Chinor fayzi baland



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

 
olinishidan xalq noroziligi kuchaya boradi. Ayniqsa, 
Karmanada va boshqa bekliklarda xalq isyoni ko‗tariladi, chunki amir 
Xaydarning juda ko‗p turli soliqlar, qoracherik olishidan noroziliklar 
kuchaya boshlagan edi. 
Amir Xaydar bunday isyonlardan vahimaga tushib, Karmana begi 
Sayid Axmadxo‗jaga quyidagi maktubni jo‗natadi: ―Siz kiyikchi 
jamoasidan qoracherik berishni talab qilibsiz. Karmana fuqarolari 
qoracherik olin-gani uchun turli qurollar bilan chiqib isyon ko‗targanlar. 
Shu sababli Karmana va uning atrofidagi qo‗zg‗olon va noroziliklarni 
bartaraf qiling! Siz viloyatning aholisini va urug‗larning miqdorini 
to‗g‗ri hisoblang, Karmanadagi aholi va elatlar 500 ta qoracherik 
berishlari zarur. Ularni oilalar soni hisobiga taqsimlab chiqing‖. 
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilish mumkinki, mahalliy zodagonlar 
soliqlarni undirishda belgilangan me‘yorlarga amal qilmaganlar.
Soliqlarning me‘yordan ortiq belgilab undirishlari xalqning 
noroziligiga olib kelib, qo‗zg‗olon ko‗tarilishiga sababchi bo‗lgan ekan. 
§ 6.4. Qo„qon xonligida soliq munosabatlari 
Qo‗qon xonligida ham O‗rta Osiyo mintaqasiga xos bo‗lgan yer 
egaligi bilan birga hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan. Xususan, 
barcha yirik hunarmandchilik turlari, to‗qimachilik, kulolchilik, 
temirchilik, misgarlik, duradgorlik va boshqalar ancha yo‗lga qo‗yilgan. 
Qo‗qon temirchilari, misgarlari, Chust duppido‗zlari, Rishton 
kulolchilik mahsulotlari, Marg‗ilon ipak va shoyi buyumlari bilan 
shuxrat topgan bo‗lib, xonlikdagi yuqori sifatli hunarmandchilik 
buyumlariga ichki va tashqi bozorda talab katta bo‗lgan. 
Qo‗qon xonligidagi moliya mahkamasi (xalq tilida o‗z mamlakati 
mehnatkashlarini talash mahkamasi) soliq yig‗uvchilarning ko‗p sonli 
84
https://qomus.info/encyclopedia/cat-q/qora-cherik-uz/ 


150 
shtatlariga ega edi. Rossiyaga qo‗shilishga qadar bu yerda soliq 
undirishning arxaik usullari va dehqonlarni iqtisodiy majbur qilishning 
og‗ir usullari saqlanib qolgan. 
Xonlikdagi mavjud soliqlar tizimi shariat qonun qoidalarida 
belgilangan tartiblarga mos kelsada, aholidan ko‗plab qo‗shimcha 
soliqlar va jarimalar undirib olish keng tarqalgan. 
Asosiy soliq xiroj bo‗lib, u pul va mahsulot tarzida undirib olingan. 
Savdogarlar va chorvadorlar zakot solig‗ini to‗lashar, hunarmandlardan 
ham turli soliqlar, xususan, tamg‗a solig‗i olingan. 
Soliq yig‗uvchi amaldorlar tanobchi (er o‗lchovchi hamda har bir 
tanob yerdan soliq oluvchi), zakot solig‗ini yig‗uvchi amaldorlar 
zakotchi
 
deb atalgan. Soliqlar qat‘iy belgilangan miqdorda va vaqtida 
yig‗ilishi shart bo‗lsa-da, xon va amaldorlarning ixtiyori bilan bu narsa 
o‗zgarib turgan.
Harbiy harakatlar paytida, ayniqsa, soliqlar turi va miqdori 
oshirilgan. Soliqlardan tashqari aholi majburiy ravishda turli ishlarga 
kanallar qazish, ariqlarni tozalash, obodonchilik ishlariga va turli 
qurilishlarga jalb qilingan. 
G‗allazorlardan xiroj yig‗imi, uzumzorlar, polizlar, bog‗lar bilan 
band bo‗lgan yerlardan tanobona undirilgan, mol-mulk va chorvadan 
zakot olingan. 
Shaxsan xonga qarashli qishloqlardan bevosita xonga beriladigan 
yoki xonning maxsus farmoni bilan u yoki bu a‘yonlarga ta‘minot uchun 
beriladigan soliq undirilgan xolos. 
Odatdagi soliqlardan tashqari xonlar yangilarini ham joriy etib 
turganlar. Bu borada ayniqsa Xudoyorxon ajralib turgan. U ekilgan 
mevasiz daraxtlardan, shaharga olib kirilgan pichandan, tog‗ 
o‗rmonlarida yoqilgan pista va ko‗mirdan ham soliq olgan. Xudoyorxon 
xazinadagi 
yetishmovchilikni 
xilma-xil 
musodara 
qilishlar 
va 
chayqovchilik vositasida to‗ldirgan. 


151 
1858 yilda Qo‗qon xonligining shimoliy qismida Turkiston, 
Chimkent, Toshkent viloyatlarida qo‗zg‗olonlar boshlanadi. Toshkent 
hokimi Ahmad Parvonachining soliq yig‗ishida haddidan oshib 
ketganligi xalq harakatining yuz berishiga sabab bo‗ladi. U har bir qo‗y 
uchun 1 so‗m, bir bosh qoramol uchun 2 so‗m, tuya uchun 3 so‗m, 
bo‗talog‗i uchun 2 so‗m, har bir qiz turmushga chiqqani uchun 20 so‗m 
to‗lashni shart qilib qo‗ygan. 
Qo‗qon xonligida soliqlarni yig‗ish birmuncha boshqacha bo‗lib, 
xirojning miqdori bug‗doy, jo‗xori va boshqa donli ekin hosilining 1/5 
qismi tariqasida undirilgan. 
Xirojning yana bir turi tanabona solig‗i edi. Masalan, terak, 
qayrag‗och ekilgan bir tanob yerdan 50 tiyin, uzum, mevazordagi har 
tanob yerdan 2 so‗m, piyoz, sabzi ekilgan bir tanob yerdan 1 so‗m soliq 
olingan.
Xiroj dastlab mahalliy hokim xazinasiga tushgan. Shu hisobdan bek 
ma‘muriyatni maosh bilan ta‘minlab turgan, xon talab qilganda qo‗shin 
to‗plab, ularga xizmat haqi to‗lagan. 
Xonlikda soliq to‗lovchilarning ro‗yxati qat‘iy yuritib borilgan. 
Aholi rasmiy soliqlardan tashqari mirob va mulla uchun ham g‗alladan 
ma‘lum miqdorini berishi lozim bo‗lgan
85

Qo‗qon xonligi Chor Rossiyasiga tobe bo‗lgandan so‗ng soliqlar 
miqdori keskin darajada oshib ketadi. Chunki uning xazinasi bo‗shab 
qolgan edi. Shuning uchun xon yangidan-yangi soliq turlarini joriy etadi. 
Suv puli, dallol puli, mevasiz daraxtlardan soliq, o‗tin puli, pichan, pista, 
ko‗mirdan olinadigan soliq va boshqalar shular jumlasidandir. Umumiy 
hisobda xonlikda 30 dan ortiq soliq turlari bo‗lgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin