144
yerlarning bozorlarga yaqinligi va boshqa sabablarga ko‗ra turlicha
bo‗lgan.
Amir Muzaffar hokimiyatga kelishi bilan ―aminona‖
atamasi bilan
yuritilgan vaqtincha soliq joriy qilgan. Unga ko‗ra tovar va mol-mulk
narxining 1,5 foizi miqdorida soliq to‗langan. Vaqt o‗tishi bilan u
doimiy soliqqa aylanadi va to‗lovchilarning qarshiligiga qaramay 1920
yilgacha, ya‘ni amirlik tugatilgunga qadar saqlanib qolgan
77
.
Zakot va aminonadan tashqari, dallol solig‗i, bir viloyatdan ikkinchi
viloyatga olib o‗tilayotgan mollar, umuman yuklardan olinadigan bojlar
ham savdo yig‗imlari qatoriga kirgan. Molning narxi uni dastlab olib
ketilgan joyidan olib borilgan joyigacha bo‗lgan masofaning uzoq-
yaqinligiga qarab olinadigan boj va buning ustiga zakot qo‗shilishi
sababli ancha oshgan. Yana ular qatoriga mollarni qayiqlarda
daryolardan olib o‗tgani uchun soliqlarni ham qo‗shishga to‗g‗ri kelgan.
XIX asrning 50-yillari oxirlarida amir Nasrullo (1827-1860) davrida
soliqlarga o‗zgartirishlar kiritiladi. Zarafshon bo‗yida bir qancha
dehqonlar jamoasi polizlari o‗z uylaridan uzoq bo‗lgani va ularga yaqin
joylardagi polizlarga qaraganda o‗sha yerlarni ishlash og‗irligini aytib,
tanob pulini kamaytirishni iltimos qiladilar. Amir bu iltimosni qondiradi
va polizdan olinadigan maxsus soliq o‗rniga ―qo‗sh puli‖ni joriy etadi.
Bunda omochga qo‗shiladigan bir juft ish hayvoniga va bir
mavsumda 48-50 tanob yerni ishlay olish quvvatiga qarab soliq
solingan. Keyinchalik bu soliq boshqa soliqlarga qo‗shimcha ravishda
hamma dehqonlarga solinadigan bo‗lgan.
XIX
asrning
o‗rtalarida Samarqand tumanida yerlarning
sug‗orilishi, bozorga uzoq-yaqinligi va boshqalarga qarab, har bir juft
ish hayvondan olinadigan qo‗sh puli
buxoriy tangada 1 so‗m 20 tiyindan
4 so‗mgacha bo‗lgan
78
.
Bundan tashqari ish hayvonlaridan olinadigan maxsus yig‗im
Dostları ilə paylaş: