138
Quruq usul-toshsimon gilsimon xomashyolar (zich quruq gilsimon jinslar,
gilsimon slanslar) bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu usul juda oddiy bo‘lib, xomashyo
mahsulot maydalanadi va aylanma pechga kuydirish uchun yuboriladi. Dastlab
juda mayda donalar elab olinadi va o‘ta yirik bo‘laklar esa qo‘shimcha
maydalanadi. Bu usul agar xomashyo bir jnsli bo‘lsa, xavfli qo‘shimchalar
bo‘lmasa va yuqori ko‘pchish koeffitsientiga ega bo‘lsagina o‘zini oqlaydi.
Xom donalarning namligi 9% dan oshmasligi kerak.
Keramzit olishning keng tarqalgan usuli bu plastik usulidir. YUmshoq
gilli xomashyo bu usulda nam holatda valslarda, gil aralashtirgichlarda va
boshqa agregatlarda qayta ishlanadi (g‘isht ishlab chiqarish kabi).
Plastik gilli
massadan lentali shnekli pressda yoki teshikli valslarda silindr shaklidagi xom
granulalar tayyorlanadi, bu granulalar keyingi transportyorda uzatishda va
qayta ishlov berishda yumaloq shaklga ega bo‘ladi. Xom granulalarning sifati
tayyor keramzit shag‘alining sifatini belgilaydi. SHu sababli gilli xomashyoni
etarlicha
qayta ishlash, bir xil o‘lchamli zich granulalarni olish zarur.
Granulalarning o‘lchami berilgan xomashyoning ko‘pchish koeffitsienti va
keramzit shag‘alining talab etilgan yirikligi bo‘yicha o‘rnatiladi. Gilning fiziko-
mexanik namligi va dispresligi xususiyatlaridan kelib chiqib qayta ishlovchi
uskunalar tanlanadi. Xomashyoni qayta ishlashdagi energiya sarfi uning
dispresligini ortishi va namligining kamaytirishga qarab oshadi. Asosan gilni
ishlov berishda namligi 18-28% ni tashkil etadi. Namligi 20% bo‘lgan
granulalar to‘g‘ri aylanma pechga yuborilishi mumkin yoki aylanma pechdan
chiqadigan issiq gazlarni qabul qiluvchi issiqlik
almashuvi agregatlarda va
quritish barabanida dastlabki quritiladi. Pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi
granulalarni oldindan quritish natijasida oshadi. Plastik usulda keramzit ishlab
chiqarish quruq usulga nisbatan ko‘proq sarmoyani va energiya sarfini talab
etadi.
Biroq
gilli
xomashyoning
tabiiy
strukturasining
buzilishi,
gomogenizatsiyasi va qo‘shimchalar kiritilishi uning ko‘pchish koeffitsientini
oshishiga olib keladi.
Keramzit ishlab chiqarishning poroshok (kukun) -plastik usuli yuqorida
keltirilgan plastik usulidan farqi shundaki, gil xomashyodan tuyib kukun olinadi
so‘ngra suv qo‘shib plastik gilli massadan granulalar ishlab chiqariladi. Gilni
to‘yish qo‘shimcha mablag‘ni talab etadi. Bundan tashqari agar xomashyo
etarlicha quruq bo‘lmasa, u holda uni to‘yishdan oldin quritiladi. Quyidagi bir
nechta holatlarda xomashyo tayyorlashning bu usuli o‘zini oqlaydi: agar
xomashyo tarkibi bo‘yicha bir jinsli bo‘lmasa,
u holda uni kukun holatida
139
aralashtirish va so‘ndirish oson kechadi; agar qo‘shimcha kiritiladigan bo‘lsa, u
holda to‘yish vaqtida kiritish bir tekis taqsimlanadi; agar xomashyoda xavfli
qo‘shimchalar bo‘lgan ohak va gips donalari mavjud bo‘lsa, unda tuyilgan
holatda butun hajm bo‘yicha ular xavf tug‘dirmaydi; xomashyoni bunday puxta
qayta ishlash uning ko‘pchishini yaxshilasa, u holatda chiqadigan yuqori sifatli
keramzit sarflangan xarajatlarni oqlaydi.
Xo‘l (shliker) usulida gillar maxsus katta sig‘imlar-gilaralashtirgichlarda
suv bilan qayta ishlanadi. Olingan loysimon massaning namligi taxminan 50%
ni tashkil etadi. Bu massa nasos yordamida shlambasseynga va undan aylanma
pechga uzatiladi. Bu holatda aylanma pech qismiga osma zanjirli parda
o‘rnatiladi. Bu zanjirlar issiqlik almashinuvini ta’minlaydi:
ular pechdan
chiqayotgan issiq gazlar tasirida qiziydi va loy massani quritadi, undan so‘ng
quriyotgan “bo‘tqani” granulalarga aylantiradi, shundan so‘ng bu granulalar
quriydi, qiziydi va kupchiydi. Bu usulning asosiy kamchiligi bu ko‘p yoqilg‘i
sarfi, ya’ni shlikerning dastlabki yuqori namligi hisobiga. Afzalligi xomashyoni
bir
jinslilikka keltirish, qo‘shimchalarni oson va bir tekisda kiritish,
xomashyodan oxak donalarini va toshsimon qo‘shimchalarni yo‘qotishning
soddaligi hisoblanadi. Bu usul gilning kondagi namligi yuqori bo‘lganda tafsiya
etiladi. Ho‘l usul gilning gidromexanizatsiyalashgan qazib olishda va keramzit
ishlab chiqarish korxonasiga suyuq loy shaklda trubalarda uzatishda ham
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: