Chinor fayzi baland


-BOB. O„ZBEK XONLIKLARI DAVRIDAGI SOLIQ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

 
6-BOB. O„ZBEK XONLIKLARI DAVRIDAGI SOLIQ 
MUNOSABATLARI 
§ 6.1. Markaziy Osiyoda Shayboniylar hukmronligi davrida soliqlar 
tizimining o„zgarishi 
Balxash ko‗li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr 
daryosining quyi oqimlarigacha bo‗lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab 
Dashti qipchoq deb atala boshlandi. Qipchoqlar va boshqa turkiy 
qabilalar hukmronligi ostida bo‗lgan bu hududni 1236 yilda Botuxon 
o‗zining turk-mo‗g‗ul qo‗shinlari bilan egalladi. Tarixda Oltin O‗rda deb 
atalgan bu davlat XIV asr boshlarida ikki qismga bo‗linib ketadi. Uning 
sharqiy qismi bo‗lgan Oq O‗rda tarixiy manbalarda ―O‗zbeklar 
mamlakati‖ deb ham yuritilgan. XV asrning o‗rtalariga kelib, 
Jo‗jixonning beshinchi o‗g‗li Shayboniy urug‗idan bo‗lgan Abulxayrxon 
(1412-1468) ko‗chmanchi o‗zbeklar davlatiga asos soladi. Bu davrda 
temuriylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahrda o‗zaro urushlar 
nihoyatda kuchayib ketgan edi. Bundan foydalangan Abulxayrxon 
Sirdaryoning o‗rta oqimidagi bir qancha shaharlarni hamda Xorazmning 
bir qismini bosib olib, temuriylar davlatining yon qo‗shnisi bo‗lib 
qoladi. Abulxayrxonning vafotidan keyin inqirozga uchragan bu davlat 
XV asrning 80-yillarida Muhammad Shayboniyxon (1481-1510) 
tomonidan qayta tiklanadi. 
Muhammad Shayboniyxon 1488-yili temuriylar davlatini ishg‗ol 
qilishni boshlaydi. 1500 – 1508-yillarda Shayboniyxon tinimsiz urushlar 
olib borib, Xorazm, Movarounnahr va Xurosonni qo‗lga kiritadi. 1508 
yilda Jom ostonalarida temuriylarning oxirgi qo‗shini tor-mor qilingach, 
ularning Markaziy Osiyodagi ildizi batamom tugatildi. Kaspiydan 
Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Markaziy Afg‗onistongacha bo‗lgan 
ulkan mamlakat Shayboniylar mulkiga aylanib qoldi. 


128 
Shu tariqa Markaziy Osiyoda yangi feodal sulola – shayboniylar 
sulolasi qaror topdi va ular deyarli yuz yil hukmronlik qildi. 
Shayboniylarning hokimiyat tepasiga kelish jarayonida Temuriy 
zodagonlar, ular bilan bog‗langan oliy ruhoniylar va yer sohiblari yo‗q 
qilindi. Bu kabi imtiyozdor mulkdorlarning yer-mulklari va boshqa 
boyliklari ko‗chmanchi o‗zbek feodal zodagonlari qo‗liga o‗tdi. Biroq, 
Shayboniylar davlatining ijtimoiy tuzumi asosan Temuriylar davlati 
xususiyatlarini saqlab qoldi. 
Temuriylar 
davridagi 
soliq, 
to‗lov va majburiyat turlari 
shayboniylar davrida ham saqlanib qolishi bilan birga, ularning turlari 
yanada ortgan. Masalan, bog‗lardan, uzumzorlardan, polizlardan, 
bedazorlardan olinadigan qo‗shimcha soliqlar joriy qilingan
59

Shayboniylar davrida ham xuddi temuriylar davridagi kabi yer-suv, 
mol-mulklarning katta qismi viloyatlar, tumanlar ixtiyoriga o‗tkazilib, 
davlat oldida alohida xizmat ko‗rsatgan shaxslarga suyurg‗ol sifatida 
berilgan. Yer egaligining eng keng tarqalgan turi suyurg‗ol edi. Bunday 
yer egaligi orqali yerlarni shartli tarzda tutib turish mahalliy hukmdorlar 
uchun qo‗l kelgan. 
Shayboniylar hukmronligida iqta

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin