JK 29-moddasi 2-qismida
ishtirokchilikning eng kam xavfli shakli –
oddiy ishtirokchilik
tushunchasi belgilangan.
NOTA BENE !
Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir
etishda qatnashishi oddiy
ishtirokchilik
deb topiladi
(JK 29-moddasi 2-
qismi).
Oldindan kelishuv mavjud emasligi ishtirokchilik mazkur shaklining
asosiy xususiyatidir. Oddiy ishtirokchilik, garchi ishtirokchilar o‘rtasida
rollar taqsimoti bo‘lsa-da, doimo birgalikda bajaruvchilikni taqozo etadi
(birgalikda aybdorlik).
Rollar taqsimoti ishtirokchilikning murakkab shakllariga, ayniqsa,
uyushgan guruhga va jinoiy uyushmaga ko‘proq xos ekanligiga qaramay,
sud amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, jinoyat sodir etish tashabbusi o‘z
harakatlari bilan go‘yoki boshqa birga bajaruvchining harakatlariga
namuna ko‘rsatayotgan bir bajaruvchidan chiqishi mumkin. Biroq bu holat
jinoyat tashabbuskori ahamiyatini hech ham o‘zgartirmaydi va uning
harakatlari bajaruvchi qilmishi belgilari bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi,
rollar taqsimoti esa tashabbuskor-bajaruvchi qilmishi bilan qamrab olinadi.
Ishtirokchilikning mazkur shakli minimal darajada muvofiqlashgan
bo‘lib, bu jinoyat boshlanishi paytiga qadar kelishib olish imkoni yo‘qligi
bilan izohlanadi. Ishtirokchilikning ushbu shakli ayrim shaxslarning
boshqalar allaqachon boshlab qo‘ygan jinoiy tajovuziga qo‘shilish
imkoniyatini nazarda tutadi.
Jinoyatda ishtirokchilikning eng keng tarqalgan va eng xavfli shakli –
bu
murakkab ishtirokchilikdir.
Dostları ilə paylaş: