151
1858 yilda Qo‗qon xonligining shimoliy qismida Turkiston,
Chimkent, Toshkent viloyatlarida qo‗zg‗olonlar boshlanadi. Toshkent
hokimi Ahmad Parvonachining soliq yig‗ishida haddidan oshib
ketganligi xalq harakatining yuz berishiga sabab bo‗ladi. U har bir qo‗y
uchun 1 so‗m, bir bosh qoramol uchun 2 so‗m, tuya uchun 3 so‗m,
bo‗talog‗i uchun 2 so‗m, har bir qiz turmushga chiqqani uchun 20 so‗m
to‗lashni shart qilib qo‗ygan.
Qo‗qon xonligida soliqlarni yig‗ish birmuncha boshqacha bo‗lib,
xirojning miqdori bug‗doy, jo‗xori va boshqa donli ekin hosilining 1/5
qismi tariqasida undirilgan.
Xirojning yana bir turi tanabona solig‗i edi. Masalan, terak,
qayrag‗och ekilgan bir tanob yerdan 50 tiyin, uzum, mevazordagi har
tanob yerdan 2 so‗m, piyoz, sabzi ekilgan bir tanob yerdan 1 so‗m soliq
olingan.
Xiroj dastlab mahalliy hokim xazinasiga tushgan. Shu hisobdan bek
ma‘muriyatni maosh bilan ta‘minlab turgan, xon talab qilganda qo‗shin
to‗plab, ularga xizmat haqi to‗lagan.
Xonlikda soliq to‗lovchilarning ro‗yxati qat‘iy yuritib borilgan.
Aholi rasmiy soliqlardan tashqari mirob va mulla uchun ham g‗alladan
ma‘lum miqdorini berishi lozim bo‗lgan
85
.
Qo‗qon xonligi Chor Rossiyasiga tobe bo‗lgandan so‗ng soliqlar
miqdori keskin darajada oshib ketadi. Chunki uning xazinasi bo‗shab
qolgan edi. Shuning uchun xon yangidan-yangi soliq turlarini joriy etadi.
Suv puli, dallol puli, mevasiz daraxtlardan soliq, o‗tin puli, pichan, pista,
ko‗mirdan olinadigan soliq va boshqalar shular jumlasidandir. Umumiy
hisobda xonlikda 30 dan ortiq soliq turlari bo‗lgan.
Dostları ilə paylaş: