10% gacha;
- maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 19% gacha;
-
boyitilgan qumlarda - 5% gacha.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli elakdan elab, yirik
qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi.
Quruq qumdan olingan namunaning 1000g massasini 2,5mm li elakka
solinadi, uning ostida boshqa ko‘zli elaklar joylashtiriladi (kichik ko‘zli elaklar
ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig‘ish idishi qo‘yiladi.
Qum
namunasini elaklar to‘plamidan mexanik usulda va qo‘lda titratib o‘tkaziladi,
natijada elaklarda qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi. Ayrim qoldiq qum
namunasining umumiy massasi bo‘yicha foizda beriladi. SHundan so‘ng
elaklardagi to‘la qoldiq aniqlanadi. To‘la qoldiq shu elakdagi va nisbatan yirik
121
ko‘zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning yig‘indisi bilan ifodalanadi.
(rasm.1.1.)
Rasm 1.1. Standart elaklarda qolgan ayrim va to‘la qoldiq:
a – ayrim qoldiq; b – to‘la qoldiq
O‘zRST 728-96 “og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton” talablarining rasm
1.2 da berilgan grafikda konkret olingan qumning donadorlik tarkibini aniqlash
uchun natijalar qo‘yiladi va agar bu egri chiziq grafikda berilgan chegaradan
chiqmasa (standartda berilgan), bu qum beton uchun yaroqli xisoblanadi.
122
Rasm 1.2. Og‘ir beton uchun ishlatiladigan qumning donadorlik tarkibiga
qo‘yiladigan talablar:
1- qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=1,5);
2 - V15(M200) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan
qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=2);
3 – V25(M350) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan
qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=2,5);
4- qum yirikligining ruxsat etilgan yuqori chegarasi (M
k
=3,25);
Qumning donadorlik tarkibi yiriklik moduli bilan xam ifodalanadi:
Mk=∑A/100,
Bu erda:
∑A-nazorat elaklarida qolgan to‘la qoldiq yig‘indisi, % (rasm 1.1ga
qarang);
∑A=A
2,5
+A
1,25
+A
0,63
+A
0,315
+A
0,16
=5a
2,5
+4a
1,25
+3a
0,63
+2a
0,315
+a
0,16
;
Bundan kщrinadiki ∑Aga teng elaklardagi qumning ayrim qoldiqlari a ko‘proq
ta’sir etadi. Qum qanchalik yirik bo‘lsa, ∑A va yiriklik moduli xam katta
bo‘ladi.
Yiriklik modulini nazariy noldan (agar qumning barcha donalari 0.16mm
dan kichik bo‘lsa) qabul qilish mumkin. Amaliy yiriklik modulini o‘zgarishi
123
kamdir. 8736-93 “qurilish ishlari uchun qum. texnik shartlar”. O‘ZRST da
qumning yiriklik moduli va 0.63mm qum elakda qolgan to‘la qoldiq bo‘yicha
guruxlarga bo‘linishi nazarda tutiladi.
O‘ZRST 728-96 “og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton”ga ko‘ra qumning
yiriklik moduli 1.5-3.25 oraliqda bo‘lishi kerak, mustaxkamlik chegarasi
20MPa va undan yuqori betonlar uchun qumning yiriklik moduli 2dan kam
bo‘lmasligi, mustaxkamlik chegarasi 35MPa va undan yuqori betonlar uchun
y.m-2.5dan kam bo‘lmasligi kerak. Qumning yiriklik modulining o‘zgarish
koefsenti gidrotexnik inshoatlar uchun ishlatiladigan betonlar uchun, 10% dan
oshmasligi kerak. Taklif etilgan donadorlik tarkibidagi qumni qo‘llab, kam
sement sarflab, eng yaxshi xususiyatli beton qorishmasining olish imkonini
beradi. Standart talablari ilmiy izlanishlar va amaliy tajribalar natijasida
tayanadi. Bu talablardan biroz chetlashish mumkin. YA’ni texnik iqtisodiy
asoslangan bo‘lsa, mustaxkamlik chegarasi 20MPa bo‘lgan va undan yuqori
beton uchun yiriklik moduli masalan, O‘zbekistonning cho‘lli
xududlarida
o‘ta mayda barxan qumlari asosidagi beton keng qo‘llanadi. Qumning
donadorlik tarkibi uning bo‘shliqligi bilan bevosita bog‘langan. Bu ko‘rsatkich
qum uchun aniqlanmasa xam uning donadorlik tarkibini normaga keltirish
uchun zarurdir. Qumning bo‘shliqligi uning uyma zichligi va dona zichligi
bo‘yicha xisoblanadi. Qumning dona zichligi berilgan mineral tarkibiga
bo‘yicha kam farq qiladi, chunki uning bo‘shliqligi uyma zichligiga bog‘liq
bo‘lib, uyma zichlik qancha katta bo‘lsa, bo‘shliqlik shuncha kichik bo‘ladi.
Mavjud standartlarga ko‘ra qumning donadorlik tarkibi (rasm.1.2)
uning zich katta uyma zichligini va eng kam bo‘shliqda donalarining kompakt
joylashuvini ta’minlaydi. Tabiiy kvars qumining uyma zichligi taxminan 1500-
1600 kg/m3 ni va bo‘shliqligi -30-40%ni tashkil etadi.
Beton qorishmasida sement qum donasini sirtini yupqa kvars bilan
o‘rab oladi (ko‘pincha 0.01dan 0.1mm gacha). SHu sababli qum donasining
yuzasi qancha katta bo‘lsa, sement sarfi xam oshadi. Fraksiya 2.5-5mm uchun
qum solishtirma yuzasi 10sm2/g ni mayda fraksiya qum uchun 100-300 sm2/g
ni tashkil etadi. Tabiiy o‘rta donadorli qumning solishtirma yuzasi 40-70sm2/g
yoki 4-7m2/g ni tashkil etadi.qumda beton uchun xavoli qo‘shimchalar mavjud
bo‘ladi. SHu sababli standart ularni chegaralaydi. Qumda mavjud changsimon,
gilsimon qo‘shimchalar (o‘lchami 0.05mm dan kichik) standart usullarda suvda
yuvish orqali aniqlanadi. Olingan namuna qumni o‘lchov idishga solinadi va
suv
quyib
2soat
ushlab
turiladi.
(vaqti-vaqti
bilan
aralashtiriladi)
124
aralashtirgandan 2minutdan so‘ng qum ustidagi suv to‘kiladi, toza suv quyib
qumni yuvishni toki suv bilan qumni aralashtirganda tiniq xolatda qolguncha
davom ettiriladi. SHundan so‘ng yuvilgan qum quritiladi, tarkibidagi yuvilgan
aralashmalar (%) quyidagi formuladan topiladi:
Pyuv.aral.=m-m
1
/m*100
Bu erda:
m-yuvilmagan doimiy massagacha quritilgan qum massasi, g
m
1
-yuvib doimiy massagacha quritilgan qum, g.
O‘zRST 8E36-93 Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar ga qo‘ra tabiiy
qumda ortiqcha aralashmalar 3%dan (massa bo‘yicha) oshmasligi kerak,
boyitilgan qumda -2%, maydalangan qumda esa 5% gacha ruxsat etiladi.
Bundan tashqari standart talabiga qo‘ra beton turiga va konstruksiya
ekspluatatsiya sharoitiga ko‘ra qumda gil va chang miqdori chegaralanadi.
Masalan gidrotexnik inshoatlar uchun 5% gacha, suv osti ioshoatlari uchun -3%.
Qum tarkibida amorf kremnezem turlarining mavjudligi sement ishqorlari bilan
reaksiyaga kirishib betonni nurashga olib keladi. Sement ishqorlari bilan
quyidagi tog‘ jinslari va minerallar bog‘lanadi: opal, xalsedon, kremniy.
O‘zRST 728-96 og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton ga ko‘ra gidrotexnika va
transport ishlarida ishlatiladigan betonlarda sulfid bog‘lamalar 1% dan
oshmasligi kerak.
Rasm 1.3. Qumni hajmining uning namligini oshishiga qarab o‘zgarishi:
2-
mayda qum; 2- yirik qum
125
Qumning namligi uning xususiyatlariga ayniqsa uyma zichligiga etarlicha tasir
ko‘rsatadi. CHunki boshqa qurilish materiallarni namlashda ularning zichligi
oshadi qumda esa tasiri. Bu qum nam xolatda bo‘lganida quruqga nisbatan
sochiluvchanligi kichikligi bilan tushuntiriladi. Qumga qo‘yilgan suv uning
donalarini elimlaydi, shu sababli bunday qumni biror sig‘imli uskunaga
solganda kompakt joylashmaydi va bo‘sh tarkibni xosil etadi. Qumning eng
katta bo‘sh tarkiblisi namlik 4-7% bo‘lgada (massa bo‘yicha) kuzatiladi. Bunda
qumning uyma zichligi 10-40% ga kamayadi. Beton tayyorlashda qumning
namligini inobatga olish zarurdir.
Tabiiy qum qum va qum-shag‘alli konlardan qazib olinadi. Qum-shag‘alli
aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi. Qum konlari kelib chiqish
sharoitiga qo‘ra boshqa foydali qazilmalar kabi og‘ oldi, tekislik va suvda
olinadigan turlarga bo‘linadi. Tog‘ oldi jinslari tog‘ yonbag‘irlarida
joylashadi.bunda qumni qazib olish joyi o‘rab turgan atrof muxit va transport
yo‘llaridan tepada joylashgan bo‘ladi. Bu konlarda xamma vaqt quruq qumlar
uchraydi. Tekiskonlarida qum er yuzasidan pastda va ba’zan grunt suvlaridan
pastda yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu konlar quruq yoki nam xolatda bo‘ladi.
Qumni qazib olish usulidan kelib chiqib, kondan suvni yuqotish uchun quritiladi
(drenajda), yoki qumni olish uchun suv bilan to‘ldiriladi. Suvli konlarda qum
daryo ko‘l va boshqa suv xavzalaridan suv ostidan olinadi. SHunday qilib,
konlarda qumlar ochiq usulda yoki yopiq usulda ishlab chiqariladi. Qumni
ochiq usulda qazib olish eng ko‘p tarqalgan. Konlardagi qumlar zamin, gil va
boshqa jinslar ostida yig‘iladi. Bu qavatni ochish qavati qo‘yiladi va uning
xajmining foydali qazilma xajmiga nisbati ochish koeffsentini ifodalaydi.
Ochish ishlari, kon chegarasidagi ochish qavatini olib tashlash, foydali
qazilmalar ustni ifloslantiruvchi va boshqa zararli jinslardan tozalash uchun
bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreper jo‘natish bajariladi. Konlarda
ochish ishlari bajarilgandan so‘ng transport yo‘llari va ishlash pog‘onalari xosil
qilishda transheyalar yotqiziladi
126
Rasm 2.1. Qumni ochiq holatda qazib olish:
3-
pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan
maydon.
Ishlash pog‘onalari balandligi 6-10m va undan yuqorini tashkil etadi.
U bevosita ekskovator chumichi balandligiga bog‘liq. Agar qum konda katta
vatlamda mavjud bo‘lsa, u xolda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi.
Qazib olish qavatiing eni ekskovator chumichi radiusiga bog‘liq xolda 1.2-1.3m
ni tashkil etadi. Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskovatorla ,
skriperlar va boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir chumichli bir kurakli
ekskavatorlar qo‘llaniladi. Bunday ekskavatorlarni cho‘michining balandligi 6-
30m bo‘lib, qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi. To‘g‘ri kurakli bunday
ekskavatorlar ishlash pog‘onasining pastki maydonida transport vositalari bilan
bir qatorda joylashadi. Ekskavator – draglayndan bir kovushlidan shunisi bilan
farq qiladiki, ularning kovushi katta belkurakli bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan
bo‘ladi. Draglayn o‘zi turgan joyini pastki qismini qaziydi, shu sababli konning
yuqori joylarida ishlatiladi. Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar xozirda eng ko‘p
ishlatiladi. Xanjirli ko‘p kovushli ekskavatorlar konveyr shaklidagi tuxtovsiz
xarakatlanuvchi cho‘michlardan iborat. CHo‘michlarni bo‘shatish lentali
transporterda tashlash bilan bajariladi. CHo‘michlarning sig‘imi katta emas,
lekin zanjirda ularning soni 40 donagacha etadi. SHu sababli ularning to‘xtovsiz
xarakatida yuqori maxsuldorlikka erishiladi. Zanjirli ekskavatorning ramasi turli
burchklarda joylashagna bo‘lishi mumkin , ya’ni ekskavator turgan joy
darajasida va ish pog‘onasining pastki yoki yuqori qismida joylashadi. Agar
127
qum koni bir jinsli bo‘lmay, qavatma-qavat yuzaga kelgan bo‘lsa, donalari
yirikligi bilan farq qils, uxolda ko‘p qavatli ekskavatorda qazib olishda qamning
donadorlik tarkibi mutadillashtiriladi, bu esa jobiy faktor xisoblanadi.
Zanjirli ekskavatorlar o‘rniga ko‘pcho‘michli rotorli ekskavatorlar xam
ishlatiladi, ularni ichki organlari o‘q yaqinida aylanuvchi rotorni cho‘michlar
osilgan xalqa kiradi. CHo‘michlardagi qazib olingan qumlar o‘q ichida
joylashgan lentali transportyorga yuklanadi va bunker transport vositalari yoki
maxsus chuqurlarg uzatiladi. Rotorni ekskavatorlarda qumni qavatma-qavat
ishlash oson kechadi. Ko‘p cho‘michli ekskavatroning bir cho‘michlidn afzalli
tomoni qazish ishlarini uzluksiz davom ettirish, transport vositalarini bir xil
to‘ldirish, 1t massa uchun katta i/ch maxsuldorligi energiyaning kam solishtirma
sarfi qum konini qayta ishlash geologik qidiruvga asoslangan va tuzilgan karta
bo‘yicha bajariladi. Qumning sifatini va birjinsliligini sistematik nazorat
qilinadi. Sifati past qum uchastkalari vayta ishlanmaydi yoki maxsus
chuqurlarga to‘kiladi. Qum koni uchun asosiy transport turi bu tirkamali va
yarimtirkamali avtosomosvallar va avtotyagachlar xisoblanadi. Bundantashqari
elektromotorli samosval trolleyvozlar (motovozlar, elektrovozlar, qum to‘kar
vagonlar va platformalar), kanatli osma yo‘llar kiradi.
Ko‘p xollarda lentali transporterlardan iborat to‘xtovsiz xarakatlanuvchi
konveyr transportini rotorli yoki zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar bilan
birga qo‘llash o‘ta samarali xisoblanadi. Konveyr transportini ishlatish
ekskavatorlar ishlashini uzluksizligini ta’minlaydi, ularning maxsuldorligini 35-
50% ga oshiradi, boshqarish va i/ch ni avtomatlashtirish imkonini beradi,
olingan qumning tarkibini va kapital xarajatlarigi pasaytiradi. Kon ichida va
undan tashqarida ko‘p kilometrli konveyrdan foydalanish imkoniyati mavjud.
Suvli konlarda mavjud suv ostidagi qumlarni qazib olish ekskavator-
draglaynlarda, kanatli skreperlarda amlga oshiriladi va eng samaralisi bu
gidromexanizatsiyalashgan qazib olish xisoblanadi. Suv ostidagi qum konlarini
qayta ishlashda suzuvchi uskunalardan er suruvchi skeredlar keng ishlatiladi.
Ularda pokton mavjud bo‘lib, malum pozitsiyaga troslar, langarlar va
qoziqsimon uskunalar yordamida joylashtiriladi. Pantonga tuproq so‘ruvchi
markazdan qochma tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv ostiga tuproq so‘ruvchi
uskuna va zarur xolda mexanik bo‘shatgich tushuriladi. Tuproq so‘rgich va
bo‘shatgich birga ishlaydi, chunki bo‘shagan qum suv bilan birga trubada suvli
aralashma ko‘rinishida so‘riladi, so‘ruvchi aralashma uzatuvchi yordamida
yig‘iladi. Markazdan qochma tuproq so‘rgichlardan tashqari qum suvli
128
aralashmali qazib olishda gidro-elevatorlar ishlatiladi. Qum suvli aralashmalar
qirg‘oq bo‘yidgi maxsus ombor maydonchasida yig‘iladi, u erdagi suv xavzaga
qaytariladi. Bunda bir vaqtning o‘zida qumni chang va gilsimon
qo‘shimchalardan tozalash boyitish va fraksiyalash ishlari bajariladi. Qumni
gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat daryo yoki boshqa suv xavzalarida
emas, balki suvli tekislik konlarida xam ishlatish mkmkin. Suv yuzasidan
yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash gidromagnitorlarda bajariladi.
Gidromagnitor o‘zida boshqariladigan trubali stvol va oxirida tor nasadni
mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv xavzasidan
uzatilgan suvgidromagnitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. Tog‘ konlari
sanoatida ishlatiladigan gidromonitorlar o‘ta mustaxkam tog‘ jinslarini buzish
xususiyatiga xam ega. Qumni aslida suvning 0.3-0.5MPa bosimi etarli bo‘ladi.
Maxsus chuqurlikka suv qumli aralashma o‘z og‘irligida xarakatlanadi, qiyshiq
trubalar yordamida uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |