Chinor fayzi baland


§ 3.3. Somoniylar davlatida soliq munosabatlari tizimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 3.3. Somoniylar davlatida soliq munosabatlari tizimi. 
Qoraxoniylar hukmronligi davrida soliq siyosati 
O‗rta asrlarga kelib, O‗rta Osiyoda yer egaligi shakllari birmuncha 
o‗zgargan, shu asosda ulardan olinadigan soliqlar ham o‗zgarib turgan. 
Katta miqdordagi yerlarni boshqarish yirik yer egalari qo‗lida bo‗lib, 


63 
ular mahalliy aholidan yig‗ilgan soliqlarni davlat xazinasiga tushirib 
turganlar. Xususan, Ismoil Somoniy islomni tarqatish va targ‗ib 
qilishning eng yaxshi vositasi bo‗lgan savdo-sotiqqa homiylik qilish 
orqali o‗lpon va bojlarni eng kam darajaga tushirganligi haqidagi 
ma‘lumotlar mavjud. 
Somoniylar davrida (874-999 yillar) Xalifalik soliqlari o‗zgarishsiz 
saqlangan bo‗lib, ulardan mushrifona va begar singari yangi turlari joriy 
etilgan. Xalifalik davridan farqli ravishda soliqlarning talonchilik 
mazmuni o‗zgarib, uning mintaqada markazlashgan davlat tizimiga 
aylantirilishi ro‗y beradi. 
Hukmdorlar soliqlarning muttasil tushib turishini ta‘minlash va 
Bag‗dod hukmdorlarining tobora ortib borayotgan talablarini 
qondirishga intilib, qishloq xo‗jaligini rivojlantirish hamda suvdan 
foydalanish qoidalarini tuzgan holda yer-suv munosabatlarini tartibga 
solish yuzasidan anchagina kuch-g‗ayrat sarfladilar. ―Ariqlar to‗g‗risida 
kitob‖ deb atalgan qoidalar majmui tayyorlandiki, u ikki asr mobaynida 
suvdan foydalanish ustidagi bahslarni yechishda asosiy qo‗llanma 
vazifasini o‗tagan. Somoniylar davrida yer egaligiga asoslangan ishlab 
chiqarish asoslari tobora kuchaya boshlagach, ulardagi mulkiy bo‗linish 
ham turli shakllarda bo‗lib, olinayotgan soliq turlari ham ko‗paya 
boshlaganligini ko‗rish mumkin. Jumladan, quyidagi yer egaligi turlari 
bo‗lgan: 
1. Mulki sultoniy – sultonga (amirga) tegishli yerlar. Ulardan 
olinadigan soliqlar davlat xazinasiga tushgan. Bu juda katta yer-mulklar, 
shu jumladan, ko‗p sonli dehqonlarning yer-suvi va boshqa daromad 
keltiradigan mol-mulklari hissasiga to‗g‗ri kelgan. 
2. Mulk yerlari – ular xususiy mulk yerlari bo‗lib, ular yirik yer 
egalari, zamindorlarga qarashli bo‗lgan. Ular hissasiga to‗g‗ri keladigan 
soliqlar sulton xazinasiga tushgan. 
3. Vaqf yerlari – ular masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalar 
tasarrufidagi yerlar bo‗lib, ulardan olinadigan daromadlar diniy 


64 
muassasalar ehtiyoji uchun sarf qilinishi bilan birga, yirik islom 
arkonlari, ziyoli va ulamolar ulardan xayriya maqsadlarida ham 
foydalanganlar. Bunday holat, ayniqsa so‗nggi o‗rta asrlarga kelib xo‗ja 
va eshonlar, avliyolarning jamiyatda nufuzining ortishi barobarida 
yanada keng quloch yozgan. Ayrim hollarda vaqf mulklaridan olingan 
daromadlar musulmon ruhoniylar manfaatlari uchun ham xizmat qilgan.
Somoniylar davrida soliq solish maqsadlarida yerlar asosan ikki 
turga bo‗lingan: 
1. Mulki xiroj
 
- jami soliq olinadigan yerlar. Aholining aksariyat 
tabaqalari daromad turidan va shaklidan qat‘i nazar, davlatga yer solig‗i 
to‗lashlari shart bo‗lgan. Jumladan, ―mulki sultoniy‖ ham shu toifaga 
kirgan. Aholi bunday yerlardan hosil miqdoridan kelib chiqib, 
daromadning uchdan birini davlatga soliq tarzda topshirganlar. 
2. Soliq to‗lashdan qisman yoki butunlay ozod etilgan yerlar. 
Bunday yerlar oliy musulmon ruhoniylari, jumladan, avliyo va 
pirlar, yuqori tabaqa eshonlar, xo‗jalar va ularning avlodlari hamda 
Payg‗ambar avlodlaridan bo‗lgan sayidlar mulki hisoblangan. 
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida soliqlar asosida 
shakllantiriladigan turli to‗lovlar bilan birgalikda somoniylar davrida 
ko‗plab davlat majburiyatlari ham muxim ahamiyat kasb etgan. 
Jumladan, yirik suv inshootlari, ariqlar, zovur va kanallar, dambalar 
qurilishida ko‗plab qishloqlarning oddiy aholisi majburiy mehnatga jalb 
etilgan. Bunda ular majburiyatni bajarishni o‗z hisoblaridan o‗taganlar. 
Ayrim hollarda soliq olishda aholining ijtimoiy mavqei hamda turmush 
tarzi ham inobatga olingan. Bu ayniqsa, ilk o‗rta asrlarda yaqqol 
namoyon bo‗lganligini ko‗rishimiz mumkin. 
Tarixchi Muhammad Narshaxiyning yozishicha, somoniylar va ular 
qo‗l ostidagi amirlar davrida Buxoroning xiroji Karmananiki bilan 
qo‗shilib bir gal 1168560 (bir million bir yuz oltmish sakkiz ming besh 
yuz oltmish olti) dirhamu besh yarim donakni tashkil etgan. Undan 
keyin xiroj har jihatdan kamaygan, ba‘zi yerlar suv tagida qolib ketib, 


65 
podshox, bu mavzedan xiroj olishni to‗xtatgan. Ba‘zi yerlar, masalan, 
Baykand va boshqa qishloqlar sultonning mulkiga o‗tib, xiroj daftaridan 
o‗chirilgan va Karmananing xiroji Buxoro xirojidan ajratib olingan. 
Ismoil 
Somoniy 
hukmronligi 
davrida 
davlat 
o‗zining 
rivojlanishining anchagina yuqori cho‗qqisiga erishgan. Xususan, 900 
yilda xalifa Amir ibn Lays tor-mor qilinganligi uchun unga Xurosondagi 
noiblik hadya qilinadi. Ungacha bu yerlarda tohiriylar va safforiylar 
hukmronlik kilganlar. Endi esa Xorazm janubiy chegaralaridan 
Hindistonning shimoliy chegaralarigacha, sharqda Sirdaryo havzalaridan 
g‗arbda Isfaxongacha cho‗zilgan ulkan hududda somoniylar hukmronlik 
qilar edilar. Ismoil Somoniy davrida mamlakatda markazlashgan kuchli 
hokimiyat tarkib topgan, unga ko‗ra viloyat hokimlarini hukmdorning 
o‗zi tayinlar edi. Ismoil Somoniy ayrim muhim lavozimlarni meros qilib 
qoladigan tarzida shakllantirar ekan, aholidan soliq yig‗uvchi mushriflar 
uchun ham anchagina imtiyozlar yaratgan. 
Ayni vaqtda yer va jon soliqlarining miqdori mahalliy aholi 
gardaniga og‗ir yuk bo‗lib tushgan. Jumladan, Nuh ibn Mansur 
hukmronligi yillarida dehqonlardan yiliga ikki marta soliq yig‗ib 
olingan. Ayrim hollarda soliqlar birmuncha barvaqt, yil boshida undirib 
olingan. Bu esa aholining mahalliy hukmdorlarga nisbatan g‗azabini 
ko‗zg‗atgan. 
XI asrdan boshlab, O‗rta Osiyoda shartli yerga egalik ―iqta‖ keng 
yoyiladi. Yer muayyan muddatga sovg‗a qilinib, ―iqtador‖ foydasiga 
ma‘lum bir daromadning to‗liq yoki bir qismi tegadigan bo‗ldi. ―Iqta‖ 
egalari maxsus farmon bilan belgilangan tartibdagina dehqonlardan soliq 
undira olardi.
Soliqlar mikdori ―iqta‖ yer sovg‗a qilinganidan avval qancha bo‗lsa, 
shuncha bo‗lishi shart edi. Nafaqat yerni, tegirmon, hammom, bozordagi 
do‗kon va boshqa narsalardan tushadigan soliq yoki daromadni ham 
―iqta‖ tarzida berish mumkin bo‗lgan. 


66 
Agarda mazkur tizimning ma‘no va mazmuni, shakllanishi va 
rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, ―iqta‖ atamasi O‗rta Osiyoda XVIII 
asrning 20-yillariga qadar qo‗llanilgan. XIV asrda bu atama ―suyurg‗ol‖ 
tizimi bilan almashtirilgan. 
―Iqta‖ tarixiy tizimi ―tanho‖ so‗zining sinonimi sifatida shartli, 
ya‘ni ma‘lum shartlar asosida in‘om etilgan mulk ma‘nosini bildirgan. 
Shu bilan birga, ba‘zan ―suyurg‗ol‖ va ―iqta‖ atamalari bir-biridan 
tafovut ham qilgan. XVI asrda har ikki atama bir xil tushunchani 
anglatgan, ya‘ni shartli ravishda sulola a‘zolari, harbiy boshliqlar va 
ko‗zga ko‗ringan davlat arboblariga toju-taxt oldida ko‗rsatgan maxsus 
xizmatlari evaziga berilgan in‘om (viloyatlar, tumanlar) ma‘nosini 
bildirgan. Iqta muvaqqat in‘om hisoblangan va markaziy hukumat, ya‘ni 
xon uchun qilingan alohida xizmatlar evaziga aholining va hukumatning 
ma‘lum toifadagi kishilariga berilgan. Ammo iqtador faqat daromadning 
xon tarafidan belgilangan qismigagina ega bo‗lgan, oliy mulkdorlik haq-
huquqi xon ixtiyorida saqlanib qolavergan. 
Xususan, temuriylar hukmronligi va undan so‗ng faqat hukmron 
sulola vakillari, yirik harbiy arboblar iqta egalari hisoblanganlar. Iqta 
sohibi, garchand asosiy soliqlardan ozod bo‗lsada, xirojning bir qismini, 
ya‘ni yer-mulkdan tushadigan daromadning ma‘lum qismini davlat 
xazinasiga topshirishi zarur bo‗lgan. Hatto bunday toifadagi kishilar 
qo‗shni mamlakatlarga uyushtirilgan harbiy yurishlar vaqtida, darhol o‗z 
qo‗shinlari bilan xonga yordamga borishlari yoki uning ixtiyoriga 
ma‘lum miqdorda qo‗shin yuborishlari shart bo‗lgan. Shu ham diqqatga 
sazovorki, o‗rta osiyolik hukmdorlar chet ellardan kelib, dehqonchilik 
bilan shug‗ullanuvchi katta yer egalari va sultonlarga ham ularning 
xizmatlarini inobatga olib iqta in‘om etganlar. Demak, o‗rta asrlarda iqta 
tizimi soliqlar to‗lashdan birmuncha himoyalangan, ammo davlatning 
ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy maqsadlarida va xalq manfaatlari yo‗lida o‗z 
mol-mulkining yoki daromadining bir qismini sarflovchi tizimning 


67 
o‗ziga xos ko‗rinishi bo‗lib, uning davlat xazinasini shakllantirishdagi 
o‗rni katta bo‗lgan. 
XVI-XVIII asr boshlariga kelib esa iqta tizimi ma‘lum hududni, 
ya‘ni ma‘muriy sud va soliq daxlsizligi bilan vaqtinchalik va shartli 
ravishda beriladigan in‘omlarni anglatgan. Iqta egalari hukmron 
xonadon a‘zolari, yirik amaldorlar va harbiy tuzilma aslzodalaridan 
iborat bo‗lgan. Iqta miqdori in‘om etilayotgan shaxsning jamiyatda 
tutgan ijtimoiy-siyosiy mavqei bilan bog‗liq bo‗lgan. Iqta xirojning 
ma‘lum qismini markaziy davlatning xazinasiga topshirib turish va 
xarbiy xizmat ko‗rsatish sharti bilan ham berilgan. 
Somoniylar davrida davlat daromadlari va xarajatlarini boshqarib 
turuvchi oliy moliya amaldori, ya‘ni mustavfiy devoni markaziy idora 
tizimida katta o‗rin egallagan edi.
Avvalo hali shartli va doimiy mulk qilib berilmagan sulton yerlari, 
ya‘ni davlat maydonlari mavjud bo‗lgan. Bu yerlar xazinaga soliq 
tushumlari va iqta taqsimoti fondining asosiy manbai xizmatini o‗tagan. 
Soliqlar davlatning maxsus shaxslar tomonidan yig‗ilib, ular davlat 
xazinasiga tushgan. Butun siyosiy tizim avvalo g‗oyat ulkan yer fondi 
hisobiga yashagan, daromadlar tushadigan asosiy manba yerdan 
olinadigan daromadlar hisoblangan. Xususiy va davlat yerlari xazinaga 
soliq tushadigan iqta taqsimot fondining asosiy manbai bo‗lgan. Bu esa 
yer egaligi munosabatlari hukmronlik qilgan davrning o‗ziga xos tartibi 
edi.
Somoniylar davlatida harbiy xarajatlarning o‗sib borishi shoh 
saroyida turk gvardiyasi ta‘sirini kuchaytiradi. Davlatda mansab 
talashish, fitna va xazina talonchiligi avj olishi natijasida chuqur inqiroz 
holati vujudga keladi. 996-999 yillar mobaynida turkiy chigil va yag‗mo 
qavmlaridan iborat Qoraxoniylar sulolasi Movarounnahrda Somoniylar 
hukmronligini tugatib hokimiyatni egallaydilar. 


68 
Qoraxoniylar davrida markazlashgan despotik boshqaruv o‗rniga 
udel (viloyatlarga bo‗lib) boshqaruvi va dehqon zamindorligi o‗rniga 
xonlik iqto yer egaligi vujudga keladi.
Iqto mulkchiligida yer muayyan muddatga, ko‗rsatgan xizmatlari 
uchun sovg‗a qilinib, ―Iqtodorlar‖ foydasiga ma‘lum daromadning to‗liq 
yoki qisman ulushi muqtaga (iqtodorga) qoldirilgan. Iqtodorlar maxsus 
farmon bilan belgilangan tartibdagina dehqonlardan soliq undira 
olganlar. Soliq miqdori yer in‘om etilgandan oldin qancha bo‗lsa, 
o‗shancha olingan. Nafaqat yer, balki tegirmon, hammom, savdo 
do‗koni va boshqa mulklardan tushadigan daromadlar ham iqto sifatida 
berilishi mumkin edi. 
Qoraxoniylar 
davlatida 
soliqlar 
Somoniylar 
davridagidek 
vazifalarni bajargan bo‗lsada, bu davrda ularning mayda va o‗rta ishlab 
chiqarishni rivojlantirishga yo‗naltirilganligini ham qayd etish mumkin 
bo‗ladi. 
Qoraxoniylar, saljuqiylar, g‗aznaviylar hukmronligi yillarida 
o‗lkada soliq tizimi va uning shakllari haqida ma‘lumotlar birmuncha 
kam. Ammo mazkur davlatlar hukmronligi yillarida ham davlatlarning 
soliq tizimi hukmron tabaqa vakillari tomonidan ishlab chiqilgan 
amaldagi qonun-qoidalar doirasida joriy etilgan bo‗lib, ular ko‗proq 
mavjud tuzum manfaatlarini va katta yer egalari, hukmdorlar 
qiziqishlarini ifoda etgan. Jumladan, Qoraxoniylar davrida soliq tizimi 
uchun, shubhasiz, ulkan yer va mulk zaxirasining mavjudligi, u 
davlatning asosiy daromadlar tushadigan manbai hisoblangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin