129
XVI-XVIII asr boshlarida Iqta hukmron
sulola namoyondalari
(xonlar) va yirik amirlarga ma‘lum o‗lka va viloyatlarning shartli
ravishda in‘om etilishini anglatgan.
Ularga in‘om etilgan yerlarni idora qilishda keng ma‘muriy va
iqtisodiy huquqlar ham berilgan. Masalan, Hofiz Tanish Buxoriy
o‗zining ―Abdullanoma‖ asarida shayboniy
hukmdori Abdullaxonning
Xuzor va Jigdalikda ov qilishiga oid voqealarini bayon etarkan (1586),
quyidagi muhim ma‘lumotni keltiradi: ―Hukmdorning ov qilishga
kelganini eshitgan noyon
60
Qambarbiy Shaxrisabzdan
hukmdor oldiga
kelib, uni iqta tarzida in‘om qilingan Shahrisabzga taklif etdi. Taklif
qabul qilinadi va janobi oliylari Shahrisabzga qarab yo‗l oladi. Bazmi
jamshiddan so‗ng Shaxrisabzdan keladigan
daromadning bir qismi
Qambarbiyga berilmasligi ayon bo‗ladi. Hukmdor Balxga ketishi
bilanoq, Qambarbiy Shaxrisabzni tark etdi va Samarqandga,
sulton
Ibodullo
61
oldiga oshiqdi va u yerda uning buyuk amirlari safiga
qo‗shiladi.
Hukmdorsiz
qolgan
Shaxrisabzga Shibirg‗on viloyatining
hokimi
iqtidorli amir Abdusamadbiy
tayinlanadi va unga Shaxrisabzdan
tushadigan daromaddan 150 ming
xoniy
miqdordagi
mablag‗i ham
beriladigan bo‗ldi‖.
1588 – 1589-yili Balx hukmdori
shayboniy Abdulmuminxon Mashxad,
Sabzavor,
Isfaxon va Nishopur ustiga
katta yurish qiladi. Bu shaharlarni o‗z tasarrufiga kiritgandan so‗ng
yurishda faollik ko‗rsatgan amirlarga turli-tuman inoyatlar qiladi.
60
Noyon — moʼgʼul hukmdori oʼrta asrlardan boshlab XX asrning birinchi choragigacha boʼlgan
davrgacha shunday nomlangan. Noyon-dastlab qadimdan shakllangan moʼgʼul urugʼi sifatida talqin
qilingan. Keyinchalik yuqori tabaqa vakillari sifatida eʼtirof etilgan.
61
Shayboniy sultonlardan, Аbduplaxon II ning inisi. Iskandarxon (1563 – 1583) va Аbdullaxon II 1583-
1598) hukmronligining dastlabki yillarida Samarkand hokimi boʼlgan. 1583-y. Аbdullaxon bilan oralari
buzilgan.
130
Jumladan, Shoxmuxammad bahodir Kulobdan
chaqirilib olinadi va
Maymana, Foryob, Xayrobod, Kaysar, Olmor viloyatlariga hukmdor
qilib tayinlanadi. Ulardan xazinaga yig‗iladigan yillik soliq sohibi devon
tomonidan 200 ming tanga miqdorida belgilanadi.
Ushbu ma‘lumotlar
shuni anglatadiki, iqta vaqtincha va shartli
ravishda berilgan in‘om bo‗lgan.
Dostları ilə paylaş: