141
Asosiy
soliq
to‗lovchi
dehqonlar, hunarmandlar,
savdo-
garlar, chorvadorlar edi.
Turli
soliqlardan
tashqari
qishloq va shahar aholisi har xil
ishlarga (kanallar qazish, ariqlarni
tozalash,
qurilish
ishlari
va
boshqalar) majburan jalb etilardi.
Bundan
tashqari, mazkur tadbirlar uchun sarflanadigan xarajatlar
aholidan turli yo‗llar bilan undirib olinar edi.
Mamlakat fuqarolari bo‗lmagan savdogarlardan olinadigan soliqlar
(boj) deyarli o‗zgarishsiz bo‗lib, ko‗pincha,
ularning miqdori siyosiy
munosabatlarga ham bog‗liq edi.
1633-1634 yillarda Imomqulixon farmoyishiga ko‗ra Qo‗shqo‗rg‗on
degan joyda yangi ariq ana shu usul bilan qazilgan bo‗lib, buni
zamondoshlari xon sahovati emas, balki kulfat deb baholashgan.
Buxoro xonligida yerlarning ko‗pchiligi feodallar tasarrufida
bo‗lgani uchun xon xazinasiga soliq tushumlarining juda oz qismi kelib
tushgan. Bu muammoni bartaraf etish maqsadida zodagonlarni
zaiflashtirish uchun Ubaydullaxon (1702-1711) ularning yer mulklariga
daxl qiladi. U feodallardan
yer-mulkni tortib olib, saroy ayonlariga
bermoqchi bo‗ladi. Biroq, u meros yerlarni tortib olib darveshlar
uyushmasi madadidan mahrum bo‗ladi,
natijada unga qarshi fitna
uyushtiriladi va 1711 yili o‗ldiriladi.
Soliqlardan yana biri zakot
Dostları ilə paylaş: