Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Aqli norasolik
– bu shunday holatki, bunda shaxs jinoyat sodir etish 
vaqtida sodir etayotgan harakatlar (harakatsizligi)ning ijtimoiy xavfli 
xususiyatini anglay va boshqara olmaydi. Bu o‘z navbatida, jinoiy 
javobgarlikni istisno qiladi. 
Aqli norasolikda ruhiyatning kasallik jarayonlari tufayli, qoidaga 
ko‘ra, miyaning qabul qilish funksiyasi buziladi, buning natijasida, odatda, 
ongning muhim sifati – anglash yo‘qoladi.
Aqli norasolik ham aqli rasolik kabi ikki: yuridik (psixologik) va 
tibbiy (biologik yoki psixiatrik) mezonlar orqali belgilanuvchi, ijtimoiy 
xavfli qilmish sodir etgan shaxsni jinoyat subyekti hisoblamasdan oldin, 
uning ruhiy holati to‘g‘risida har tomonlama baho berish imkonini beradi.
Aqli norasolikning yuridik mezoni
jinoyat sodir etish vaqtida 
shaxsda o‘z harakatlarining faktik xususiyatini va qilmishining ijtimoiy 
xavfini anglash (intellektual) va boshqarish (irodaviy) imkoni yo‘qligida 
aks etadi. Bu mezon ruhiy buzilishlar og‘irligini psixologik tushunchalar 
243 


orqali aniqlaydi va bu bilan sudga ekspert bahosi natijasini tushuntirib, 
shaxsning aqli rasoligini istisno qiladi. 
Yuridik mezonni o‘rnatish uchun uning elementlaridan birining 
bo‘lishi yetarli: yoki intellektual yoki irodaviy payt orasida «yoki» 
bog‘lovchisidan foydalanish orqali 
JK 18-moddasi 2-qismi 
dispozitsiyasini ifodalashda tasdiqlangan. 
Aqli norasolik yuridik mezonining 
intellektual belgisi 
jinoyat sodir 
etish vaqtida harakatlarni anglay olmasligini bildiradi, ya’ni bu qandaydir 
ruhiy buzilishi bo‘lgan shaxsning u yoki bu muayyan sharoit yoki holatda 
o‘z jinoiy qilmishining ijtimoiy xavfliligi va faktik xususiyatini to‘la 
anglay olmasligidir. Ruhiy kasal shaxsning normal fikrlash faoliyatining 
buzilganligi unga obyektiv borliqda o‘zini to‘g‘ri tutish va atrof-tashqi 
olam hodisalarini qabul qilish imkoniyatini bermaydi. Ruhiyati buzilgan 
shaxs har bir muayyan holatda nafaqat o‘z harakatlarini anglamaydi, balki 
ular oxir-oqibat nimalarga olib kelishini ham tushunmaydi. Yuridik 
mezonning intellektual belgisi jinoyat qonunida 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin