140
(6-SEMESTR) 1- AMALIY MASHG’ULOT
KO’PCHIGAN PERLIT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Reja:
1.
Ko‘pchigan perlit ishlab chiqarishda xomashyoga qo‘yiladigan
talablar
2. Perlit ishlab chiqarish texnologik sxemasi
3. Perlitga issiqlik ishlov berish
1. Ko‘pchigan perlit ishlab chiqarishda xomashyoga qo‘yiladigan
talablar
Suv tarkibli shishasimon jinslar asosida sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi-
ko‘pchigan perlit ishlab chiqarishda asosiy xomashyo material bo‘lib perlitlar
va qisman gidratlangan obsidianlar xizmat qiladi.
Uning tarkibida uchuvchan
komponentlar 1,5 dan 10% gacha tashkil etadi. Perlitlar o‘zining genezisi,
teksturasi va texnologik xususiyatlari bo‘yicha shartli ikkita sinfga bo‘linadi: A-
g‘ovak, vulqon lavasining sovishi va qotishida dastlabki hosil bo‘lgan jins; B-
massiv, ikkilamchi shishasimon massaning gidratatsiya jarayonida tarkibni
o‘zgartirishi (asosan past montmorillionitli va kristallangan)
natijasida xosil
bo‘lgan jins. B sinfga mansub jinslarda uchuvchan komponentlar 2 dan 7%
gacha mavjud bo‘lib, beton uchun yaroqli ko‘pchigan perlit g‘ovak
to‘ldiruvchisini ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Bu g‘ovak to‘ldiruvchi
aylanma, vertikal va qaynovchi qatlam pechlarida xomashyoga termik ishlov
berib olinadi.
Jadval 1.1.
Ko‘pchigan perlit ishlab chiqarishda xomashyoga qo‘yilgan talablar
Ko‘rsatkichlar
Ruxsat etilgan chegarasi
Aniqlash
usuli
A-sinf
B-sinf
Sifat guruxlari
I
II
III
I
II
III
142
sharoitida
75
gacha
150
gacha
350
gacha
100
gacha
300
gacha
500 gacha
Xomashyo jinslarga qo‘yiladigan talablar jadval 1.1. da keltirilgan. A
sinfga mansub perlit issiqlikdan himoyalovchi va konstruksion-issiqlikdan
himoyalovchi betonlar uchun g‘ovak to‘ldiruvchi,
B sinfga mansub perlit esa
konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi va konstruksion betonlar uchun g‘ovak
to‘ldiruvchi olishda ishlatiladi.
Gidratlangan obsidianga bo‘sh gidratlangan massiv shisha mansub bo‘lib,
tarkibida bog‘langan suv 0,3 dan 1% gacha tashkil etadi. Masalan obsidian
perlitli va obsidian jinslarini aylanma pechda kuydirish asosida uyilma zichligi
100 dan 400 kg/m
3
gacha chaqir tosh va qum olinadi. Ko‘pchigan perlit chaqir
toshining suvshimuvchanligi 1 soat davomida massa hisobida 80% dan
oshmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: