Chinor fayzi baland



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6.1-chizma. Shayboniylar hukmronligi davrida yig„imlarning
asosiy turlari 
Bularning hammasi xon farmonlarida ―amaliyot‖ (aholidan 
olinadigan soliq va majburiyatlar) deb atalgan. Bu davrda soliqlarning 
tushishi ustidan moliya muassasasining boshlig‗i Mustavfiy nazorat qilib 
turgan. 
Soliq to‗lashdan bosh tortgan jamoa yoki qabila boshliqlari qattiq 
jazolanganlar. Hatto qatl jazosi ham qo‗llanilgan. 
Doimiy to„lanadigan belgilab qo„yilgan yig„imlar turlari 
Shibog„u
(sibog‗u) – 
xonlar va o‗g‗lonlar 
bir joydan ikkinchi 
joyga ko‗chib 
o‗tayotganlarida 
ovullarning aholisi 
ularga oziq-ovqat 
to‗plab bergan, u 
ko‗pincha pishirilgan 
go‗shtdan iborat 
bo‗lgan. 
So„g„im

ko‗chmanchilar qishda 
isteʼmol qilish uchun 
har yili kuzda o‗z 
chorvasining bir 
qismini so‗yib olganlar. 
Buni ―so‗g‗um-so‗yuv‖ 
deb atashgan. Аna shu 
vaqtda har bir xonadon 
(chodir, o‗tov) xonga 
va o‗z xo‗jayinlariga 
uning so‗g‗umi uchun 
bir yaxshi boqilgan 
chorva molini bergan 
Sovurin va Peshkash
– bu 
ham shibog‗uga o‗xshash 
bo‗lib, lekin u ko‗pincha 
qimmatbaho buyumlar, 
pul, ot va qoramollardan 
iborat bo‗lgan. Hatto 
kitoblar, qullar ham 
peshkash (tortiq) qilingan. 
u ko‗pincha mag‗lub 
xalqdan g‗olib chiqqan 
xonga tortiq shaklida 
qaralgan. 


133 
Abdullaxon II ning Xo‗ja Sa‘d
64
ga yozgan maktublaridan birida 
Markaziy Afg‗oniston, Mug‗on, Darayi, Suf atroflarida yashab 
kelayotgan Buxoro xonligiga tobe bo‗lgan tulkichi qabilasining davlat 
xazinasiga muqarari (aniq belgilangan to‗g‗ri soliq) va oshlig‗ solig‗ini 
bajarmaganligi, ilgari esa ular Balx xonligiga tobe bo‗lgan davrida 
12000 qo‗y to‗lab turganligi ko‗rsatilgan. ―Bu kishilar bizga ko‗p zarar 
yetkazdilar, ular muqarari solig‗ini to‗lashlari lozim edi, ammo uch 
yilgacha to‗lamay keldilar, uning miqdori 36000 qo‗yga yetdi‖ - deyiladi 
xatda. 
Abdullaxon u yerga qo‗shin yuborib tulkichi qabilasini bu ishi 
uchun ―bosqin va talon‖ qilmoqchi bo‗ladi. Shunda Xo‗ja Sa‘d va Balx 
hokimi Nazarbiy (1572-1582) oraga tushib, xonni tinchlantiradi. Ammo 
―qalbimizda u qabiladan qasos olmaslikka qaror qildik‖ deb yozgan 
bo‗lsada, xon baribir aybdor shaxslarni jazolaydi. 
―Ravzat ar Rizvon‖
65
asarida xo‗janing o‗zi qabilalar bilan xonning 
orasiga tushib, ularni ba‘zan soliq va yig‗imlardan ozod qilishga 
erishilganligi holatlari yoziladi. Shu maqsadda turli ulus beklari 
tomonidan Xo‗ja Sa‘dga xatlar kelib turgan. 
Shu davr hujjatlarida juda ko‗p xildagi oliq-soliqlar uchraydi, ammo 
boshqa davrlarda kam uchraydigan turlari ichida ―himoyat‖
 
solig‗i 
kishini diqqatini tortadi. Unga ko‗ra amirlar, beklar tomonidan 
chorvadorlarni o‗z himoyasiga olish, o‗ziga qarashli yaylovlarni ularga 
foydalanishga berish evaziga undirilgan soliq ―himoyat‖ deb atalgan. 
Hujjatlarda Jo‗ybor xo‗jalaridan Xo‗ja Tojiddinga shunday soliq to‗lab 
turilganligini tasdiqlaydigan ma‘lumotlar bor. 
Abdullaxon II ning soliq siyosatida, bir tomondan, diniy ulamo va 
shayxlarning suyurg‗ol mulkini darubast rejimiga o‗tkazib (hadya, in‘om 
tariqasida) soliqlardan ozod qilish bo‗lsa, ikkinchi tomondan
ayamasdan soliq solish bo‗lganligini tasdiqlaydigan manbalar ham 
mavjud.
64
Xoja Saʼd Xoja Kalon Xoja (1531-Buxoro-1589.23.10.) Joʼybor xojalaridan, Buxoro shayx ul islomi. 
Xoja Muhammad Islomnint oʼgʼli. Otasi vafotidan keyin Аbdullaxon II tomonidan Buxoro shayx ul 
islomi qilib tayinlangan. Аbdullaxon II X. S. fatvosisiz birorta jiddiy ishga qoʼl urmagan. Xoja 
Saʼduddinga ―Qutblar qutbi‖ va ―Sayyidlar panohi‖ unvonlari berilgan. 
65
Badriddin Kashmiriyning ―Ravzat ar-rizvon‖ asarida Joʼybor xojalarining ijtimoiy-iqtisodiy va 
maʼnaviy-siyosiy faoliyatiga bagʼishlangan. 


134 
―Ravzat-ur Rizvon‖da bu haqda Mahmud Sultonning Xo‗ja Sa‘dga 
yozgan iltimosi (arzadosht) keltirilgan. Bunda ko‗rsatilishicha, ushbu 
sultonning onasi Nur qishlog‗ida (Nurota) Mulk huquqi asosida ikkita 
koriz
66
ga ega bo‗lgan. Ilgarigi Samarqand, Toshkentxon sultonlar 
bunday mulklardan olinadigan o‗ndan bir soliqni undirmaganlar 
Abdullaxon esa Nurga kelganida ushbu korizlarga daromadning 1/10 
qismi miqdorida soliq solinganligini, xoja xonga buni tushuntirib 
soliqdan ozod etishni so‗ragan. 
Tarixiy manbalarda davlatda ta‘siri kuchli bo‗lgan otaliqlarning 
hatto ulus xonlari vakolatlarini o‗zlashtirib, yig‗ilgan soliqlarni talon-
taroj qilganliklari haqida ma‘lumotlar uchrab turadi. Bunga dastlab 
Termiz hokimi (1584 yildan O‗ratepa hokimi) Mahmud Sultonning 
Xo‗ja Sa‘dga yozgan xatida keltirilgan ma‘lumotlar guvohlik beradi. 
Xatda keltirilishicha, Xushi Jaloyirni Abdullaxon unga otaliq qilib 
(Xushbiy otaliq) tayinlashga bir yil ham bo‗lmasdan, u barcha davlat 
ishlarini, hatto hokim xonadonini boshqarish sarkorligi ishlarini ham o‗z 
qo‗liga olib, viloyatdan to‗rt yil mobaynida to‗plangan muqarrari, 
ixrajot, oshlig‗, mol kabi soliq va yig‗imlarni o‗zlashtirib olganligi, 
buning natijasida viloyatning xonavayron bo‗lganligi hamda Xo‗jadan 
ushbu xat mazmunidan Abdullaxonni ogoh qilib qo‗yish so‗ralgan
67

Shunday qilib shayboniylar hukmronligi va undan keyingi o‗zbek 
xonliklari davrida ham yer egaligining o‗tmishda shakllangan turlari 
saqlanib qolishi barobarida, ulardan tushadigan soliqlar ham ma‘lum 
miqdorda davlat va amaldorlar xazinasini to‗ldirishda katta ahamiyat 
kasb etgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin