115
Rasm-1.2. G‘ovak materiallarning
a-yacheykali, b-donali
strukturasi
To‘ldiruvchilarning mustahkamligi
To‘ldiruvchilar tog‘ jinslarini maydalash orqali olinsa, u holda shu tog‘
jinsining mustahkamligi aniqlanadi. Buning uchun tosh kesuvchi stanokda
diametri va balandligi 40-50 mm o‘lchamdagi silindr yoki kub shaklidagi
namuna tayyorlanadi. Namunalarni suvga solib, ma’lum vaqtdan so‘ng suvdan
chiqariladi va gidravlik pressda siqilishda mustahkamlik chegarasi (MPa)
aniqlanadi:
А
Р
ск
,
bu erda:
R-
pressning buzuvchi kuchi, mN
A-
namunaning ko‘ndalang yuzasi, m
2
Biroq hamma vaqt ham bunday sinovni o‘tkazib bo‘lmaydi. Ko‘p
hollarda zaruriy tog‘ jinslari yoki xom ashyo materiallar yirik g‘ovaklari,
yoriqlari ta’sirida kuchsizlanadi. Bunday tog‘ jinslaridan olinadigan chaqiq tosh
etarli mustaxkam bo‘lishi mumkin, ya’ni maydalanish jarayonida
kuchsizlantiruvchi defektlardan xalos bo‘ladi. Natijada bunday tog‘ jinsi
asosidagi standart namunani sinashda shag‘alning haqiqiy sifatini ifodalovchi
natija olib bo‘lmaydi va mustahkamligi pasayadi.
R.L.Mailyan izlanishlarida karbonat jinslari asosidagi shag‘al
mustaxkamligi shu tog‘ jinsi asosidagi namuna mustahkamligidan bir necha
barobar yuqori bo‘ladi. SHu sababli shag‘al va chaqiq toshning mustahkamligi
u olinadigan tog‘ jinsi asosidagi namunani sinash orqali hamma vaqt ham
aniqlab bo‘lmaydi. SHu sababli standartda tabiiy tosh asosidagi shag‘al va
shag‘al uchun po‘lat silindrda siqilishdagi maydalanishini aniqlash nazarda
tutilgan. Uning aniqlash metodikasi quyidagilardan iborat: bir fraksiyali shag‘al
yoki shag‘al ichki diametri-150mm li po‘lat silindr idishga solinadi.
So‘ngra silindr tepasiga nisbatan kichik diametrli (148mm) po‘lat
puanson qo‘yiladi, u orqali gidravlik pressda 200 kN kuch ta’sirida eziladi.
Natijada to‘ldiruvchilar namunasi maydalanadi.
SHundan so‘ng maydalangan namuna silindrdan olinib tarozida tortiladi,
keyin sinalyotgan eng kichik o‘lchamdagi to‘ldiruvchi fraksiyasidan 4 marta
kichik (0,25D
naim
) ko‘zli elakdan o‘tkaziladi; 5-10mm li fraksiyalar uchun
116
1,25mm li ko‘zli elak; 10-20mm li fraksiyalar uchun 2,5mm li ko‘zli elak; 20-
40mm li fraksiyalar uchun 5mm li ko‘zli elak qo‘llaniladi. To‘ldiruvchi
namunasidan maydalangan donalar chiqarib tashlanadi, so‘ngra elakdagi qoldiq
tarozida tortiladi.
Maydalash ko‘rsatkichi(%):
%
100
1
m
m
m
Д
р
,
bu erda, m – sinalayotgan barcha namunalar massasi, g
m
1
– tajribadan so‘ng kontrol elakda qolgan qoldiq massasi, g
G‘ovak to‘ldiruvchilar uchun ham silindrda ezish analogik metodika
bo‘yicha bajariladi, faqat natijalarni baholash boshqacha amalga oshiriladi.
G‘ovak shag‘al yoki chaqiq tosh bir fraksiyali namuna sifatida ichki diametri
150mm silindr idishga 100 mm balandlikda solinadi, tekislanadi va puanson
qo‘yiladi. Tajribagacha puansonning pastki riski silindrning yuqori belgisiga
mos kelishi kerak.
So‘ngra gidravlik press yordamida to‘ldiruvchi namunasi siqiluvchi kuch
ta’sirida puanson 20mm pastga tushguncha (silindrning yuqori riskidan
hisoblaganda) eziladi va press manometri ko‘rsatkichi yozib olinadi. SHu
tartibda, to‘ldiruvchi namunasining 1/5 qismi hajmi ezilishi uchun ketgan kuch
aniqlanadi.
Silindrda ezilishdagi mustahkamlik chegarasi (MPa) quyidagi formula
bo‘yicha aniqlanadi:
А
Р
тўл
.
,
bu erda,
R
– Puanson yuqori riskigacha ezishdagi kuch, mN
A –
silindr ko‘ndalang kesimi yuzasi,
A
= 0,0177m
2
To‘ldiruvchining mustahkamligi uning zichligi va strukturasiga bevosita
bog‘liq. SHu sababli agar namunaning zichligi 10% ga oshsa, u holda uning
mustahkamligi 21% ga ortadi (1,10
2
=1,21).
117
Tog‘ jinslarini o‘rganish jarayonida va bir qancha ilmiy izlanishlar
asosida S.M.Itskovich to‘ldiruvchilar mustahkamligi (R) ni hisoblashda
quyidagi formuladan foydalanishni taklif etdi:
n
R
R
)
(
1
1
,
bu erda,
R
1
– zichligi –
ρ
1
ga teng
bo‘lgan materialning amaliy o‘rnatilgan
mustahkamlik chegarasi.
ρ-
material (dona) zichligi,
R
mustahkamlikka mos keluvchi.
n-
material strukturasiga bog‘liq daraja ko‘rsatkichi.
Bundan kelib chiqib, to‘ldiruvchilar mustahkamligi uning zichligiga
to‘g‘ri proporsionaldir.
n-
daraja ko‘rsatkichi to‘ldiruvchilar uchun
n=
3 - 6 ni
tashkil etadi (o‘rtacha 4 ga teng).
Hisobiy mustahkamlikni (keramzit shag‘alsi uchun) hisoblashda
S.M.Itskovich quyidagi formuladan foydalanishni tavsiya etdi:
2
15
дона
хисоб
R
,
bu erda,
ρ
dona
–
keramzit shag‘alsi donasining zichligi, g/sm
3
.
ρ
dona
=
0,58 – 0,67 g/sm
3
bo‘lsa,
R
xisob
= 5 – 6,7 MPa.
To‘ldiruvchilarning suvga va sovuqqa chidamliligi
To‘ldiruvchilarning
mustahkamligi ular olinadigan tog‘ jinsidan kelib
chiqib, suvga bo‘ktirilgan holatida aniqlanadi. YA’ni suvda saqlangan
materialning mustaxkamligi o‘z navbatida kamayadi. G‘ovaklarga va
mikroyoriqlarga kirgan suv uning bog‘lanishlarini kuchsizlantiradi.
SHu sababli to‘ldiruvchilar mustahkamligini aniqlashda, namunaning
quruq holatdagi va suvga bo‘ktirgandan so‘ng mustahkamligi aniqlanib,
yumshash koeffitsienti topiladi:
118
курук
букт
сув
юм
R
.
.
,
bu erda:
σ
suv.bo‘kt
-
to‘ldiruvchining yoki u olingan tog‘ jinsining suvga
bo‘ktirilgandan so‘ngi (48 soat suvda saqlangan) mustahkamlik
chegarasi, kgs/sm
2
σ
quruq
-
to‘ldiruvchining yoki u olingan tog‘ jinsining quruq
holatidagi mustahkamlik chegarasi, kgs/sm
2
To‘ldiruvchilarning yumshash koeffitsienti uning suvga chidamliligini
xarakterlaydi. Suvga chidamlilik bevosita suvshimuvchanlik va to‘ldiruvchining
tabiiy moddasiga bog‘liqdir. Suvshimuvchanlik esa materialning g‘ovakligi va
strukturasiga bog‘liq.
To‘ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi ularni suvga bo‘ktirilgan
holatda ko‘p martali muzlatish va eritish natijasida tekshiriladi. Bir fraksiyali
to‘ldiruvchi namunasi 48 soat davomida xona haroratida suvda saqlanadi.
Sovitish kamerasida -15
0
S dan -20
0
S gacha haroratda muzlatiladi. 4 soat
davomida kamerada saqlangan namuna idish bilan birgalikda suvli vannada
ya’na 4 soat ushlab turiladi. Bu holat standartda keltirilgan bo‘yicha to‘ldiruvchi
turidan kelib chiqib takrorlanadi. SHundan so‘ng to‘ldiruvchi namunasi quritilib
elakdan o‘tkaziladi.
Sovuqqa chidamlilikni
sinashda massa yo‘qotilishi (%) aniqlanadi:
%
100
1
2
1
.
m
m
m
М
чид
сов
,
Bu erda:
m
1
– sinovgacha to‘ldiruvchi namunasining massasi, g
m
2
– sinovdan so‘ng elakda qolgan qoldiq, g
SHundan so‘ng olingan natija (massa yo‘qotilishi) mavjud standart bilan
solishtiriladi. Sinov ishlarini tezlashtirish maqsadida namuna natriy sulfat
qorishmasiga solinadi va tezda 105-110
0
S da quritish shkafida quritiladi.
So‘ngra yuqorida keltirilgan holatda massa yo‘qotilishi aniqlanadi.
Nazora uchun savollar
119
1.
Beton to’lduruvchilari faniga kirish
2.
To’ldiruvchilar kalssifikatsiyasi
Dostları ilə paylaş: |