Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

ishtirokchilik turlarini
ham ajratadi
1
. Ishtirokchilikning 
shakllarga va turlarga bo‘linishi asosida, turli xil mezonlarga tayanadigan 
ikki mustaqil tasnif mavjud. Agar ishtirokchilikni shakllarga bo‘lish 
umuman birgalikdagi jinoiy faoliyatning ijtimoiy xavfliligi xarakteri va 
darajasini belgilash bilan bog‘liq bo‘lsa, ishtirokchilikning turini belgilash 
ishtirokchilar javobgarligini asoslash va individuallashtirish imkonini 
beradi. 
Afsuski, zamonaviy jinoyat-huquqiy adabiyotlar tahlili 
ishtirokchilikni turlarga (shakllarga) bo‘lishga yagona yondashuv 
yo‘qligini namoyish etadi. Bu, eng avvalo, ishtirokchilikni turlarga 
(shakllarga) ajratish mezonlarini belgilashdagi tafovutlar bilan izohlanadi. 
Mazkur ishda taklif etilayotgan ishtirokchilikni turlarga tasniflash esa 
obyektiv va subyekt mezonlarning o‘zaro shartlanganligi va bog‘liqligiga 
asoslanadi. 
Ishtirokchilikning obyektiv mezoni
sodir etilayotgan jinoyat 
yuzasidan ishtirokchilar o‘rtasida jinoyat obyektiv tomonini sodir etishdagi 
aloqadorlikni ifodalaydi, ya’ni rollarning taqsimlanishi, kim qaysi vazifani 
bajarishining belgilab qo‘yilishi va boshqalarni belgilaydi. Mazkur mezon 
1
В специальной литературе их также нередко именуют формами соучастия. 
312 


ishtirokchilar obyektiv o‘zaro harakatining ifodasi bo‘lgani holda 
ishtirokchilikni oddiy va murakkab turlarga ajratish asosida qo‘yiladi. 
Jumladan, 
ishtirokchilikning oddiy turiga
doir obyektiv alomatlar 
shunda namoyon bo‘ladiki, jinoyat ikki yoki ko‘proq shaxslar tomonidan 
birgalikda sodir etiladi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning obyektiv tomoni 
barcha ishtirokchilar tomonidan rollar taqsimotisiz qisman yoki to‘liq 
bajariladi, bu esa birgalikdagi bajaruvchilikdan guvohlik beradi. Oddiy 
ishtirokchilikda ishtirokchilardan biri jinoyat sodir etishga qiziqtirishi, 
tashkilotchi yoki dalolatchiga aylanishi, shu bilan birga ijtimoiy xavfli 
qilmish sodir etilishida bevosita qatnashishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar 
ham mavjud. Bunday vaziyatlarda unga boshqa ishtirokchilar (bosh-
qalarning so‘zsiz, konklyudent roziligidan dalolat beruvchi) qo‘shilishi 
mumkin. Boshqalarning jinoiy tajovuzga qo‘shilishida ifodalanadigan va 
amaliyotda, ayniqsa, voyaga yetmaganlar, bir guruh shaxslar tomonidan 
sodir etiladigan nomusga tegish, bezorilik va boshqa shu kabi jinoyatlarda 
ko‘p uchraydigan birgalikdagi bajaruvchilikning aniq namoyon bo‘lishini 
ko‘rishimiz mumkin. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin