qoldirilgan mulk, ya‘ni yer-suv, mol-mulk, bino va 
boshqalar. Vaqfdan kelgan daromadlar o‗sha diniy muassasalar 
faoliyatini yaxshilash va ularda xizmat qiladigan din peshvolariga 
berilgan.
VAQFNOMA – vaqf hujjatlari. Vaqf mulklarining vaqtincha yoki 
doimiy ravishda bir shaxsdan ikkinchi bir shaxsga o‗tganligini 
tasdiqlovchi, ixtiyoriy berilganligi yoki vasiyat qilib qoldirilganligi 
to‗g‗risidagi hujjat. Yanada kengroq ma‘noda, mulk egalarining o‗z yer-
suvi, xo‗jalik binolari va daromad keltiradigan boshqa mulklarini diniy 
muassasalar – masjid, madrasalar hamda diniy toifadagi kishilar – 
eshonlar, muftiylar, sufiylik jamoalari izmiga ixtiyoriy tarzda 
o‗tkazganligi to‗g‗risidagi hujjat. Vaqfnomada mulkning vaqfga 
o‗tkazilish sababi, mulk egasining nomi, vaqf qilingan mulkning 
mutavallisi (boshqaruvchisi), vaqf mulkidan foydalanish tartibi, 
guvohlar aniq ko‗rsatilgan. Vaqfnoma qozi tasdig‗idan keyin qonuniy 
kuchga kirgan. 
24
Tursunov X, Beknazarov А. O‗zbekiston SSR tarixi. Darslik. – T.: Qizil gvardiya. 1982. – 41 bet. 
25
Аskarov А. O‗zbekiston xalqlari tarixi. T.: O‗quv qo‗llanma. – O‗zbekiston. 1992. – 83 bet. 


56 
Xalifalik davrida soliq tizimining qaror topishi va rivojlanishi yirik 
mutafakkir, qonunshunos Abu Yusuf Yokub ibn Ibrohim al Ansoriy
(731-798) asarlarida yetarli darajada keng yoritib berilgan. Bizgacha 
uning ―Kitob al-xiroj‖ asari yetib kelgan. Dastlabki kezlarda, yuqorida 
aytib o‗tilganidek, davlat xazinasini to‗ldiruvchi asosiy va har 
tomonlama qulay manba zakot bo‗lgan. Keyinchalik zakot o‗rnini 
sadaqa egallab, bu yig‗im nochor kishilarga beriladigan yordamdan 
iborat bo‗lgan
26

Arab hukmdori Ashras ibn Abdulloh as-Sulamiy (727-729 yillarda 
noib) qisqa davr ichida ikkita bir-biriga qarama-qarshi yo‗l tutgan. U 
yangi musulmonlardan juzya va xiroj olinmaydi deb e‘lon qilib, 
―arablarning kuchi – islomda‖, uni qabul qilgan kishilar istilochilarga 
qarshilik ko‗rsatishni to‗xtatadi deb hisoblagan. Ashrasning siyosatiga 
So‗g‗d zodagonlari qarshilik ko‗rsatishdi, zero, ular xirojdan ozod qilish 
mavjud tuzum negizlarini qo‗poradi deb bilishgan. Hatto, Gurak xat 
bilan Ashrasga murojaat qilib, uning qarori xirojni butunlay tugatishga 
olib keldi, endi soliq undiradigan hech kim qolmadi, deb ogohlantirgan. 
Xirojdan ozod etish xazina tushumlarini keskin qisqartirib yuborgandan 
so‗ng Ashras Gurakning haq ekanligiga ishonch hosil qilib, ―Arab 
hokimiyatining kuchi – xirojda‖ degan shiorni ko‗tarib chiqqan. U o‗z 
vaqtida al-Jarroh taklif qilgan siyosatga qaytib, juzyadan xatna kildirgan 
yangi musulmonlargina ozod etiladi degan g‗oyani olg‗a surgan.
So‗g‗d va Buxoro aholisi bu adolatsizlikka nisbatan qarshilik 
bildirib, qo‗zg‗olon ko‗tarishgan. Samarqand atrofida yetti ming 
kishidan iborat so‗g‗diylar to‗planishib, itoat etmasliklarini namoyish 
qilishgan. Nihoyat, olib borilgan noma‘qul soliq siyosati tufayli 
arablarga qarshi qudratli harakat avj olib, Movarounnahr besh yildan 
keyin arablar tasarrufidan xalos qilingan, ammo u faqat IX asr oxiriga 
kelibgina mustaqil bo‗lishga erishgan. Arab xalifaligi hukmronligi 
tugashi bilan dehqonlar ahvoli o‗zgarib, natura majburiyatlari bir qadar 
26
Oblomurodov N., Tolipov F. O‗zbekistonda soliqlar tarixi. T.: ―Iqtisod-Moliya‖ 2009. – 27 b. 


57 
yengillashgan. Tohiriylardan Abulabbos Abdulloh (830-844 yillarda 
hukmdor) amaldorlardan dehqonlar manfaatini himoya qilishini so‗rab, 
o‗z talabini ―Olloh bizni ularning qo‗li bilan boqadi, ularning og‗izlari 
bilan tabriklaydi va ularni xafa qilishni man etadi‖, deb asoslagan. 
Shunday qilib, ikki asrdan ko‗proq hukmronlik qilgan arablar 
saltanati tugab, Somoniylar (869-1005 yillar) hukmronligi maydonga 
chiqqan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin