§ 6.2. Xorazm xonligida amal qilgan soliqlar va yig„imlar
Shayboniylar hukmronligidan ajralib chiqib, 1512 yilda mustaqil
Xorazm xonligi faoliyat boshlaydi.
66
KORIZ (fors.) - yer osti suvlarini yigʼish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun quriladigan yer osti
inshooti.
Аholini
suv
bilan
taʼminlash
va
sugʼorish
maqsadlarida
qoʼllaniladi.
https://qomus.info/encyclopedia/cat-k/koriz-uz/
67
Ziyodulla Muqimov Shayboniylar davlati va huquqi. – T.: Sharq, 2007. – 107 bet.
135
Xorazm xonligida ham oliq-soliqlar masalasi muhim axamiyat kasb
etgan. Xonlik tashkil topgan dastlabki davrlarda o‗lpon yig‗ish uchun
hokimlar (okrug hukmdorlari), ularning noiblari yoki qozilar mas‘ul
bo‗lgan. Ular huzurida bojmonlar (boj yig‗uvchilar) va zakot
yig‗uvchilar, agar o‗sha yerda davlat yerlari ham bo‗lsa, mushriflar
(natura bilan to‗lanadigan o‗lponlarni yig‗uvchilar, ular Buxoro
amlokdorlariga muvofiq kelgan) ham xizmat qilganlar. Qishloqlarda
ma‘muriy mirshablik tarkibidagi barcha ishlar bilan oqsoqollar
shug‗ullanib, ular aholidan o‗lponlar ham yig‗ishgan.
Xonlikning ma‘muriy va moliya-soliq apparati pul bilan
ta‘minlanganligi sababli o‗lponlarni, ayniqa, ―daxyak‖ni yig‗ishda jiddiy
suiiste‘molchiliklar bo‗lib turgan.
XVII asr boshlarida Xorazm taxti uchun bo‗lgan sulolaviy
kurashlardan so‗ng taxtga Arab Muxammadxon (1602-1621) o‗tiradi.
Bu davrda Xiva xonligida ichki kurashlar, ayniqsa uning o‗g‗illari
Habash va Elbarslarning otasiga qarshi chiqishi taxt uchun kurashni avj
oldiradi. Ular otasiga qarshi kurashda muvaffaqiyat qozonadilar. Biroq,
taxtga o‗tirgan Elbars va Xabash sultonlar (1621-1623) ukalari
Isfandiyor (1623-1643) tomonidan taxtdan tushiriladi. Taxtga chiqqan
Isfandiyor davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi.
Orol bo‗yidagi o‗zbek qo‗ng‗irotlari Isfandiyorga bo‗ysunmay
qo‗yadilar.
So‗ngra Abulg‗ozixon (1643-1663) akasi Isfandiyor vafotidan keyin
taxtni egallaydi. Turkman va qalmiqlarga qarshi muvaffaqqiyatli urush
olib borgan Abulg‗ozixon Buxoro xonligi hududlariga ham talonchilik
yurishlari uyushtiradi. Uzoq talashishlardan so‗ng 1662-yilda Xiva va
Buxoro xonlari sulh tuzishga majbur bo‗ladi.
Abulg‗ozixonning o‗g‗li Anushaxon (1663-1687) davrida ham
Buxoro va Xiva o‗rtasidagi urushlar davom etaveradi. Uning davrda
Xiva qo‗shinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga hujum qiladilar. 1685
yilda G‗ijduvon yaqinidagi mag‗lubiyatdan keyin Buxoroning Xivadagi
ta‘siri kuchayadi. Subhonqulixon Anushaxonga qarshi fitna uyushtirib,
uning o‗g‗li Ernakka taxtni egallashga yordam beradi. Otasini ko‗r qilib
taxtni egallagan Ernak (1687) hokimiyatni uzoq vaqt saqlab qola olmadi.
136
Subhonqulixon Xivadagi tarafdorlari yordamida taxtga Shohniyozni
(1688-1702) o‗tqazib, amalda Xivani vassal davlatga aylantiradi.
Hokimiyat uchun tinimsiz kurashlar, siyosiy nizolar mamlakat
iqtisodiyotini izdan chiqaradi.
Shohniyoz xonlik mavqeiga ega bo‗lgach, Rossiya hukmdori Petr
I dan Xivani Rossiya tarkibiga qo‗shib olishni so‗raydi. Rus podshosi
Xiva xonligini o‗rganish va tobe qilish maqsadida Aleksandr Bekovich-
Cherkasskiy rahbarligida Xivaga harbiy ekspeditsiyani yuboradi. Bu
davrga kelib taxtga o‗tirgan Xiva xoni Sherg‗ozixon (1715-1728) 1717
yilda xonlikka tashrif buyurgan rus ekspeditsiyasini yaxshi kutib oladi.
Uning maslahati bilan Bekovich-Cherkasskiy o‗z qo‗shinlarini 3 ga
bo‗lib joylashtirdi. Qulay vaziyatdan foydalangan xivaliklar rus
qo‗shinlarini butunlay qirib tashlaydi.
Xonlikda aholidan asosan xiroj, zakot, juz‘ya kabi soliqlar undirib
olingan. Ularning miqdori shariatda belgilanganidek bo‗lgan. Biroq,
soliqlardan tashqari aholi turli majburiyatlarni ham bajarishi shart edi.
Xususan, kanallarni tozalash, yangilarini qazish uchun ilk bahorda o‗z
yeriga ega bo‗lgan har bir xonadondan bir kishi jalb etilib, 15 kun ishlab
berishi shart bo‗lgan.
Xiva xonligida xususiy yerlarga solinadigan soliq u yer qanday
toifaga mansubligiga bog‗liq bo‗lgan. Yorliqli mulk, ya‘ni davlat
yerlaridan xon yorlig‗i bilan biror shaxsning foydalanishi uchun ajratib
berilgan yorliqli xususiy yerlardan olinadigan yer
solig‗i (daxyak) o‗rniga pul tarzida (salg‗ut) olingan. Aholining
qadimdan xususiy mulki hisoblangan odatdagi xususiy yerlardan ham
salg‗ut olingan. Aday mulk (xalq tilida atay mulk) yerlaridan yer solig‗i
emas, balki hovli puli undirib olingan. Bu soliqning mikdori soliq
to‗lovchi mol-mulkining ko‗p-ozligiga qarab belgilangan
68
.
Hovli puli (uy-joy solig‗i) daromad solig‗iga o‗xshash bo‗lgan.
Salg‗ut to‗la davlat xazinasiga, daxyakning bir qismi esa o‗z vaqf
idoralari foydasiga olingan. Savdo ishlarida belgilangan zakot yig‗imi,
tarozi puli va boshqa soliqlardan tashqari, Xiva xonligining savdo
68
Oblomurodov N., Tolipov F. Oʼzbekistonda soliqlar tarixi. – T.: Iqtisod-Moliya. 2009. – 86 bet.
137
markazlaridagi (Urganch, Xonqa, Xiva, Gurlan va boshqalar)
savdogarlar har yili xonga ―boy puli‖ solig‗i to‗laganlar. Xon bu soliqni
hamma boy savdogarlarga o‗zi xoxlagancha solgan.
Savdo shaharlariga yorliqlar yuborilar va ularga binoan har bir
shahardan xon xazinasiga qarz tariqasida ma‘lum miqdorda pul
yuborilishi kerak edi. Lekin olingan bu pullar egalariga qaytarib
berilmas edi. Belgilangan pul (soliq) shahar aholisiga taqsimlab undirilar
edi. Bu o‗ziga xos qarz olishlar bir yilda ikki-uch marta takrorlanib
turgan.
Xon hokimiyati qozoqlar va qoraqalpoqlardan chorvaning soniga
qarab chorva uchun 1/40 miqdorida zakot undirib olgan. Bundan
tashqari, Amudaryoning o‗ng qirg‗og‗idagi poda egalaridan butunlay
o‗zboshimchalik bilan undirib olinadigan soliq ―torcho‗p‖
deb atalgan.
Hatto qirg‗oq bo‗ylab joylashgan tumanlardagi yantoqni mol yegani
uchun ham soliq olingan. To‗qaydan o‗tgan har bir suruvdan bir bosh
qo‗y olingan.
Xiva xonligida 25 ga yaqin turli doimiy va favqulotda o‗lponlar,
majburiyatlar va soliqlar bo‗lgan. Bu o‗lpon va majburiyatlarning
miqdori xonning va xon amaldorlarining xoxishi bilan belgilangan.
O‗lkada chorizm istilosidan keyin ―salg‗ut kesma‖ degan yangi
soliq joriy qilinib, har qaysi uydan 20 tanga (1 so‗m) dan pul, davlat
qaramog‗idagi yaylovlardan foydalanganlik uchun ―cho‗p puli‖
olingan
69
.
Qoraqalpoqlar xon xazinasiga katta soliqlar to‗lashlari kerak edi.
Musulmon odatiga ko‗ra, ular zakot yo‗li bilan undirib olingan. XIX
asrning o‗rtalarida 40 bosh moldan olinadigan zakot 9 so‗mga yaqin
bo‗lgan, 40 bosh mayda shoxli moldan 10 abbos yoki 2 so‗m 50 tiyin
olingan, keyinchalik 1 bosh moldan 1 tanga olingan
70
. XIX asrning
so‗nggi choragida xonlikdagi yerlardan har yili natura solig‗i yo‗li bilan
66 ming pudga yaqin don to‗plangan.
69
Oʼzbekiston SSR tarixi. T. 1957 y. 1 tom. 2 kitob. 158 b
70
Oʼzbekiston SSR tarixi. T. 1957 y. 1 tom. 2 kitob. 70 b.
138
Bu davrda Xiva xonligida ayrim toifa mulkdorlar soliqlardan ozod
etilganligi haqidagi yorliqlarga ega bo‗lganlar.
XIX asrning 80-yillarida 1800 dan ortiq mulk egalari o‗lpondan
ozod qilinganligi haqida yorliq oladilar. Shunday yorliqlarning
aksariyati sayidlar, eshonlar, xo‗jalar va boshqa din peshvolarining
avlodlariga berilgan. XIX asrning oxirlarida 4 mingga yaqin diniy
ulamolar va ularning avlodlari soliqlardan ozod qilingan. Ularning har
birining
yeri
10 tanobdan 400 tanob
71
gacha bo‗lgan.
1887-1893-yillarning o‗zida Xiva xoni 11 ta katta feodalga 4956
tanob yerni in‘om qilgan
72
.
Dostları ilə paylaş: |