135
Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning eng ko‘p tarqalgan turi bu keramzitdir.
Giltuproqning ba’zi turlari kuydirishda ko‘pchiydi va bunday gillar asosida
keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag‘ali va keramzit qumi olinadi, kam
miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi. Keramzit shag‘ali donasi
yumaloq shaklda, strukturasi g‘ovak va yacheykasimon bo‘ladi. Keramzit
donasining yuza qismi
zich qatlam bilan qoplangan, rangi qo‘ng‘ir qora,
bo‘linganda qoramtir bo‘ladi.
Gilning ko‘pchishi 2 ta jarayonga bog‘liq: gaz ajralishi va gilning
piroplastik holatga o‘tishidir. Gaz ajralishi –bu temir oksidlarining organik
moddalar bilan birikishidan keyingi qaytarilish reaksiyasi, bu birikmalarning
oksidlanishi, gidroslyuda va boshqa suvli
birikmalarni degidrotatsiyasi,
karbonatlarning dissotsiatsiyasiga bog‘liq.
Gilning piroplastik holatga o‘tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning
(eritma) hosil bo‘lishidir. Natijada gil yumshayadi, plastik deformatsiya
qobiliyati yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko‘pchiydi va natijada gaz
o‘tkazmaydigan materialga aylanadi.
Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida cho‘kindi jinslarga
kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Xomashyo material sifatida metamorfik tog‘
jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar – gil slanslari va argillitlar ishlatiladi.
Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar
(kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar)
dan tashqari kvars, dala shpati,
karbonatlar, temir, organik qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Gil minerallar gil
moddalardan iborat bo‘ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko‘p gil moddalar
bo‘lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit
va gidroslyudali
gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30% gacha kvars
mavjuddir. Gilning umumiy tarkibida SiO
2
-70% gacha, Al
2
O
3
-12% kam
emas(20% gacha), Fe
2
O
3
+ FeO- 10%gacha, organik qo‘shimchalar 1-2%
mavjud bo‘lishi kerak.
Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil xom ashyosining yaroqli
ekanligi xomashyo xususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi.
Gil xom ashyosiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
136
Birinchi talab bu gilning kuydirishda ko‘pchishidir. Gilning ko‘pchishi-
ko‘pchish koeffitsienti bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bilan
ifodalanadi:
c
k
b
V
V
R
,
bu erda: V
k
– ko‘pchigan keramzit granulalarining hajmi;
V
c
– pishirishdan oldingi xom granulalarning hajmi.
Ko‘pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin:
)
100
1
(
п
к
с
b
П
R
,
bu erda:
ρ
s
– quruq xom granulaning zichligi;
ρ
k
– ko‘pchigan keramzit granulasining zichligi;
P
p
- quruq xom granulaning pishirishdagi massa bo‘yicha
yo‘qotishi,%
Keramzit ishlab chiqarishda gil xomashyosining ko‘pchish koeffitsienti 2
dan kam bo‘lmasligi (3-4 bo‘lsa yaxshi) kerak.
Gil xom ashyosiga qo‘yiladigan
ikkinchi talab, bu uning oson
eruvchanligidir, ya’ni xomashyoni kuydirish 1250
0
S dan oshmasligi kerak, aks
holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada xom gil granulasi
ko‘pchimaydi.
Gil xomashyosiga qo‘yiladigan uchinchi talab, bu kerakli ko‘pchish
intervali hisoblanadi. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko‘pchish
boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko‘pchish harorati deb, zichligi
0,95 g/sm
3
ga teng keramzit granulalarining hosil bo‘lish haroratiga aytiladi.
Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi
yuzasining erigan suyuq
qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi. Keramzit shag‘alini ishlab
chiqarishda haroratning keskin ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks
holda granulalar yuzasi erib bir-biri bilan elimlanib qoladi. Bu esa keramzit
shag‘alining chiqishini kamaytiradi va ba’zan pechni ishdan chiqaradi.
137
Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratni belgilangan optimal darajadan
pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda ko‘pchish koeffitsienti
kamayadi va mahsulot kam ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarishda xomashyoning
ko‘pchish intervali 50
0
S dan kam bo‘lmasligi kerak.
Bu xususiyatlarga barcha gil jinslari ega bo‘lmaydi. Gil xomashyosining
xususiyatlarini yaxshilash uchun unga 1% gacha mazut,
solyarka moyi yoki
boshqa organik moddalar qo‘shiladi. Gil granulalarining ko‘pchish harorati
intervalini uzaytirish uchun gil granulalari sirtiga olovga bardoshli gil kukuni
yoki maydalangan kvars qumlari purkaladi. Keramzit ishlab chiqarishda
qo‘shimchalarni qo‘llashda xomashyo mahsulotning ko‘pchish koeffitsientini 2-
3 barobar oshiradi, mahsuldorlik ham oshadi, tan narxi esa pasayadi.
Dostları ilə paylaş: