Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Yuridik mezon
ikki belgini xarakterlaydi: intellektual va irodaviy. 
Aqli rasolikning intellektual belgisi
jinoyat sodir etish vaqtida 
shaxsning sodir etayotgan qilmishi faktik xususiyatini va ijtimoiy xavfini 
anglash qobiliyati sifatida ko‘riladi. 
Aqli rasolikning irodaviy belgisi
shaxsning jinoiy qilmish sodir etish 
vaqtidagi o‘z harakatlarini boshqara olish qobiliyatini, ya’ni o‘zining ichki 
xohishini va ishonchi orqali o‘z irodasini boshqarish qobiliyatini anglatadi. 
Shaxsning o‘zi tomonidan sodir etgan jinoiy qilmishini tushunish 
qobiliyati va buni sodir etish jarayonida ongli qaror qabul qilishi jinoyat 
subyektini qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ijtimoiy xavfli qilmish sodir 
etganlikda ayblash uchun yetarli asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu o‘z 
navbatida, ayb uchun javobgarlik prinsipida (JK 9-moddasi) bevosita o‘z 
aksini topgan. 
Intellektual va irodaviy belgilar, albatta, birgalikda olib qaralishi 
kerak. 
242 


Aqli rasolikning tibbiy mezoni
sud-psixiatriya ekspertizasidan kelib 
chiqib aniqlanadi, zero bu jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning 
tibbiyot nuqtai nazaridan biologik va psixologik butunligi, fikrlash 
jarayonining me’yorda ekanligi va boshqa fikrlash faoliyatining o‘ziga 
xosliklarini o‘rnatadi. 
Aqli rasolikning tibbiy mezoni sog‘lom insonning psixik va tibbiy 
nuqtai nazardan ruhiy holatini aks ettiradi.
Aqli norasolik aqli rasolik tushunchasiga qarama-qarshi tushuncha 
bo‘lib, u jinoyat qonunchiligida ochib beriladi 
(JK 18-moddasi 2-qismi).
Qandaydir ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan aqli noraso shaxs 
jinoyat subyekti bo‘la olmaydi. U jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va 
unga nisbatan jinoiy jazo tayinlash mumkin bo‘lmaganligi tufayli, unga 
faqatgina tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanishi mumkin. Ongli 
va maqsadli harakatlarning bo‘lmasligi aqli noraso qilmishni kvalifikatsiya 
qilishning o‘ziga xos xususiyatini shartlaydi.

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin